Кеча салбий рекорд қайд этилди: умумий 237та, аҳоли орасидан эса 217та ҳолат қайд этилди

Бу ҳақда Республика бош давлат санитария инспектори Нурмат Отабеков маълум қилди:

«Мамлакатимизда коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар сони 4 минг 352 нафарга етди. Шифохоналарда 981 бемор даволанмоқда, 6 нафарининг аҳволи оғир, 2 нафарининг аҳволи ўта оғир.

Коронавирус касаллиги бўйича эпидемик вазият ўта мураккаблигича сақланиб турибди. Куни кеча қайд этилган Тошкент шаҳридаги 195 нафар, Тошкент вилоятидаги 10 нафар, Хоразм вилоятидаги 8 нафар ва Сирдарё вилоятидаги 4 нафар бемор аҳоли орасидан қайд этилган.

Бундан кўриниб турибдики, вазият мураккаблашиб бормоқда. Ҳар биримиз кўчага чиқиш, мулоқотга киришиш орқали касалланиш эҳтимолимиз борлигини унутмаслигимиз керак. Карантин тадбирларига тўлиқ риоя қилинг. Дока ниқобда бўлинг, мулоқотларда оралиқ масофани сақланг, уйга қайтганингиздан кейин антисептик воситалардан фойдаланинг.

Минг афсуски, аҳоли орасида бу каби тавсияларга панжа орасидан қараётган, бефарқ муносабатда бўлаётганлар кўпайиб кетяпти. Вазият мураккаблашиб бораётганини билиб турибсиз. Уни ижобий ёки салбий томонга ўзгартириш ҳар биримизнинг ҳаракатимизга боғлиқ эканини унутманг».


👉 @xushnudbek 👈

286 comments

Show 100 more comments
Mahfuza Abdurahimova
Kasallikni mensimayotgan, panja orasidan qarayotganlarga yanada qattiqroq jazo qo'llash kerak . Toki ular hatolarini tushunib yetsinlar qachongacha biz ularni Deb uyda sabrda bo'lib o'tiramizu ular ko'chada sayr qilib yurishadi.
Жуда тугри, якинда кучада эшитиб колдим бир киши яширинча уйида 30 киши урнига 100 киши чакириб туй утказибди. Одамлар нега 30 кишилик туйга рухсат берилганини магзини чакишмаяпти шекилли.
Omadyor
Karantinda berilgan imtiyozlar hammasi gapligicha qoldi masalan kredit masalasi karantin paytida tõlanmaydi kelgan oydan tõlanadi deb xalqqa yolğon tushuncha berishdi aslida kreditlar karantin paytida ham tõlanyapti foizini tõlashib keyin tanasi chachilarmish. Bular hammasi mantiqsiz narsalar xalq kõnyapti svet masalasi tõlovlar xalqni harakat qilishiga majbur qilyapti. Baribir eskicha qarash saqlanib qolgan
Toshkentga qizil daraja berish bo'yicha nega xaligacha biror ish qilinmayapti
Temur Berdiyorov
14 kun qattiq karantin bulsa hammasi joyiga tushadi
Ассалому Алейкум Хушнидбек ака бервотган соволим бу темага талукли эмас, Узбекистон ВУЗларини бу йилги контрактлари хакида брон информация билмайсизми? Олдиндан Рахмат!
Iqtisodiy ko'rsatkichlar nahotki insonlar hayotidan muhim
No comment!!!
Маьлумотларни аник айтиш кк. Якинда бошлашганди туманлар кесимида килиб яна тухтаб колди. Аник факт билан айтилмаган маьлумот худди узга сайерага тегишлидек туюлаверади.
R.G.A.A.S.M.
,Menimcha avvaligidek qatiy karantin qoidalarini yana joriy qilish kerak.Borgan sari aholi orasida kopayib bormoqda.Qizil xududlarga kirish va chiqishni cheklash kerak.3oy sabr qilib otirdik yana biroz otirganimizda edi kechagidek natija qayd etilmas edi.Bu albatta mening fikrim.
Buyuk millatlarning ham buyuk illatlari bo‘ladi.
Bizning xalqimizning kamchiligi bu beparvoligi, loqaydligimikan deb o‘ylab qolaman...
Axmatov
Чиқиб қоларей
Assalomu alaykum hammaga ôqishi kóchirish qanaqa bularkan bu yil.Malumot biladiganla aytib yuboringlar iltimos,🙏🙏🙏
Mirabbos
Xushnud aka sizdan iltimos ommaviy test masalasini yuqoriga olib chiqsangiz. Aholining o'z hisobidan bo'lsa ham mayli. Kasallik cho'zilsa ko'p narsa yurqazamizki lekin yutmaymiz.
Yashil hududlarga ham, umuman, bir hududdan boshqa hududga kirish- chiqishni to'xtatib turish kerak
+1 (515) 966 8595
Yo'q chiqmaydi
Uni vaqt ko'rsatadi. Iltimos fol ochib noto'g'ri ma'lumot tarqatib odamla orasida vahimani uyg'otmen. Bu uchun javobgarlik borligini unutmen. Yaxshi niyat qilin. Hamma narsa niyatga bog'liq. Xudo xoxlasa hammasi yaxshi bo'ladi. Agar hammamiz birlashib karantinga amal qilse virusni yengamiz. Sog'lig'imiz o'zimizga kereku boshqagamas. Uyda o'trila, maska taqila, masofani saqlela qiyinmasku. Nahotki shu oddiy ishla qo'limizdan kemasa. Unutmela shu oddiygina qoidalaga amal qilish orqali o'zimizni, oila a'zolarimizni, yurtdoshlarimizni umuman kere bo'sa butun dunyoni virusdan asrashimiz mumkun. Uydan ko'chaga chiqganda virus zanjiridan biriga aylanish oqibatida kere bosa minglab odamga kasallini yuqtirish ehtimoli borligini unutmela. Tenboli aholi orasida 217 ta kasali chiqani hamamizni yanayam ogoh bolishga chaqiradi. Sog' bo'lila. Hammaga Allox sabir bersin.
Suğdiyona
Hamma tôy xasham tadbirni tôxtatib kôchalarda maska taqmagan masofa saqlamaganlarga yana jarima solaverish kerak. Tôxtatib qôyilganiga odamlar jiddiy qaramayapti. Bizni xalqni ôziga qôyib bersa hech nimani qilmaydi. Qattiq muomala bilan qil deb majburlash kerak. Karantin qattiq ushlangan paytda odamlar orasida virus yôq edi. Balki kimlardir karantinda qiynalyapmiz deb dod voy solar. Lekin hozir atrofga qarang odamlar nima uchun kôchada yurganini ôzi bilmaydi.
Iskandar
bundanam battar bo'ladi shekili bu ketishda aftobuslaram boshlanibdi mana
Show next 100 comments