❓Хотин-қизларга берилган имтиёз қандай ҳисобланади?
#abituriyent
Кўпчилик шу савол билан мурожаат қилаётгани учун аниқ мисол билан тушунтирмоқчиман.
Жуда кўп хотин-қизлар
"тавсиянома олдим, энди аниқ ўқишга кираман" деб ўйлаяпти. Аммо бу хато. Тавсияномадан ташқари улар юқори балл ҳам тўплаш керак, яъни билим ҳам муҳим.
Тавсиянома берилган хотин-қизларга республика бўйлаб кундузги таълимга
давлат гранти асосида жами
940 та қўшимча квота ажратилган. Сиртқи ва кечки таълимда
имтиёз берилмайди.
Квоталар ҳудудлар кесимида бўлиб чиқилган. Батафсил квота мана бу ерда:
t.me/xushnudbek/6372Ҳисоблаш тартиби
Келинг, Самарқанд мисолида кўриб чиқамиз. Самарқанд вилоятида яшайдиган ва тавсиянома олган хотин-қизлар учун жами 104та қўшимча квота ажратилган. Хўш, бу нимани англатади? Имтиёз қандай қўлланади?
Бунинг тартиби қуйидагича:
➖ тушуниш осонроқ бўлиши учун Самарқанд вилоятига 5та квота берилган деб, тасаввур қиламиз;
➖ айтайлик Самарқанд вилоятида
жами 40 нафар хотин-қизларга тавсиянома берилди;
➖ пастдаги 1-расмга қарасангиз, тавсиянома олган
40 нафар хотин-қизлар
республиканинг исталган ОТМларига ҳужжат топширган
(бу ерда осонроқ тушунарли бўлиши учун ОТМлар номларини олдим, йўналишларга бўлиб ўтирмадим);
➖ абитуриентлар турлича балл тўплашди;
➖ Самарқанддан тавсиянома олган барча хотин-қизлар орасида
энг юқори балл олган 5 нафар абитуриентлар грант асосида қўшимча квотага қабул қилинади
(2-расмда яшил ранг билан берилган);
➖ расмга қарасангиз, грантга кирган хотин-қизлар турли ҳудудлардаги ОТМларни танлаганини кўриш мумкин.
➖ қолган хотин-қизлар
ўзининг бали билан умумий, эл қатори танловда иштирок этади, яъни бали етса киради, етмаса киролмайди.
Қиссадан ҳисса шуки, Самарқанд вилоятида жами айтайлик минг нафар хотин-қизларга тавсиянома берилган бўлса, улар орасидан энг кўп балл тўплаган
104 киши грант асосида қўшимча квотага қабул қилинади.
‼️Бешта йўналишни танлаганда, тавсиянома фақат 1-йўналишга ўтади. 2 ва ундан кейинги йўналишларда қўшимча квота берилмайди, умумий тартибда танловда қатнашилади.
Хуллас, тартиби шунақа.
👉 @xushnudbek 👈
Men Adijon davlat Unversiteti xotin-qizlar sportiga imtixon topshirib 130 bal to‘pladim. 4%lim tavsiyanomam ham bor. Endi qachon tugatdi ijodiy imtixonlar. biz qachon bu haqida ma‘lumotga ega bo‘lamiz va kim tomonidan e‘lon qilinadi. Shu savol o‘ylantiryapti
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 4% lik grant asosida OTMga kirish tartibi qanday?
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant asosida OTMga kirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” qoidalari asosida tartibga solinadi.
✅Tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi.
⚠️Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi❌🙅🏻♀. Shunindek, tavsiyanomalar faqatgina kunduzgi ta’lim shakliga ro‘yxatdan o‘tganlar uchun amal qiladi.
✅Ayni vaqtda, tavsiyanomaga ega xotin-qizlar faqat test sinovlarida to‘plagan ballarini bilib olishlari mumkin. Barcha abituriyentlar testlarni topshirib, natijalar e’lon qilingach, OTMlarga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning 4% i miqdorida belgilangan o‘rinlarga tavsiyanomaga ega xotin-qizlar qabul qilinadi.
Qabul qilish jarayonida tavsiyanomaga ega abituriyentlar belgilangan 4 % li kvota doirasidagi mavjud grant o‘rinlar uchun konkursda ishtirok etadilar. Bu degani tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar o‘qishga davlat granti asosida qabul qilinmaydi. Tavsiyanoma ularga kichikroq doiradagi konkursda ishtirok etish imkoniyatini beradi.
☝️Masalan, bir OTMga davlat granti uchun 400 ta o‘rin berilgan, uning 4 % i 16 ta o‘ringa to‘g‘ri keladi. OTMga tavsiyanomaga ega 40 nafar xotin-qizlar ro‘yxatdan o‘tgan. Konkursda eng yuqori ball to‘plagan 16 nafar tavsiyanomaga ega xotin-qizlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadilar.
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan biroq, 4 % li grant doirasida qabul qilish uchun kerakli ball to‘play olmagan abituriyentlar umumiy konkursga qo‘shiladilar.
✅Tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.
❗️2020/2021 o‘quv yili uchun Respublika OTMlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha.
🔰Nizomga ko‘ra, tavsiyanomalar berish mezonlari va tartibi bu yerda 👉 https://t.me/eduuz/2606
⭕️Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
#ushbu malumot ham tugrimi