Menda ba’zida ota-onalarni qaytadan oʻqitish kerak degan fikr paydo boʻladi.

Yozgi maktabda qancha katta ish qilinganini har kuni 3-4 ta video bilan koʻrsatib bordik. Butun jamoamiz kun-u tun harakat qildi. Ilk marta Xorazmdan katta jamoa keldi. Tugʻilib oʻsgan vatanim deb boshqa birorta hududga berilmagan imtiyozlar berildi. Bugungacha, ya’ni natijalar chiqqanicha bizdan zoʻri yoʻq edi.

Har doimgidek, natija chiqganidan keyin boshlanadi. Farzandi yutsa sendan zoʻri yoʻq. Oʻrin olmasa (aslida u eng muhimi boʻlgan bilimni oldi) aslini koʻrsatishni boshlashadi.

Oʻrtoqlar, “Yozgi maktab” bu “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining finali. U 4-mavsum oʻtkazilmoqda. Har doim kategoriyalarga boʻlib oʻtkazilgan, sinflarga emas. Barcha xalqaro musobaqalar shunday oʻtkaziladi. Chunki rivojlangan davlatlar (aslida ulardagi ota-onalar rivojlangan) bilishadiki, eng muhimi bu tajriba va bilim. Bu haqida har uchrashganimda aytganman. Befoyda.

Ota-onalardan biri (oʻqiyotgan boʻlish ehtimoli katta) “hech bir olimpiadasiga qatnashmaymiz, meni bolam falon sinfda faloninchi oʻrinda turardi” debdi. Buni jamoamiz a’zolaridan biri eshitib tushkunlikka tushib qolibdi. Menga qarata “Ustoz biz uxlamay, charchasak ham shu bolalar uchun mehnat qildik. Biz shunday gapga munosibmizmi” deb savol berdi. Toʻgʻrisi javob bera olmadim.

Bir ustozim aytgandi: “Yaponiyadek davlatimiz boʻlishi uchun yaponlardek boʻlishimiz kerak”.

Mayli nima boʻlsa ham juda yuqori saviyada yozgi maktab oʻtkazildi.

2023-yilda ota-onalardan biri murojaat qilgan edi. Hamma joyda olimpiada qilasiz, nega Xorazmda qilmaysiz deb. Tugʻilgan yurtimda juda katta ommaviy harakatga aylantirgan edik. Lekin bugungi munosabatdan keyin Xorazmda olimpiadalar davom ettirish masalasini endi jiddiy oʻylab koʻraman. Katta harakatga aylangan edi. Lekin bunday munosabatni shunchaki qabul qilib ketolmayman.

72 comments

Show 38 more comments
Мухаммадали .
ассалому алейкум хисо жамоаси сизлардан миннатдормиз фарзандларимиз учун килган хамма ишлариз учун катта рахмат хоразмда олимпиёдани иложи борича тухтатманнглар
Assalomu alaykum men qizimni oxirgi olimpidaga qatnashtirdim iyundagi oldinlari qatnashtirmaganimdan shun afsuslandim farzandlarimizga foydasi katta ekan
Ассалому алайкум. Устоз Сардор Базарбоев сизга ва жамоангизга катта раҳмат. Кайфиятингизни тушурманглар бу қилаётган ҳайрли ишларингиз учун сизлардан миннатдормиз.
Saidova Umida
Assalomu alaykum mening farzandim ham yozgi maktabda qatnashdi 2 sinf u ustozlarini Juda yaxshi ko'rdi olgan bilimlarini Har kuni quvonch bilan aytib berdi biz Juda xursandmiz va minnaddormiz. Har bir ishning qiyinchiligi bo'ladi. O'g'lim ham aytgan edi yopon maktabi o'quvchilari ustozidan 7m orqada yurar ekan hatto ustozini soyasini ham bosib qo'yishga hijolat bo'ladi ekan deb. Kelgusi ishlaringizga omad.
Assalomu alayku khiso jamosi sizlarga katta raxmat. O'ylab ish qiling. Xorazm xalqi bolalariga, ota -onalariga umid berib chekinib bo'lmaydi. Xalqimizni nazaridan qolmang. Bu ishlaringiz juda katta savobli ish deb bilaman. Eng kuchli Inson kechirimli Inson.
Raximova Nargiza
Assalomu alaykum, Sardor Bazarbayev va jamoasidan biz juda minnatdormiz, sizlarning mehnatlarizni juda qadrlaymiz. Farzandlarimiz, òquvchilarimiz bilimi oshishiga katta xissa qòshdingizlar. Bitta ikkita tushunmaydigan insonni fikrini inobatga olmanglar, iltimos... Xorazmda yana olimpiadalar davom qilishini sizlardan iltimos qilamiz.
Sardor Bazarbayev juda kamtar, halol inson ekanligiga bir necha bor guvoh bòldim, ota-onangizga raxmat 👍
Shirin .
Assalomu alaykum ustoz. Birgina odamni gapi deb olimpiadalarni to'xtatmang. Mani farzandim ham yozgi maktabga bordi o'rin ololmagan bo'lsa ham hafa emasman shu yozgi maktabga qatnashgani o'zi katta gap. Katta rahmat sizlarga sizday insonlar ko'payavergay. Hiso zo'r gap yo'q.
Fazilat Ibodullayeva
Assalomu alaykum khiso jamoasi hammangizga rahmat .Oʻgʻlim bugun zoʻr boʻldi kitob sovgʻa qilishdi deb juda xursand.Nooʻrin gap uchun ,bitta odam uchun boshqalarni aybi yoʻq.Ishingizda davom qiling.Olgʻa
Зилола Исмоилова
Ассалому алайкум KHISO жамоаси иштирокчилари билим улашишда чарчаманглар устозлари сизларга катта рахмат сизлар туфайли фарзанларимиз марокли дам олишди ва анча тажриба орттиришди бунда албатта сизларнинг мехнатингиз катта. Оддий шахарга 4 та ёки 6 та укувчини олиб чикиш яна бепул овкат ётокхона билан таминлаш осон ишмас. Буни ота оналар яхши тушунади менимча. Ёзги мактабни охирги кунида кайфиятни тушурмасдан факат олга интилинг.🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳👍👍👍👍👍
Зилола Исмоилова
Мухими урин ёки баалмас мухими тажриба😍😍😍😍👍👍👍
Zulfiya Kuranbayevna
Assalomu alaykum
yozgi maktab loyihasi tashkilotchilari .khiso jamoasi .bolajonlar uchun qilgan mehnatingiz uchun ofarin. Xafa bo'lmanglar .guruch ko'rmaksiz bo'lmaydi deyishgan. Ishlaringizga omad tilayman. Kuni kelib Vatanimiznung 1-matematika maktabi bolishingizga tilakdoshman Mehnatlaringizning rohatini ko'rib yurgaysizlar ilohim
Nargiza Hamidjanovna
Khiso jamoasi Sardor Bozorboyev boshchiligidagi jamoa sizlarga katta rahmat. Chindan farzandim siz tufayli katta katta orzu- maqsad qiladigan bo'ldi.
Har doim farzandimga menga natija ko'rsat derdim, natijalari o'zimiz uchun yaxshi bo'lmasa ham uncha muncha bollarnikidan yaxshi. Uni harakatga keltirgan sizlar bo'lasiz. Bugun o'g'lim men kutgan natijani ololmagani uchun hafa bo'ldi. Unga hafa bo'lma, muhimi qancha bilim orttirding,Yozgi maktab loyihasida qatnashding, maroqli dam ol,kayfiyatingni tushurma. Bu boshlanishi Har bir mag'lubiyat senga dars bo'lsin dedim. Keyin o'ziga keldi. Aslida katta mehnat qilinayotganini biz ko'rib turibmiz, tug'ilib o'sgan joyim deb qilayotganingizni ham bilamiz. O'g'lim ham sizga o'xshagan bilimdon va Vatanparvar inson bo'lsin. Har doim shunday yaxshiliklarga bosh bo'lib yuring. Kayfiyatni tushuradigan gaplarga e'tibor qilmang, mevali daraxtga tosh otiladi.
Nigora Abdrimova
Assalomu aleykum Sardorbek. Siz asl Xorazm yigiti asl Gurlan eli farzandisiz. Hali unaqa ota onalar oldingizdan kóp chiqadi. Bir ota onani gapi deb boshlagan ishizdan qaytmang.
Men óglimni yozgi maktabga yuboraolmaganimdan afsuslanib ótiribman. Lekin umidim bor kelasi yil ham yana yozgi maktab qilsangiz óglimni ham qizimni ham qatnashtirish niyatida edim.
U gap soz qilgan ota ona bolasini bilm tajriba uchun emas faqat yutuq uchun yuborgandir.
Sohiba Nuriddinova
Assalomu alaykum Sardorbek. Meni 2 ta farzandim ketdi lagerga. Biz sizdan, jamoangizdan behisob minnatdormiz. Bitta aqlsiz ota onani fikri deb kayfiyatingizni, shijoatingizni tushirmang
Abdullayeva Sadoqat Abdullayevna
Assalomu alaykum xurmatli Sardor Bazarbayev sizdan juda minnatdormiz bir ikki saviyasi past odamlani deb shuncha murgʻak qalblani ruhini choʻktirmang yozgi maktabga yoʻllammani qoʻlga kititganda farzandim juda qovondi xatto boradigan kunini intizorlik bn kutdi hayotga bilimga mehri oshdi har kuni gaplashsam sharoitlari juda ajoyib deb aytadi rahmat sizga sizdek jonkuyar insonlar koʻpayaversin
Amirbek b Yuldashbayev
Assalomu alaykum Khiso jamoasi va Sardor Bazarbayev sizlarga oilamiz nomidan minnatdorlik bildiramiz. Farzandim yo'llanmani qo'lga kiritganda juda xursand bo'ldik. Chunki buning uchun ikki yil harakat qildik. O'g'lim uchun bu katta hayotga ilk qadamlari bo'ldi. Bergan bilimlaringiz va mehnatingizga rozi bo'ling. Alloh ajrini bersin. Hech qachon harakatdan to'xtamagan. Chunki okeanda suzayotgan kema ham kuchli katta to'lqinlarga qarshi olg‘a suzadiva albatta manzil makoniga yotadi. Bu uni yanada kuchli va matonatli qiladi. Men ham Khiso jamoasi va sizga kuchli iroda va matonat tilab qolaman. Bo'lgan mayda chuyda gaplar irodangizni sindirmasligiga ishonaman. O'g'limga inshaalloh bu boshlanishi, bizni hali katta zafarlar kutib turibdi dedim, sizni ham huddi shunday zafarlar kutmoqda.
Assalomu alaykum, xayrli kun.
Xorazmdanman.
Khiso olimpiadalarida farzandlarimni bir necha bor qatnashtirib,olimpiada aurasi,bilimlilar davrasi qanday bo'lishini his qildirganman farzandlarimga.
Bu savobli va jamiyatimiz uchun zarur loyihani to‘xtatsangiz , "burgaga achchiq qilib,ko‘rpani kuydirgan" bo‘lasiz.
O‘ylaymanki,Khiso jamoasi mayda-chuyda gaplardan eng kamida bir qarich balandroq yuradi!!!
Assalomu alaykum, men Javlonbek, Boĝot t.dan. Bugungi kunda musofirda ADEGIYAdaman. Avval j. Tarbiya fanidan dars berib keldim.
Ammo khiso olimpiodalariga 1 marta òĝlimni yubordimu qiziqishim oshib , muntazam kuzatib kelmoqdaman . Ammo , sizlarning harakatlaringizga A'LO baho berib, sizlarga rahmatlar aytib yuraman !
Gapning qisqasi, " Burgaga achchiq qilib ,kòrpaga òt qòymang" !
Ishonamanki , Xorazmning xali biz bilmagan buyuk Xorazmiylari bor !
SIZLARGA KATTA RAHMATLAR BÒLSIN !!!
Ахмедова Халимахон
Ассаламу алейкум яхшимисиз хорманг ишлар бн Сардорбак биз сиз бн сизга катта рахмат набираларим из бу жуда хурсанд
Сардор
Ассалому алайкум, ёзги мактаб буйича ёзганларингизни укидим, сиз хафа булманг, негативчилар хар доим булган бундан кейин хам булади. Сиз буюк ишга кул ургансиз энди ортга кайтманг, бази ота оналарни гапини деб режаларингизни узгартирманг. Бошлаган ишингизда ман жудаям хурсандман, мани углимда узгариш жудаям катта, тугри у юкори урин олмади лекин фикрлаш доираси узгарган, кизикишлари купайган. Ман сизга ишонаман сиз тугри йулдасиз, ортга чекинманг.
Ахмедова Халимахон
Сардорбек битта негативчини деб хамюртларингизни хафа килманг сиз исмингизга Мос булишингиз керак Мен узим шифокорман сиз ва килган ишларингизни хамкасбларимга айтиб мактайман хакикий юрт углони деб биз сизни Яна укув йилида хар хафта олимпиядаларда куришни хохлаймиз
Show next 13 comments