Кеча салбий рекорд қайд этилди: умумий 237та, аҳоли орасидан эса 217та ҳолат қайд этилди

Бу ҳақда Республика бош давлат санитария инспектори Нурмат Отабеков маълум қилди:

«Мамлакатимизда коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар сони 4 минг 352 нафарга етди. Шифохоналарда 981 бемор даволанмоқда, 6 нафарининг аҳволи оғир, 2 нафарининг аҳволи ўта оғир.

Коронавирус касаллиги бўйича эпидемик вазият ўта мураккаблигича сақланиб турибди. Куни кеча қайд этилган Тошкент шаҳридаги 195 нафар, Тошкент вилоятидаги 10 нафар, Хоразм вилоятидаги 8 нафар ва Сирдарё вилоятидаги 4 нафар бемор аҳоли орасидан қайд этилган.

Бундан кўриниб турибдики, вазият мураккаблашиб бормоқда. Ҳар биримиз кўчага чиқиш, мулоқотга киришиш орқали касалланиш эҳтимолимиз борлигини унутмаслигимиз керак. Карантин тадбирларига тўлиқ риоя қилинг. Дока ниқобда бўлинг, мулоқотларда оралиқ масофани сақланг, уйга қайтганингиздан кейин антисептик воситалардан фойдаланинг.

Минг афсуски, аҳоли орасида бу каби тавсияларга панжа орасидан қараётган, бефарқ муносабатда бўлаётганлар кўпайиб кетяпти. Вазият мураккаблашиб бораётганини билиб турибсиз. Уни ижобий ёки салбий томонга ўзгартириш ҳар биримизнинг ҳаракатимизга боғлиқ эканини унутманг».


👉 @xushnudbek 👈

286 comments

Show 100 more comments
Buyuk bo‘lish uchun qovun pishirish shartmas-ku.
Masalan eng so‘nggi modeldagi telefon chiqsa ko‘p o‘tmay ega bo‘lyapmiz, nega dunyoqarash masalasida ming yilliklarga mixlanib qolganmiz?!
Hozirgi yoshlarimizni ko‘pi dogmatik fikrlaydimiyey...
Fikrlash tezligi juda past, oldi-qochdi gaplarda 5G tezligida.
Bu kassallik bilan endi Muhtaram Prezidentimiz aytganidek Yonma-yon yashashga majburmiz Nima bo'lgan taqdirda ham endi. Eng yomoni shundaki bu Lanati kassallik SPIT (OITS) ga o'xshab qolib ketmasa boldi dunyoda
Yashil hudidlarda uquv markazlari ochildimi
Karantinni kuchaytirgan bilan hozirda ko'pchilik oilalar iqtisodiyoti anchayin yomon ahvolga tushib qoldi.Ayni holatda esa kasallik aholi orasida yanada ortmoqda.Manimcha mutasaddilar ikki holatni ham o'ylagan holda ish ko'rishi kerak.
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Iltimos aynan Toshkent shahrining o‘zi umuman qaysi viloyatning qaysi tumanidan chiqqanligi aytib bersez. Va ayni vaziyatda qaysi hududla qizil, yashil, sariq. Oldindan raxmat. Alloh rozi bo‘lsin. 🤲
Afsuski, muhtojmand degan odamlarning ko‘pi sog‘, bir ish qilgisi kelmaydi. Birovning yukini ko‘tarib pulini olishga uyalarmish-u lekin ko‘chada sumka ko‘tarib, navbatda turib "xayriya"dan uyalmasmish.
Omadyor
Davlat ixtiyoridegi narsalarga masalan svet gaz suv tushumlarini 50 foiz chegirma qilsa xalqqa yordam bõlaridi narxlarni tushurish kk. Baribir iqtisodiyot yomonlashdi ayniqsa shaharda yashaydigan oddiy aholiga bu bilindi qishloqdegilar tirikchiligini dexqonchilikdan oladi shaxarliklarga karantin juda bilinyapti
Nurillo 
Lekin 34 mln aholichi?? 20-30 ming bilan 34 mln farqi bormi bu sonlarni??
Gapizga qo'shilmaytman axir ular nima bo'ganda ham nima ilinj dardida u yerlarga borgan bo'gan taqdirda ham O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSI. Siz bilan men qandey xuquqga ega bo'sak ular ham shunday xuquqga ega. Eng muhimi biz MUSULMONMIZ. ALHAMDULILOH
🕊
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Iltimos aynan Toshkent shahrining o‘zi umuman qaysi viloyatning qaysi tumanidan chiqqanligi aytib bersez. Va ayni vaziyatda qaysi hududla qizil, yashil, sariq. Oldindan raxmat. Alloh rozi bo‘lsin. 🤲
Республика бўйича берсин бизга ҳам керак. Энди дарсни бошлаб олдик илтимос тўхтаб қолмасин. Қизил худудга айланиб қолмайлик, бизни Жиззах яшилда эди
Tozza yuring qoidaga rioya qilish kerak! Alloh hayirli qilsin 🤲
Show next 67 comments