Кеча салбий рекорд қайд этилди: умумий 237та, аҳоли орасидан эса 217та ҳолат қайд этилди

Бу ҳақда Республика бош давлат санитария инспектори Нурмат Отабеков маълум қилди:

«Мамлакатимизда коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар сони 4 минг 352 нафарга етди. Шифохоналарда 981 бемор даволанмоқда, 6 нафарининг аҳволи оғир, 2 нафарининг аҳволи ўта оғир.

Коронавирус касаллиги бўйича эпидемик вазият ўта мураккаблигича сақланиб турибди. Куни кеча қайд этилган Тошкент шаҳридаги 195 нафар, Тошкент вилоятидаги 10 нафар, Хоразм вилоятидаги 8 нафар ва Сирдарё вилоятидаги 4 нафар бемор аҳоли орасидан қайд этилган.

Бундан кўриниб турибдики, вазият мураккаблашиб бормоқда. Ҳар биримиз кўчага чиқиш, мулоқотга киришиш орқали касалланиш эҳтимолимиз борлигини унутмаслигимиз керак. Карантин тадбирларига тўлиқ риоя қилинг. Дока ниқобда бўлинг, мулоқотларда оралиқ масофани сақланг, уйга қайтганингиздан кейин антисептик воситалардан фойдаланинг.

Минг афсуски, аҳоли орасида бу каби тавсияларга панжа орасидан қараётган, бефарқ муносабатда бўлаётганлар кўпайиб кетяпти. Вазият мураккаблашиб бораётганини билиб турибсиз. Уни ижобий ёки салбий томонга ўзгартириш ҳар биримизнинг ҳаракатимизга боғлиқ эканини унутманг».


👉 @xushnudbek 👈

286 comments

Show 100 more comments
Yashil hudidlarda uquv markazlari ochildimi
Karantinni kuchaytirgan bilan hozirda ko'pchilik oilalar iqtisodiyoti anchayin yomon ahvolga tushib qoldi.Ayni holatda esa kasallik aholi orasida yanada ortmoqda.Manimcha mutasaddilar ikki holatni ham o'ylagan holda ish ko'rishi kerak.
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Iltimos aynan Toshkent shahrining o‘zi umuman qaysi viloyatning qaysi tumanidan chiqqanligi aytib bersez. Va ayni vaziyatda qaysi hududla qizil, yashil, sariq. Oldindan raxmat. Alloh rozi bo‘lsin. 🤲
Afsuski, muhtojmand degan odamlarning ko‘pi sog‘, bir ish qilgisi kelmaydi. Birovning yukini ko‘tarib pulini olishga uyalarmish-u lekin ko‘chada sumka ko‘tarib, navbatda turib "xayriya"dan uyalmasmish.
Omadyor
Davlat ixtiyoridegi narsalarga masalan svet gaz suv tushumlarini 50 foiz chegirma qilsa xalqqa yordam bõlaridi narxlarni tushurish kk. Baribir iqtisodiyot yomonlashdi ayniqsa shaharda yashaydigan oddiy aholiga bu bilindi qishloqdegilar tirikchiligini dexqonchilikdan oladi shaxarliklarga karantin juda bilinyapti
Nurillo 
Lekin 34 mln aholichi?? 20-30 ming bilan 34 mln farqi bormi bu sonlarni??
Gapizga qo'shilmaytman axir ular nima bo'ganda ham nima ilinj dardida u yerlarga borgan bo'gan taqdirda ham O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSI. Siz bilan men qandey xuquqga ega bo'sak ular ham shunday xuquqga ega. Eng muhimi biz MUSULMONMIZ. ALHAMDULILOH
🕊
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Iltimos aynan Toshkent shahrining o‘zi umuman qaysi viloyatning qaysi tumanidan chiqqanligi aytib bersez. Va ayni vaziyatda qaysi hududla qizil, yashil, sariq. Oldindan raxmat. Alloh rozi bo‘lsin. 🤲
Республика бўйича берсин бизга ҳам керак. Энди дарсни бошлаб олдик илтимос тўхтаб қолмасин. Қизил худудга айланиб қолмайлик, бизни Жиззах яшилда эди
Tozza yuring qoidaga rioya qilish kerak! Alloh hayirli qilsin 🤲
195 aholi orasidan chiqibdimi yoki chetdan obkelinib karantinga olinganlar hisobiga oshibdimi
Assalomu alaykum, bu holatga qanday fikr bildirishni ham bilmay qoldi odam. Yurtimizda karantin qattiq kuchaytirilgan, hamma jamoat joylari yopiq holda ham xalqimiz uyda jiiim o'tirgani yo'q edi. Hozir esa bir qancha cheklovlar bekor qilingandan keyin undanda faollashib ketgani rost. o'tgan 2 oy davomida barchamiz birdek qat'iy qoidalarga rioya etganimizda edi,bunchalik bo'lmasdi. Jamoat transportlarini yo'lga qo'yishdek erkinlik kiritilgan ekan,demak shunga ehtiyot va majburiyat mavjud bo'lgandir. Lekin aholi orasidan 217 kishini chiqishi aqlga sig'maydi. postlarimiz, aeroportlar va vokzallar qattiq tekshiruvda bo'lsa-da,boshqa yashirin yo'llar orqali mamlakatimizga kirib kelayotganlar yo'q emas. bu baloni yuqib ko'payib ketishida birgina tashuvchi kifoya.Shuning uchun avvalo, vijdonimiz bn hisoblashib ish qilishimiz kerak. Birgina xatomiz, e'tiborsizligimiz minglab odamlarni xavf ostida qoldirishi mumkin. Yana bir gap,bu balki erish eshitilar, lekin aytish joiz: bu harakatlarimizning qimmatga tushadigan joyi hukumatimizga mln lab iqtisodiy zarar yetkazishdir. Kasallangan bir kishini davolanishi un qancha xarajat ketayotganini yaxshi bilamiz. kasallik ko'paygan sari iqtisodimiz pasayib boraveradi.
Noble abc...
Qachongacha davlat boqishi kerak degan tushunchani singdiraveramiz o‘z ongimizga?! Men ham oddiy oiladanman... Davlatdan yordamni kasallar, jismoniy nuqsoni borlar olsin. Nega sog‘ bo‘lib, 4 muchasi butun odam davlat yordam bersin deyishi kerak. Qani insof, qani tarbiya?
Davlat boqmaydi davlat tashkilot sifatida fuqarolarga iqtisodiy ijtimoiy siyosiyiy munosabatga kirishish uchun qulay farovon sharoit yaratadi xolos . Hozirda 2 mln ishsiz fuqaro bosa bu taxminan 5 mln oila azosi bilan degani yana hali ishsizla oshadiyam. Xo'sh ushalaga 4 muchang sog ishla dep korinchi? Tabiy holda ishni ozi yoq bosa enasinikidan ishlab hayot kechiradimi. Shunaqa payt davlat moddiy chora korishi keraku. Usitiga bunaqa vaziyatda etibor 2 baravar kuchayishi kerak.
Show next 63 comments