Audio
‼️Ҳурматли талабалар!

Сиз ўқийдиган олийгоҳда амалиёт ва лаборатия ишлари учун етарли жиҳозлар, кўргазмали материаллар йўқми? Натижада бу етарли даражада билим олишингизга халақит беряптими?

Хўп, унда нимага сиз шу жиҳозларни кимлардир сотиб олиб келишини кутиб юрибсиз? Бунинг учун ўзингиз ташаббус кўрсатсангиз ҳам бўлади-ку!

openbudget.uz сайтига киринг ва «Ташаббусли бюджет» лойиҳасида ўз ташаббусингиз қолдиринг. Фуқаролар ўзлари танлаган 1 млрд сўмгача бўлган лойиҳаларга бюджетдан жами 1 трлн сўм маблағ ажратилмоқда. Батафсил.

Шунингдек, талабалар ўртасида ташаббуси энг кўп овоз олган 50 нафар ғолиблар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланади. Батафсил.

❗️Муаммони кимдир ечиб беришини кутиб юрманг, ўзингиз ташаббускор бўлинг! Бу нафақат талабалар, балки барчага тааллуқли.

Ташаббусни қолдириш учун манзил:
📲 https://openbudget.uz/boards

👉@xushnudbek👈

120 comments

Show 36 more comments
Assalomu alaykum, bizda ishsizlar kòp, ish orinlari kopayishi uchun , tseh va fabrikalar( sutni qayta ishlash, mevalarni konservalash, tikuvchilik) ochilsa. Ilovaga kirolmadim
Foydasi yöq. Serquyosh ölkada!
FARİDA
Yaqin 3-4 yillikdagi ta'lim tizimi karantin tufayli qanday bölayotganini hamma bilsa kerak. Har holda ijobiy fikrim yöq mani bu borada. Ammo magistratura uchun İELS larni talab qilinishikuu umuman bölmagan narsa. İngliz tilini yurtimizda özlashtirish körsatgichi, chekka qishloqlarda ham mutaxassislar yetarli yo yetarli emasligidan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilinsa yaxshi bölardi.
Шохрух
Компьютер йок
FARİDA
Maktablarda boshlanğich sinflardan öz xonalari uchun televizor olish uchun har bir boladan 150 mingdan pul yiğilishi töğrimi?????
Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani Olmazor MFY ga qarashli Murtak qishlog'ida ichimlik suvi hali xam muammo, tavvakal tepadagi summani yozdim qancha mablağ kerakligini aniğini bilmayman balki pul kup ham ketar ❗❗rasmni ham qõsha olmadim,😡bu keyinchalik ariza qabul bõlmasligi uchun sabab bulmasligini surayman.kelib mutaxasislar bn urganib kuringla❗ odamlar yer tagidan olingan sho'r va loyqa suvni istimol qilishadi, tozza suvdan asar ham yo'q1500 ga yaqin aholi yashaydi, gaz haqida gapirmasak ham bo'ladi, gaz turubalari bizga yetib kelmagan ham, qishda shu vaqtgacha o'tin bilan kun kurishgan bundan keyin ham o'lib qolishmaydi , ha albatta , yo'l yoritish tizimlarini aytmayman chunki bu xalqni dardi 😂❗❗❗2021-yil may iyun oyida qilingan qishloq asosiy yulining yarmidan kup qismi chala qoldirilganlekin eng muhimi suv suv va yana suv . Muammolarni saytdan qõldan kelgancha rõyxatdan õtkazdim, e'tiborga tushadimi yoki muammolar har doimgidek o'rganishsiz qoldiriladimi bilmadim... Eng katta etiroz OTM muasasalarini tamirlash va jihozlarni kiritish mumkinligini aytyapsizlar qishloqdagi muammo muammolar emasmi 1ta õq bn 2ta quyon urmoqchimisizlar qoyil kn mablağimiz afsuski cheklangan degan bahonani eshitish ehtimolimiz juda kupaydi 99%
Xurshida Ortiqova
Labaratoriya jihozlari kerak NamDu Biotexnalogiya fakultetiga
Raxim T
Xurshida Ortiqova
Labaratoriya jihozlari kerak NamDu Biotexnalogiya fakultetiga
NamDuga yaxshi ona tili va adabiyot o'qituvchisi ham kerak manimcha.
Nma sababdan uzimiz tashabbus kursatishimiz kerak???😡 shuncha tulayotgan kantrakt qayerga ketyapti. Maktablarniku tushunsa buladi ularga hech kim kantrak tulamaydi, oliy ta'limchi ?? Ham kantrak tulab ham jihozlarni uzimiz olaylikmi ???😒😒😒😒
Bu ish bilan oliy ta'lim muassasalarining raxbarlari kafedra mudirlari, dekanlari shugʻullansin. Universitet budjetdan pul ajratishsin. Shu ish bilan shugʻullanmay nima qiladi ular?
Dars oʻtish uchun auditoriya bilan oʻqituvchi yoʻqku. Keyin u olingan jihozlarni dekan Zam dekanlar sotib soqqa qiladi. Koridorda joy olib yoasin deb
QANDAY QILIB OVOZ BERILADI BU SAYTDA KIM BILADI
💖ALHAMDULILLAH💖
Assalomu aleykum hammaga, avvalo muhtaram prezidentimizga biz yoshlarga yaratib berayotgan sharoit uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Ammo talabalar jihozlarini ôzlari olishsin deb taklif beribsizlar. Xurmatli tashkilot rahbarlari, bir gap aytaman xafa bölmaysizlar. Sizlar shunaqangi saviyasiz gapni aytib ötirganlaringdan keyin oddiy xalq qanday fikr yuritsin. Sizlarning bu takliflaringiz xohlaysizmi-yôqmi talabalar örtasida norozilik keltirib chiqarishi aniq. Nimaga deganda, masalan 1ta auditoriyada 60 ta talaba bölsa shulardan atigi 5-10% i öziga tôq oila farzandlari, qolgan 90-95%foizi ôrtacha hayot kechiradi. Endi, sizlar aytgan ösha taklif amalga oshsin ham deylik, anavi ôziga tôq oila farzandlari sizlar aytgan tashabbus bilan chiqib, örtacha yashaydigan oila farzandlaridan pul yig'a boshlaydi. Bu yerda berolmaydigan talabalar ham bor axir, ular nima qilishadi: Kursdoshlarining yonida sharmanda bölmaslik uchun, bugun oziq-ovqat olishi kerak bölgan pulni universitet jihozlariga berishadimi. Keyin ular qanday kun kechiradi, sizlar ôsha talabaga pul berib boqasizlarmi. Talaba kontrakt tölasinmi, özini ehtiyojlarini tög'irlasinmi, yoki sizlarning "kerak bölsa öqib ol" qabilidagi takliflaringni bajarsinmi. Nima qilsin aytinglar, ilmli, ziyoli rahbarlar sal öylab gapiringlar axir. Yana bir masala borki, bunda jihoz uchun pul bergan talaba pul bermagan talabaga past nazar bilan qarashni boshlaydi va òrtada tabaqalanish paydo böladi. Sizlar shuni xohlayapsizlarmi. Kechirasizlar-u prezidentimiz hamma teng huquqli deb xalqni oldinga intilishga chorlaydigan bir vaqtda siz rahbarlar xalqni, ularning ne umid bilan ôqishga kirgan talaba farzandlarini judayam noqulay ahvolga solib qöyyapsizlar. Fikrim uchun uzur, lekin prezidentimiz yoshlarga sharoit qilib beringlar deyaptilar, yoshlarning puliga özlaringni ishlaringni osonlashtiringlar demayaptilar menimcha. Shuncha gapdan, fikrlardan keyin qanday qaror qabul qilasizlar bilmadim, lekin bu takliflaring shaxsan menga umuman yoqmadi, bunday saviyasiz taklifga men mutlaqo qarshiman
Ótgan òtmaganimizni qanday bilsak buladi
Shunga izoh qoldiring
Maktablarga ham ajratadimi?Chunki maktabdagi sharoitlar , jihozlar, zamonaviy uskunalar yo’q.

Qoyil fikringizga qushilaman👏👏
Nuriddin Kholmuminovich
Hech qanday muommo bulmasmikan yozib quyganimizdan keyin institut tomonidan silar bizning kamchiliklarimizni ochasilar deb odam shuyoginiyam uylaydi
Show next 63 comments