Audio
‼️Ҳурматли талабалар!

Сиз ўқийдиган олийгоҳда амалиёт ва лаборатия ишлари учун етарли жиҳозлар, кўргазмали материаллар йўқми? Натижада бу етарли даражада билим олишингизга халақит беряптими?

Хўп, унда нимага сиз шу жиҳозларни кимлардир сотиб олиб келишини кутиб юрибсиз? Бунинг учун ўзингиз ташаббус кўрсатсангиз ҳам бўлади-ку!

openbudget.uz сайтига киринг ва «Ташаббусли бюджет» лойиҳасида ўз ташаббусингиз қолдиринг. Фуқаролар ўзлари танлаган 1 млрд сўмгача бўлган лойиҳаларга бюджетдан жами 1 трлн сўм маблағ ажратилмоқда. Батафсил.

Шунингдек, талабалар ўртасида ташаббуси энг кўп овоз олган 50 нафар ғолиблар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади. Батафсил.

❗️Муаммони кимдир ечиб беришини кутиб юрманг, ўзингиз ташаббускор бўлинг! Бу нафақат талабалар, балки барчага тааллуқли.

Ташаббусни қолдириш учун манзил:
📲 https://openbudget.uz/boards


👉@xushnudbek👈

120 comments

Show 28 more comments
Jihoz ham ko'rgazma materiali ham kerak emas shunday ham o'qib ilm olaveramiz. Faqat ta'limdagi korrupsiyani yo'q qilinglar. Talaba bo'lganimga pushaymon boʻlyapman.
Qishloqlardagi muammolarimiz qolib ketsinmi @Xushnudbek aka
Taklif kiritishga faqat bitta imkon bor, mablağ esa cheklangan
Saytdan ro'yxatdan o'tishda tug'ilgan sanani kiritish juda noqulay ekan. To'g'irlamasa bo'maydi
FARİDA
Assalomu alaykum. Guliston davlat universitetida ham jihoz tugul öqish uchun joy ham yöq. Ayniqsa köproq foizi qizlardan tashkil topadigan pedagogika fakulteti Sirdaryodagi shart-sharoit yöq maskanlarda köchib sarson bölib yuribdi. Fakultetda professor öqituvchilar deyarli yöq. Mana bularga e'tibor qaratilsin aslida
Assalomu alaykum.
Farmatsevtika Unversitetida sport klubiga deb 54.000 dan pul yig'ilibdi. Shu to'g'rimi men 2ta unversiretda o'qiganman lekin bunday holat kuzatilmagandi. @Xushnudbek
Мангу қизуде хош сила бу жихозлани етказиб беролмаЯбсила майли лн бизга озинг оп кел двоссилами😂 биза контракт толавоммиза мажбурсила еткази беришга
Assalomu alaykum, bizda ishsizlar kòp, ish orinlari kopayishi uchun , tseh va fabrikalar( sutni qayta ishlash, mevalarni konservalash, tikuvchilik) ochilsa. Ilovaga kirolmadim
Foydasi yöq. Serquyosh ölkada!
FARİDA
Yaqin 3-4 yillikdagi ta'lim tizimi karantin tufayli qanday bölayotganini hamma bilsa kerak. Har holda ijobiy fikrim yöq mani bu borada. Ammo magistratura uchun İELS larni talab qilinishikuu umuman bölmagan narsa. İngliz tilini yurtimizda özlashtirish körsatgichi, chekka qishloqlarda ham mutaxassislar yetarli yo yetarli emasligidan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilinsa yaxshi bölardi.
Шохрух
Компьютер йок
FARİDA
Maktablarda boshlanğich sinflardan öz xonalari uchun televizor olish uchun har bir boladan 150 mingdan pul yiğilishi töğrimi?????
Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani Olmazor MFY ga qarashli Murtak qishlog'ida ichimlik suvi hali xam muammo, tavvakal tepadagi summani yozdim qancha mablağ kerakligini aniğini bilmayman balki pul kup ham ketar ❗❗rasmni ham qõsha olmadim,😡bu keyinchalik ariza qabul bõlmasligi uchun sabab bulmasligini surayman.kelib mutaxasislar bn urganib kuringla❗ odamlar yer tagidan olingan sho'r va loyqa suvni istimol qilishadi, tozza suvdan asar ham yo'q1500 ga yaqin aholi yashaydi, gaz haqida gapirmasak ham bo'ladi, gaz turubalari bizga yetib kelmagan ham, qishda shu vaqtgacha o'tin bilan kun kurishgan bundan keyin ham o'lib qolishmaydi , ha albatta , yo'l yoritish tizimlarini aytmayman chunki bu xalqni dardi 😂❗❗❗2021-yil may iyun oyida qilingan qishloq asosiy yulining yarmidan kup qismi chala qoldirilganlekin eng muhimi suv suv va yana suv . Muammolarni saytdan qõldan kelgancha rõyxatdan õtkazdim, e'tiborga tushadimi yoki muammolar har doimgidek o'rganishsiz qoldiriladimi bilmadim... Eng katta etiroz OTM muasasalarini tamirlash va jihozlarni kiritish mumkinligini aytyapsizlar qishloqdagi muammo muammolar emasmi 1ta õq bn 2ta quyon urmoqchimisizlar qoyil kn mablağimiz afsuski cheklangan degan bahonani eshitish ehtimolimiz juda kupaydi 99%
Xurshida Ortiqova
Labaratoriya jihozlari kerak NamDu Biotexnalogiya fakultetiga
Raxim T
Xurshida Ortiqova
Labaratoriya jihozlari kerak NamDu Biotexnalogiya fakultetiga
NamDuga yaxshi ona tili va adabiyot o'qituvchisi ham kerak manimcha.
Nma sababdan uzimiz tashabbus kursatishimiz kerak???😡 shuncha tulayotgan kantrakt qayerga ketyapti. Maktablarniku tushunsa buladi ularga hech kim kantrak tulamaydi, oliy ta'limchi ?? Ham kantrak tulab ham jihozlarni uzimiz olaylikmi ???😒😒😒😒
Bu ish bilan oliy ta'lim muassasalarining raxbarlari kafedra mudirlari, dekanlari shugʻullansin. Universitet budjetdan pul ajratishsin. Shu ish bilan shugʻullanmay nima qiladi ular?
Show next 71 comments