Талабаларнинг ижара харажатларининг қанча қисми давлат томонидан қоплаб берилиши маълум бўлди

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

✅ ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат олий таълим муассасалари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

✅ Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (245 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (122 минг 500 сўм) ошмаслиги керак.

✅ Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.


👉 @xushnudbek 👈

417 comments

Show 34 more comments
Olimjon Yo'ldoshev
Kechkilarga taalluqli sirtqilar 1oy kvda turadi yoki turmaydi
Наргиз Имомова
Ассалому алайкум, ижарада турувчи талабадан нотариал ижара шартномаси суралмайдими? Чунки хонадон эгаси рози эмас шартнома тузишга , бунда кандай йул тутиш мумкин
Makhamadieva
Bo‘lmaydigan narsalar bilan aldashdan kimga foyda?!
O'rnak ko'rsatganlarni hammasi o'qituvchilarni bollari yoki kimidir tanishi bizi institutta 1 qiz bor haqiqatda o'zi faol qolgani tanishi borligi uchun .
Yana yangi korrupsiya
Buni toʻliq tushuntirish kk
M u r o d b e k
Prezidentimizga Katta raxmat Iloxim umrlari uzoq bo'lsin. Yurtimizning tinchligi abadiy bo'lsin !!!!
Nazarov Nodirbek
Nagmatullayeva_107
Ehtiyojmandlarni tushunsa bo'ladi, o'rnak korsatgani qanaqa bo'larkan
5 o'qiydiganla bo'masa maqtov yorligi ogan bo'lishi kerak
Ijaradagi talabalarni 100% qismiga ijara pulini 30% ini bersa nima bo'ladi? Korrupsiya degan narsa bo'lmasdi shunda. Hozir ijaradagilarni 60% inikini to'lab beramiz deb 40% inikini ham to'lamasa kerak
Ijara shartnomasi deydi deyarley ijaraga turadiganlani 90%shartnoma yuqku kimga tulamoqchi buni bir uylashmabti
M.....
Ehtiyojmand bolmaganida ozini shaxsiy uyida turgan bolardi.
Xushnudbek aka bunaqa safsata gaplani qoying post qoymang becara talaba bu pulni ogunca oqiwi tugaydi
Men oilaviy turaman 200$ dan oyiga. Shunda menga pul berishadimi tartibi qanaqa boʻladi
INOBATXON ABDURAHMONOVA
Мени учта фарзандим талаба лекин карорни уз шартлари бор эканку самарканд фаргона ва куконда хеч бириололмас экан ку тугрими шу
qolgan 40%chi
o'tgan yilgi karantin boshida tarqatilgan yordam puli ham "ijtimoiy himoyaga muhtojlar" ga berilgan edi ko'rdik kimlar egalik qildi
Hammaga bir xil boliwi kere nma kereyi bo faol kam ta'minlangan qlb ajratiwwi bomasa hc kmga tulamasleyi kerecedi
Шартнома тузиши шартмикан
JAVOXIR G'ANIYEV
Bizniki Respublika jismoniy tarbiya va sport universiteti lekin toshkent viloyat chirchiq shaxarda joylashgan nima bo'ladi 1 aklatmi 0,5 mi
Kiyin aniqlashtrib yozinglarda faol yoki extiyojmand bòsa kimdan shu xujjatni olamiz
Nargiza Sadatova
Bunda Xan xaqiqiy qiynalganlar chetda qolib oʻziga toʻq tanish bilishiga beriladi stependiyasiga qoʻshib berilishi kk qiynalgan talabalarga maʼlum summa
Show next 100 comments