#ykohakamlari Boltayeva Mohira Matyoqub qizi 2001-yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilgan. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2-bosqich talabasi. Mohira Boltayeva tabiiy fanlarga juda qiziqadi, shuning bilan birga kimyo fanidan, ayniqsa organik kimyo fanidan yoshlarga qo‘shimcha bilim ulashishni yoqtiradi. U 2019-yilda Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza medali, xuddi shu yili Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2020-yilda Respublika onlayn olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi. 2020-yil “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga loyiq ko‘rildi. Boltayeva Mohira yosh kimyogarlarga tavsiya sifatida “Nimadir o‘rgansangiz qiziqqaningiz uchun o‘rganing. O‘zingizni qiziqmagan sohaga majburlamang. Qiziqish va ishtiyoq bo‘lsagina ish yurakdan, mehr bilan amalga oshadi” deb qoladi.
👉 @ykouz