Талабаларнинг ижара харажатларининг қанча қисми давлат томонидан қоплаб берилиши маълум бўлди

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

✅ ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат олий таълим муассасалари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

✅ Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (245 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (122 минг 500 сўм) ошмаслиги керак.

✅ Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.


👉 @xushnudbek 👈

417 comments

Show 89 more comments
Davlat OTM sida emas, Xorijiy universitet talabisiga berilmas ekan, ularni jamiyat buncha ajratadi. Na stipendiya oladi, na yordam puli. U yerda faqat millionerlarni bolasio'qiydimi. Tenglik yo'q Uzbeksitonda (
Qunduz boboni navbatdagi ertagi.
Safsata bozlik jonga tegmadimi haliyam ishonish qiyin tolab berishiga
Oramizda 4 kurs talabalari bormi? Biz 2-3 yildan beri ijarada turganmiz endi chiqdi bu qonun🤣😁
Boʻlmagan narsa yana korrupsiyada tanish bilish hammaga birday berish kerak. Boʻlmasa keremas. Stipendiyaday qilib hamma ijarada turadiganga tashab bersin bir xil summani qilib shu odilona boʻladi nima kerak odam ajratib.
Wartnoma tuziw uchun berotgan pulidan ikki baravar kop pul ketadi
Yana bitta cho'ntak ochildi.Bu cho'ntaklarni yana nechtasini to'ldirishimiz kerak bilmadim.Nimaga 60%,50 emas, 75 emas."биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар " buni aniqlash mezonlari qanday bo'ladi.
Sunnatillo Ziyodullaev
Jasur
Navbatdagi safsata. Ortiqcha ovoragarchilik. Bergandan keyin hamma kvartirada turadigan talabalargabberishi kerak
Худди шундай. Укув юртида порахурликни авжига чикаришга яхшигина омил булади деб хисоблайман.
Bu kimlar uchundir yangi daromad topish yuli talabalarga esa aloqasi yuq bu yoshlar daftari degani yangi uyin xuddiki.temir daftar degandik
Nargiza Sadatova
Undan kattalarni chôntagiga tushirmasdan yotoqxonalar qursin qoʻldan kelgancha qiynalgan talabalar yotoqxonada turadi
1. Kam taminlangan bolishi shart. Kam taminlanganlar ijara shartnomasi bor joyda (qimmat bolishi aniq) turishga qurbi yetadimi, shularni oylashga aqli yetmaydimi.
2. Buni aniqlash uchun yana bechora o'qituvchi murabbiylar ovora bolishadimi.

UNDAN KO'RA YOTOQXONANI QURISHNI TEZLASHTIRISHMAYDIMI.
INOBATXON ABDURAHMONOVA
Президент кароридаги "гилам "НИ "РУМОЛЧАГА" АЙЛАНИШИНИ КУРИНГ
Karochisi endi universitetlardagilar inamarka minadi
JAVOXIR G'ANIYEV
Xamma noshukur blleeee raxmat demislsrmi 120 ming bersayam 245 ming bersayam qancha praduktani puli yoki boshqa narsalarga
Кимдир олганлар борми мен Университетларда бу тугрисда иш олиб бораётканидан хабар йук, махфий тарзда утказиляптимикан.
Bu yerda shuncha fikr yozyapmiz foydasi bormikan arz xolimizni kimdir eshitarkanmi?🤣😁
Show next 100 comments