Menda ba’zida ota-onalarni qaytadan oʻqitish kerak degan fikr paydo boʻladi.

Yozgi maktabda qancha katta ish qilinganini har kuni 3-4 ta video bilan koʻrsatib bordik. Butun jamoamiz kun-u tun harakat qildi. Ilk marta Xorazmdan katta jamoa keldi. Tugʻilib oʻsgan vatanim deb boshqa birorta hududga berilmagan imtiyozlar berildi. Bugungacha, ya’ni natijalar chiqqanicha bizdan zoʻri yoʻq edi.

Har doimgidek, natija chiqganidan keyin boshlanadi. Farzandi yutsa sendan zoʻri yoʻq. Oʻrin olmasa (aslida u eng muhimi boʻlgan bilimni oldi) aslini koʻrsatishni boshlashadi.

Oʻrtoqlar, “Yozgi maktab” bu “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining finali. U 4-mavsum oʻtkazilmoqda. Har doim kategoriyalarga boʻlib oʻtkazilgan, sinflarga emas. Barcha xalqaro musobaqalar shunday oʻtkaziladi. Chunki rivojlangan davlatlar (aslida ulardagi ota-onalar rivojlangan) bilishadiki, eng muhimi bu tajriba va bilim. Bu haqida har uchrashganimda aytganman. Befoyda.

Ota-onalardan biri (oʻqiyotgan boʻlish ehtimoli katta) “hech bir olimpiadasiga qatnashmaymiz, meni bolam falon sinfda faloninchi oʻrinda turardi” debdi. Buni jamoamiz a’zolaridan biri eshitib tushkunlikka tushib qolibdi. Menga qarata “Ustoz biz uxlamay, charchasak ham shu bolalar uchun mehnat qildik. Biz shunday gapga munosibmizmi” deb savol berdi. Toʻgʻrisi javob bera olmadim.

Bir ustozim aytgandi: “Yaponiyadek davlatimiz boʻlishi uchun yaponlardek boʻlishimiz kerak”.

Mayli nima boʻlsa ham juda yuqori saviyada yozgi maktab oʻtkazildi.

2023-yilda ota-onalardan biri murojaat qilgan edi. Hamma joyda olimpiada qilasiz, nega Xorazmda qilmaysiz deb. Tugʻilgan yurtimda juda katta ommaviy harakatga aylantirgan edik. Lekin bugungi munosabatdan keyin Xorazmda olimpiadalar davom ettirish masalasini endi jiddiy oʻylab koʻraman. Katta harakatga aylangan edi. Lekin bunday munosabatni shunchaki qabul qilib ketolmayman.

72 comments

Show 31 more comments
Dilnoza Sharofiddinovna
Buni eshitib paygʻambarimiz karvon oʻrtasida yuripdi shunda uni qulogʻiga yana bir gap chalindi: paygʻambarimiz juda ham ayyorlik qilyapsiz karvon oʻrtasida yurib bizga ishonmaydilar debdi.
Dilnoza Sharofiddinovna
I
Dilnoza Sharofiddinovna
idayam karvon oxiridayam yursa baribir uni gapirishibdi shunda bilinadiki odam gapiraman desa seni kimliging qanday ish qilib yurganing qiziqtirmidi
Фикр қилдим, хулосам шуки,
Обрў мансаб кичик тахт экан,
Лек ҳаётда инсонлар ичра,
Инсон бўлмоқ буюк бахт экан.

Тўлқинланган уммонга қарши,
Қалбда хуфён гумонга қарши,
Ҳам яхши ҳам ёмонга қарши,
Инсон бўлмоқ буюк бахт экан.

Минг каромат кўргандан кўра,
Қадди - қомат кергандан кўра,
Бой-бадавлат бўлгандан кўра,
Инсон бўлмоқ буюк бахт экан.

Кўрдим мано кўп инсонларни,
Инсонликдан мосуволарни,
Инсон бўлиб юрган ёвларни,
Инсон бўлмоқ буюк бахт экан.

Дилгинамдан ечилди тугун,
Билолмадим сабабин нечун,
Одамийлик қолмади бугун,
Одам бўлмоқ буюк бахт экан.


@ijodkor_qalblar
Assalomu alaykum, Biz bu yozgi maktab orqali ko'p ta'surotlarga, fikrlarga ega bo'ldik,prezident maktabini 2- bosqichi uchun kamchiliklarni tuzatishimiz kerakligi haqida tushunchalarga ega bo'ldik, ustozlarga va tashkilotchilarni juda katta mehnatini guvohi bo'ldik, Sardor Bazarbayev va barcha tashkilotchilardan juda katta minnatdormiz, ular mehnatidan rozi bo'lsin, barcha farzandlarimiz Vatanga xizmat qiladigan, fidoyi shaxs bo'lib doimo yuzimizni yorug' qilsin, Sizlar haqiqiy jonkuyar fidoyi insonlarsizlar!
Ассалому алекум ахли жамоа. Сизларга катта рахмат. Аввалам бор ишларингизга омад ёр булсин. Энди юкорида гап сузларга келсак уша гапни айтган ота онага тарбия бериш керак. Агар тарбияни кабул килиб олса албатта .Чунки буни курган бола эртага кандай булади буни худо билади. Гап сузларга эътибор барманг ва олга давом килинг .ТАКЛИФ уша фикрни айтган ота она фарзандини умуман четоаштиринг, бир муддатга. Ишларингиз бардавом булсин жамоага куч кувват.
Assalomu alaykum khiso jamoasi azalari barcha tashkilotchilar hammaga katta raxmat va minnaddorchilak bildiramiz bilim tajriba va maroqli vaqt uchun bolajonlarning kelajaki uchun ilim yölida charchamang
Мухаммадали .
ассалому алейкум хисо жамоаси сизлардан миннатдормиз фарзандларимиз учун килган хамма ишлариз учун катта рахмат хоразмда олимпиёдани иложи борича тухтатманнглар
Assalomu alaykum men qizimni oxirgi olimpidaga qatnashtirdim iyundagi oldinlari qatnashtirmaganimdan shun afsuslandim farzandlarimizga foydasi katta ekan
Ассалому алайкум. Устоз Сардор Базарбоев сизга ва жамоангизга катта раҳмат. Кайфиятингизни тушурманглар бу қилаётган ҳайрли ишларингиз учун сизлардан миннатдормиз.
Saidova Umida
Assalomu alaykum mening farzandim ham yozgi maktabda qatnashdi 2 sinf u ustozlarini Juda yaxshi ko'rdi olgan bilimlarini Har kuni quvonch bilan aytib berdi biz Juda xursandmiz va minnaddormiz. Har bir ishning qiyinchiligi bo'ladi. O'g'lim ham aytgan edi yopon maktabi o'quvchilari ustozidan 7m orqada yurar ekan hatto ustozini soyasini ham bosib qo'yishga hijolat bo'ladi ekan deb. Kelgusi ishlaringizga omad.
Assalomu alayku khiso jamosi sizlarga katta raxmat. O'ylab ish qiling. Xorazm xalqi bolalariga, ota -onalariga umid berib chekinib bo'lmaydi. Xalqimizni nazaridan qolmang. Bu ishlaringiz juda katta savobli ish deb bilaman. Eng kuchli Inson kechirimli Inson.
Raximova Nargiza
Assalomu alaykum, Sardor Bazarbayev va jamoasidan biz juda minnatdormiz, sizlarning mehnatlarizni juda qadrlaymiz. Farzandlarimiz, òquvchilarimiz bilimi oshishiga katta xissa qòshdingizlar. Bitta ikkita tushunmaydigan insonni fikrini inobatga olmanglar, iltimos... Xorazmda yana olimpiadalar davom qilishini sizlardan iltimos qilamiz.
Sardor Bazarbayev juda kamtar, halol inson ekanligiga bir necha bor guvoh bòldim, ota-onangizga raxmat 👍
Shirin .
Assalomu alaykum ustoz. Birgina odamni gapi deb olimpiadalarni to'xtatmang. Mani farzandim ham yozgi maktabga bordi o'rin ololmagan bo'lsa ham hafa emasman shu yozgi maktabga qatnashgani o'zi katta gap. Katta rahmat sizlarga sizday insonlar ko'payavergay. Hiso zo'r gap yo'q.
Fazilat Ibodullayeva
Assalomu alaykum khiso jamoasi hammangizga rahmat .Oʻgʻlim bugun zoʻr boʻldi kitob sovgʻa qilishdi deb juda xursand.Nooʻrin gap uchun ,bitta odam uchun boshqalarni aybi yoʻq.Ishingizda davom qiling.Olgʻa
Зилола Исмоилова
Ассалому алайкум KHISO жамоаси иштирокчилари билим улашишда чарчаманглар устозлари сизларга катта рахмат сизлар туфайли фарзанларимиз марокли дам олишди ва анча тажриба орттиришди бунда албатта сизларнинг мехнатингиз катта. Оддий шахарга 4 та ёки 6 та укувчини олиб чикиш яна бепул овкат ётокхона билан таминлаш осон ишмас. Буни ота оналар яхши тушунади менимча. Ёзги мактабни охирги кунида кайфиятни тушурмасдан факат олга интилинг.🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳👍👍👍👍👍
Зилола Исмоилова
Мухими урин ёки баалмас мухими тажриба😍😍😍😍👍👍👍
Zulfiya Kuranbayevna
Assalomu alaykum
yozgi maktab loyihasi tashkilotchilari .khiso jamoasi .bolajonlar uchun qilgan mehnatingiz uchun ofarin. Xafa bo'lmanglar .guruch ko'rmaksiz bo'lmaydi deyishgan. Ishlaringizga omad tilayman. Kuni kelib Vatanimiznung 1-matematika maktabi bolishingizga tilakdoshman Mehnatlaringizning rohatini ko'rib yurgaysizlar ilohim
Nargiza Hamidjanovna
Khiso jamoasi Sardor Bozorboyev boshchiligidagi jamoa sizlarga katta rahmat. Chindan farzandim siz tufayli katta katta orzu- maqsad qiladigan bo'ldi.
Har doim farzandimga menga natija ko'rsat derdim, natijalari o'zimiz uchun yaxshi bo'lmasa ham uncha muncha bollarnikidan yaxshi. Uni harakatga keltirgan sizlar bo'lasiz. Bugun o'g'lim men kutgan natijani ololmagani uchun hafa bo'ldi. Unga hafa bo'lma, muhimi qancha bilim orttirding,Yozgi maktab loyihasida qatnashding, maroqli dam ol,kayfiyatingni tushurma. Bu boshlanishi Har bir mag'lubiyat senga dars bo'lsin dedim. Keyin o'ziga keldi. Aslida katta mehnat qilinayotganini biz ko'rib turibmiz, tug'ilib o'sgan joyim deb qilayotganingizni ham bilamiz. O'g'lim ham sizga o'xshagan bilimdon va Vatanparvar inson bo'lsin. Har doim shunday yaxshiliklarga bosh bo'lib yuring. Kayfiyatni tushuradigan gaplarga e'tibor qilmang, mevali daraxtga tosh otiladi.
Nigora Abdrimova
Assalomu aleykum Sardorbek. Siz asl Xorazm yigiti asl Gurlan eli farzandisiz. Hali unaqa ota onalar oldingizdan kóp chiqadi. Bir ota onani gapi deb boshlagan ishizdan qaytmang.
Men óglimni yozgi maktabga yuboraolmaganimdan afsuslanib ótiribman. Lekin umidim bor kelasi yil ham yana yozgi maktab qilsangiz óglimni ham qizimni ham qatnashtirish niyatida edim.
U gap soz qilgan ota ona bolasini bilm tajriba uchun emas faqat yutuq uchun yuborgandir.
Sohiba Nuriddinova
Assalomu alaykum Sardorbek. Meni 2 ta farzandim ketdi lagerga. Biz sizdan, jamoangizdan behisob minnatdormiz. Bitta aqlsiz ota onani fikri deb kayfiyatingizni, shijoatingizni tushirmang
Show next 20 comments