​​❓Хотин-қизларга берилган имтиёз қандай ҳисобланади?

#abituriyent

Кўпчилик шу савол билан мурожаат қилаётгани учун аниқ мисол билан тушунтирмоқчиман.

Жуда кўп хотин-қизлар "тавсиянома олдим, энди аниқ ўқишга кираман" деб ўйлаяпти. Аммо бу хато. Тавсияномадан ташқари улар юқори балл ҳам тўплаш керак, яъни билим ҳам муҳим.

Тавсиянома берилган хотин-қизларга республика бўйлаб кундузги таълимга давлат гранти асосида жами 940 та қўшимча квота ажратилган. Сиртқи ва кечки таълимда имтиёз берилмайди.

Квоталар ҳудудлар кесимида бўлиб чиқилган. Батафсил квота мана бу ерда:
t.me/xushnudbek/6372

Ҳисоблаш тартиби

Келинг, Самарқанд мисолида кўриб чиқамиз. Самарқанд вилоятида яшайдиган ва тавсиянома олган хотин-қизлар учун жами 104та қўшимча квота ажратилган. Хўш, бу нимани англатади? Имтиёз қандай қўлланади?

Бунинг тартиби қуйидагича:

➖ тушуниш осонроқ бўлиши учун Самарқанд вилоятига 5та квота берилган деб, тасаввур қиламиз;

➖ айтайлик Самарқанд вилоятида жами 40 нафар хотин-қизларга тавсиянома берилди;

➖ пастдаги 1-расмга қарасангиз, тавсиянома олган 40 нафар хотин-қизлар республиканинг исталган ОТМларига ҳужжат топширган (бу ерда осонроқ тушунарли бўлиши учун ОТМлар номларини олдим, йўналишларга бўлиб ўтирмадим);

➖ абитуриентлар турлича балл тўплашди;

➖ Самарқанддан тавсиянома олган барча хотин-қизлар орасида энг юқори балл олган 5 нафар абитуриентлар грант асосида қўшимча квотага қабул қилинади (2-расмда яшил ранг билан берилган);

➖ расмга қарасангиз, грантга кирган хотин-қизлар турли ҳудудлардаги ОТМларни танлаганини кўриш мумкин.

➖ қолган хотин-қизлар ўзининг бали билан умумий, эл қатори танловда иштирок этади, яъни бали етса киради, етмаса киролмайди.

Қиссадан ҳисса шуки, Самарқанд вилоятида жами айтайлик минг нафар хотин-қизларга тавсиянома берилган бўлса, улар орасидан энг кўп балл тўплаган 104 киши грант асосида қўшимча квотага қабул қилинади.


‼️Бешта йўналишни танлаганда, тавсиянома фақат 1-йўналишга ўтади. 2 ва ундан кейинги йўналишларда қўшимча квота берилмайди, умумий тартибда танловда қатнашилади.

Хуллас, тартиби шунақа.


👉 @xushnudbek 👈

435 comments

Show 100 more comments
Magistraturaga topshirdim qachon mandat chiqadi
😀😀 Ома ишонориннг сиз ёзган тектларни ўқисам сиз билан рўпарама рўпара гаплашиб ўтирган дек бўламан. Қотирасиз ока ёзишни. Менга умуман дахли йўқ. Сиз билан гаплашиб ўтирай деб ўқийман. 👍👍 Ишларга ривож.
Nima uchun sirtqiga topshirganga imtiyoz yo'q.bilaman bu fikr sizdan chiqmagan lekin siz ularga yetkazishingiz mumkin .Tasavvur qiling beva ayol ikkita farzandi bilan ishsiz o'tiribdi kamida uyida nogiron otasi bor .4 foizlik imtiyoz uchun kunduzgiga topshirib institutga qatnab o'qishini tasavvur qilib ko'ringlar .Sirtqida grant ajratishninng iloji bulmasa o'sha bechoralarga arzimagan 4 foiz bal qo'shib berilsa adolatli bo'lardi.O'z oti bilan kam taminlanganlar uchun tavsiya degan joyiga sirtqiga qo'llanilmaydi deyilgani sal g'alatiroq emasmi .shu masalani ham ko'rib chiqilsa yaxshi bulardi hali ham vaqt bor .
𝓜𝓪𝓻𝓰'𝓾𝓫𝓪
Photo
Илтимос Андижон аграр университетига қанча ногиронлиги бор абитуриентлар топширганлигини хам топишга ёрдам беринг
Assalomu alaykum Xushnud aka va barcha chartagilar.👋
Men Adijon davlat Unversiteti xotin-qizlar sportiga imtixon topshirib 130 bal to‘pladim. 4%lim tavsiyanomam ham bor. Endi qachon tugatdi ijodiy imtixonlar. biz qachon bu haqida ma‘lumotga ega bo‘lamiz va kim tomonidan e‘lon qilinadi. Shu savol o‘ylantiryapti
Assalomu alaykum Xushnud aka Men Alisher Navoiy üniversitetiga uzbek filologiyaga topwirganman 151.1 ball oldm 4% lik kvotam ham Bor Qashqadaryodan 88ta qiz utarkan 4% kvotaning utish bali haqida qacon e'lon qiliwadi wu haqida ma'lumot bersangiz
Bo'lmasa kontrakt aniq, grant bilmadim
https://lex.uz/docs/3244181#3245666 да магистратура кабули учун мутахасислик тест синовидан 55% дан кам олган абитуриентлар автоматически тест синовларидан йикиладими? Масалан 30та мутахассислик тестдан 16 та тугри ечган булса 53.3% ушбу абитуриент демак четлатилади тугри тушундимми олдиндан рахмат жавобингиз учун. Илтимос шунга тушунтириб бериб утинг
Sabohat_Qurbonova
Assalomu alekum 72.2 ball bilan xotin qizlar imtiyozim bor. Uqiwga kirolarmikinman
Assalomu alaykum "abiturent(ahborot portali)" rasmiy kanalida xotin qzlar uchun Grantni taqsimlanishini quyidagicha talqinida yoritilgandi👇
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 4% lik grant asosida OTMga kirish tartibi qanday?

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant asosida OTMga kirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” qoidalari asosida tartibga solinadi.

✅Tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi.

⚠️Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi❌🙅🏻‍♀. Shunindek, tavsiyanomalar faqatgina kunduzgi ta’lim shakliga ro‘yxatdan o‘tganlar uchun amal qiladi.

✅Ayni vaqtda, tavsiyanomaga ega xotin-qizlar faqat test sinovlarida to‘plagan ballarini bilib olishlari mumkin. Barcha abituriyentlar testlarni topshirib, natijalar e’lon qilingach, OTMlarga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning 4% i miqdorida belgilangan o‘rinlarga tavsiyanomaga ega xotin-qizlar qabul qilinadi.

Qabul qilish jarayonida tavsiyanomaga ega abituriyentlar belgilangan 4 % li kvota doirasidagi mavjud grant o‘rinlar uchun konkursda ishtirok etadilar. Bu degani tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar o‘qishga davlat granti asosida qabul qilinmaydi. Tavsiyanoma ularga kichikroq doiradagi konkursda ishtirok etish imkoniyatini beradi.

☝️Masalan, bir OTMga davlat granti uchun 400 ta o‘rin berilgan, uning 4 % i 16 ta o‘ringa to‘g‘ri keladi. OTMga tavsiyanomaga ega 40 nafar xotin-qizlar ro‘yxatdan o‘tgan. Konkursda eng yuqori ball to‘plagan 16 nafar tavsiyanomaga ega xotin-qizlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadilar.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan biroq, 4 % li grant doirasida qabul qilish uchun kerakli ball to‘play olmagan abituriyentlar umumiy konkursga qo‘shiladilar.

✅Tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.

❗️2020/2021 o‘quv yili uchun Respublika OTMlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha.

🔰Nizomga ko‘ra, tavsiyanomalar berish mezonlari va tartibi bu yerda 👉 https://t.me/eduuz/2606

⭕️Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

#ushbu malumot ham tugrimi
Show next 52 comments