Ҳозиргина Кун.уз сайтида ёзувчи ва шоирларнинг Муҳаммад Юсуф ҳақидаги хотираларини ўқиб, мана бу шеър ҳам ёдимга тушиб кетди.

Дўппи киймай қўйди одамлар,

Бир шоир, бир носирдан бошқа.
Сочлар силлиқ,
Силлиқ қадамлар,
У оғирлик қиляпти бошга…
Рост дўппилар,
Ёлғон дўппилар,
Киноларда қолғон дўппилар.
Чуст дўппилар,
Анжон дўппилар,
Мунчоқдек Марғилон дўппилар…

Дўппи киймай қўйди одамлар,
Бир шоир, бир носирдан ўзга,
Мен ҳам сизга бердим саволлар,
Шляпамни бостириб кўзга.

Дўппи киймай қўйди одамлар,
Кўнгил эса кўрмоқ тусайди.
Маданият гуллаган дамлар,
Каллага эътибор сусайди.

Дўппи киймай қўйди одамлар,
На уйда ва на кўчада.
Миртемирлар, Ғафур Ғуломлар
Ечган дўппи қолди токчада…

Бу қандайин кўргулик савдо,
Дўппи киймай қўйди халойиқ.
Бошга лойиқ дўппи йўқдир ё —
Бош қолмади дўппига лойиқ.

Муҳаммад Юсуф


👉 @xushnudbek 👈

47 comments

Show 1 more comment
Haqiqatni ayta olgan, ''Toshkentning ''dom''lariga ot yetaklab kelgan shoir''!
😇😇
Lolaqizgaldoq sheri ham zor menga juda yoqadi
Shoirlar ichida Muhammad Yusuf bolsa, yozuvchilar ichinda O'tkir Hoshimov
Kumirim va ustozim dib bilaman bu buyuk shoirni
Dildora
Judayam chiroyli shera🙂
''Qizlar qo‘shig‘i'' she'ri ham ajoyib!
Gulmira Abdubannayeva
Shoirning joylari jannatdan bòlsin. Barcha misralari odamni yurag yuragiga yetib boradi.
She'rlarini hammasi zòr
Bunday shoirlar 1 asrda bitta yo tug'iladi yoki yo'q 😢😢😢😢 eng sodda so'zlar bilan tinglovchilarning qalbida eng chuqur iz qoldira olish bu Muhammad Yusufning tashrif qog'ozi edi🤲🤲🤲🤲
Salohiddin.
Milliy kiyimlarimizni yoʻqotyapmiz. Hozirda doʻppi kiygan odamga boshqa kishilar darrov boshqa maʼnoda tushunishadi. Doʻppi kiysa maʼrakali,aʼzador deb oʻylashadi. Axir milliy bosh kiyimimizku bu.
Асилбек
Bugun o'zbek estradasining asoschisi O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning ham tavallud topgan kuni
Takrorlanmas ajoyib sodda shoir edilar joylari jannatda bulsin
Salohiddin.
Shaharlarimizda har bir viloyatning milliy kiyimlari haqida madaniy markazlar faoliyatini yana ham koʻpaytirish kerak deb oʻylayman.
Masalan,Termiz shahrida oʻz viloyatining milliy kiyimlar markazi boʻlsa uning yoniga yana boshqa viloyatlarning milliy kiyimlarini ham yigʻish kerak. Xorazm, Andijon,Margʻilon,Buxoro, Samarqand va h.k lar
Nodira Mahmudova
SHoir haqida chiroyli kino ishlabchiqilsa yaxshibo‘lardi
Oʻziz boshlab bering Xushnud aka😊😊😊 bir vaqtlar Amirxon bilan Sarvarlar tvda kiyib chiqardi hozir bilmadim boshqa koʻrsatuvlarda #norespect... L
Shoirni shunday eslayapmizki,uni yashab ijod qilganiga xuddiki asrlar bòlganidek,aslida xayot bòlganlarida 68 yoshni qarshilardi. Bu nima degani, oz yashab xam asrlarga tatigulik,yosh va qarini tilini bir qilib tushunadigan sòzlardan foydalanib kòngilga yoqadigan she'rlarni yozgani...qoyil,deyishdan nariga òtolmadim❤
Toshkent zilzilasi hambo‘lgan
Show next 25 comments