Кеча салбий рекорд қайд этилди: умумий 237та, аҳоли орасидан эса 217та ҳолат қайд этилди

Бу ҳақда Республика бош давлат санитария инспектори Нурмат Отабеков маълум қилди:

«Мамлакатимизда коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар сони 4 минг 352 нафарга етди. Шифохоналарда 981 бемор даволанмоқда, 6 нафарининг аҳволи оғир, 2 нафарининг аҳволи ўта оғир.

Коронавирус касаллиги бўйича эпидемик вазият ўта мураккаблигича сақланиб турибди. Куни кеча қайд этилган Тошкент шаҳридаги 195 нафар, Тошкент вилоятидаги 10 нафар, Хоразм вилоятидаги 8 нафар ва Сирдарё вилоятидаги 4 нафар бемор аҳоли орасидан қайд этилган.

Бундан кўриниб турибдики, вазият мураккаблашиб бормоқда. Ҳар биримиз кўчага чиқиш, мулоқотга киришиш орқали касалланиш эҳтимолимиз борлигини унутмаслигимиз керак. Карантин тадбирларига тўлиқ риоя қилинг. Дока ниқобда бўлинг, мулоқотларда оралиқ масофани сақланг, уйга қайтганингиздан кейин антисептик воситалардан фойдаланинг.

Минг афсуски, аҳоли орасида бу каби тавсияларга панжа орасидан қараётган, бефарқ муносабатда бўлаётганлар кўпайиб кетяпти. Вазият мураккаблашиб бораётганини билиб турибсиз. Уни ижобий ёки салбий томонга ўзгартириш ҳар биримизнинг ҳаракатимизга боғлиқ эканини унутманг».


👉 @xushnudbek 👈

286 comments

Show 100 more comments
IQBOLJON
Pul ajratildi oldik lekin qayerga ishlatilganini hech Kim bilmaydi. Allox insof bersin hammalariga bu dunyo o'tkinchi 5 kunlik dunyo
baqir-chaqir qilaveramiz, u deymiz bu deymiz, kerak, kerak, kerak deymiz, aybdorlarni bilganday boʻlamiz, oxiri Allohga yuzlanishda davom etaveramiz, adolatsizlik va haromxoʻrlikka qarshi turolmaydigan millatni himoya qilarmikan Yaratgan Zot??!!!
ziyoda
Mirabbos
Ommavuy test qilish kerak aholining o'z mablag'i hisobidan bo'lsa ham. Ana o'shanda kasallik tarqatuvchilar ham o'choqlar ham yuzaga chiqar edi
Rostan shunday qilinsa ham yaxahi bo'lardi. Davlat qancha mablag' sarflab yuboryapti iqtisodiyotni qo'llab quvvatlaymi deb shuni test uchun sarflasa bo'lardi. Virus yuqtirganlarni davolardi. Yaqinlarini yuqtirmagan bulsa ham karantinga oloshardi 14 kungacha axir hamma tumanda infeksionniy kasalxonalar borku. Yuqtigmaganlar uzlarini extiyot qilishardi
Bob_Boss
Ergash Matyakubov
Бу одам 30 градус иссиқда вирус тарқалмайди деганди, кейин иссиқни вирусга умуман таъсири йўқ деганди. Бу одамни қарама-қарши фиклари жудакўп
Чунки 80 йилларда узини кизини оддий гриппдан кандо килиб даволашни билмаган одам, хозир СЭН Давлат назорати инспекциясида рахбар булиб ишлавоттику!!!
Hech qanday ommaviy test va qattiq sharoit ham foyda bermaydi
O'zbek xalqi ona onani gapiga kiradi
Ommaviy axborot vositalarida bemorlarning kasallikdan qanday qiynalayotganini, qanday jon berayotgani ko'rsatsa(betiga bijir bijir qo'yib) xalq tushunadi bu kasallik oddiy emasligini, grippdan ancha xavfli ekanligini bilishardi.
Shunda har qanday ota ona o'z farzandini nazoratiga olardi
Ichki ishlar hodimlari va bowqa davlat mas'uldir shaxslarga ham ozgina yengillik bo'lar edi
Mahfuza Abdurahimova
Kasallikni mensimayotgan, panja orasidan qarayotganlarga yanada qattiqroq jazo qo'llash kerak . Toki ular hatolarini tushunib yetsinlar qachongacha biz ularni Deb uyda sabrda bo'lib o'tiramizu ular ko'chada sayr qilib yurishadi.
Жуда тугри, якинда кучада эшитиб колдим бир киши яширинча уйида 30 киши урнига 100 киши чакириб туй утказибди. Одамлар нега 30 кишилик туйга рухсат берилганини магзини чакишмаяпти шекилли.
Omadyor
Karantinda berilgan imtiyozlar hammasi gapligicha qoldi masalan kredit masalasi karantin paytida tõlanmaydi kelgan oydan tõlanadi deb xalqqa yolğon tushuncha berishdi aslida kreditlar karantin paytida ham tõlanyapti foizini tõlashib keyin tanasi chachilarmish. Bular hammasi mantiqsiz narsalar xalq kõnyapti svet masalasi tõlovlar xalqni harakat qilishiga majbur qilyapti. Baribir eskicha qarash saqlanib qolgan
Toshkentga qizil daraja berish bo'yicha nega xaligacha biror ish qilinmayapti
Temur Berdiyorov
14 kun qattiq karantin bulsa hammasi joyiga tushadi
Ассалому Алейкум Хушнидбек ака бервотган соволим бу темага талукли эмас, Узбекистон ВУЗларини бу йилги контрактлари хакида брон информация билмайсизми? Олдиндан Рахмат!
Iqtisodiy ko'rsatkichlar nahotki insonlar hayotidan muhim
No comment!!!
Маьлумотларни аник айтиш кк. Якинда бошлашганди туманлар кесимида килиб яна тухтаб колди. Аник факт билан айтилмаган маьлумот худди узга сайерага тегишлидек туюлаверади.
R.G.A.A.S.M.
,Menimcha avvaligidek qatiy karantin qoidalarini yana joriy qilish kerak.Borgan sari aholi orasida kopayib bormoqda.Qizil xududlarga kirish va chiqishni cheklash kerak.3oy sabr qilib otirdik yana biroz otirganimizda edi kechagidek natija qayd etilmas edi.Bu albatta mening fikrim.
Buyuk millatlarning ham buyuk illatlari bo‘ladi.
Bizning xalqimizning kamchiligi bu beparvoligi, loqaydligimikan deb o‘ylab qolaman...
Axmatov
Чиқиб қоларей
Assalomu alaykum hammaga ôqishi kóchirish qanaqa bularkan bu yil.Malumot biladiganla aytib yuboringlar iltimos,🙏🙏🙏
Mirabbos
Xushnud aka sizdan iltimos ommaviy test masalasini yuqoriga olib chiqsangiz. Aholining o'z hisobidan bo'lsa ham mayli. Kasallik cho'zilsa ko'p narsa yurqazamizki lekin yutmaymiz.
Yashil hududlarga ham, umuman, bir hududdan boshqa hududga kirish- chiqishni to'xtatib turish kerak
+1 (515) 966 8595
Yo'q chiqmaydi
Uni vaqt ko'rsatadi. Iltimos fol ochib noto'g'ri ma'lumot tarqatib odamla orasida vahimani uyg'otmen. Bu uchun javobgarlik borligini unutmen. Yaxshi niyat qilin. Hamma narsa niyatga bog'liq. Xudo xoxlasa hammasi yaxshi bo'ladi. Agar hammamiz birlashib karantinga amal qilse virusni yengamiz. Sog'lig'imiz o'zimizga kereku boshqagamas. Uyda o'trila, maska taqila, masofani saqlela qiyinmasku. Nahotki shu oddiy ishla qo'limizdan kemasa. Unutmela shu oddiygina qoidalaga amal qilish orqali o'zimizni, oila a'zolarimizni, yurtdoshlarimizni umuman kere bo'sa butun dunyoni virusdan asrashimiz mumkun. Uydan ko'chaga chiqganda virus zanjiridan biriga aylanish oqibatida kere bosa minglab odamga kasallini yuqtirish ehtimoli borligini unutmela. Tenboli aholi orasida 217 ta kasali chiqani hamamizni yanayam ogoh bolishga chaqiradi. Sog' bo'lila. Hammaga Allox sabir bersin.
Show next 100 comments