Menda ba’zida ota-onalarni qaytadan oʻqitish kerak degan fikr paydo boʻladi.
Yozgi maktabda qancha katta ish qilinganini har kuni 3-4 ta video bilan koʻrsatib bordik. Butun jamoamiz kun-u tun harakat qildi. Ilk marta Xorazmdan katta jamoa keldi. Tugʻilib oʻsgan vatanim deb boshqa birorta hududga berilmagan imtiyozlar berildi. Bugungacha, ya’ni natijalar chiqqanicha bizdan zoʻri yoʻq edi.
Har doimgidek, natija chiqganidan keyin boshlanadi. Farzandi yutsa sendan zoʻri yoʻq. Oʻrin olmasa (aslida u eng muhimi boʻlgan bilimni oldi) aslini koʻrsatishni boshlashadi.
Oʻrtoqlar, “Yozgi maktab” bu “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining finali. U 4-mavsum oʻtkazilmoqda. Har doim kategoriyalarga boʻlib oʻtkazilgan, sinflarga emas. Barcha xalqaro musobaqalar shunday oʻtkaziladi. Chunki rivojlangan davlatlar (aslida ulardagi ota-onalar rivojlangan) bilishadiki, eng muhimi bu tajriba va bilim. Bu haqida har uchrashganimda aytganman. Befoyda.
Ota-onalardan biri (oʻqiyotgan boʻlish ehtimoli katta) “hech bir olimpiadasiga qatnashmaymiz, meni bolam falon sinfda faloninchi oʻrinda turardi” debdi. Buni jamoamiz a’zolaridan biri eshitib tushkunlikka tushib qolibdi. Menga qarata “Ustoz biz uxlamay, charchasak ham shu bolalar uchun mehnat qildik. Biz shunday gapga munosibmizmi” deb savol berdi. Toʻgʻrisi javob bera olmadim.
Bir ustozim aytgandi: “Yaponiyadek davlatimiz boʻlishi uchun yaponlardek boʻlishimiz kerak”.
Mayli nima boʻlsa ham juda yuqori saviyada yozgi maktab oʻtkazildi.
2023-yilda ota-onalardan biri murojaat qilgan edi. Hamma joyda olimpiada qilasiz, nega Xorazmda qilmaysiz deb. Tugʻilgan yurtimda juda katta ommaviy harakatga aylantirgan edik. Lekin bugungi munosabatdan keyin Xorazmda olimpiadalar davom ettirish masalasini endi jiddiy oʻylab koʻraman. Katta harakatga aylangan edi. Lekin bunday munosabatni shunchaki qabul qilib ketolmayman.
72 comments
Show 45 more comments
Fazilat Ibodullayeva
Assalomu alaykum khiso jamoasi hammangizga rahmat .Oʻgʻlim bugun zoʻr boʻldi kitob sovgʻa qilishdi deb juda xursand.Nooʻrin gap uchun ,bitta odam uchun boshqalarni aybi yoʻq.Ishingizda davom qiling.Olgʻa
Зилола Исмоилова
Ассалому алайкум KHISO жамоаси иштирокчилари билим улашишда чарчаманглар устозлари сизларга катта рахмат сизлар туфайли фарзанларимиз марокли дам олишди ва анча тажриба орттиришди бунда албатта сизларнинг мехнатингиз катта. Оддий шахарга 4 та ёки 6 та укувчини олиб чикиш яна бепул овкат ётокхона билан таминлаш осон ишмас. Буни ота оналар яхши тушунади менимча. Ёзги мактабни охирги кунида кайфиятни тушурмасдан факат олга интилинг.🥳🥳🥳🥳🥳🥳🥳👍👍👍👍👍
Зилола Исмоилова
Мухими урин ёки баалмас мухими тажриба😍😍😍😍👍👍👍
Zulfiya Kuranbayevna
Assalomu alaykum yozgi maktab loyihasi tashkilotchilari .khiso jamoasi .bolajonlar uchun qilgan mehnatingiz uchun ofarin. Xafa bo'lmanglar .guruch ko'rmaksiz bo'lmaydi deyishgan. Ishlaringizga omad tilayman. Kuni kelib Vatanimiznung 1-matematika maktabi bolishingizga tilakdoshman Mehnatlaringizning rohatini ko'rib yurgaysizlar ilohim
Nargiza Hamidjanovna
Khiso jamoasi Sardor Bozorboyev boshchiligidagi jamoa sizlarga katta rahmat. Chindan farzandim siz tufayli katta katta orzu- maqsad qiladigan bo'ldi. Har doim farzandimga menga natija ko'rsat derdim, natijalari o'zimiz uchun yaxshi bo'lmasa ham uncha muncha bollarnikidan yaxshi. Uni harakatga keltirgan sizlar bo'lasiz. Bugun o'g'lim men kutgan natijani ololmagani uchun hafa bo'ldi. Unga hafa bo'lma, muhimi qancha bilim orttirding,Yozgi maktab loyihasida qatnashding, maroqli dam ol,kayfiyatingni tushurma. Bu boshlanishi Har bir mag'lubiyat senga dars bo'lsin dedim. Keyin o'ziga keldi. Aslida katta mehnat qilinayotganini biz ko'rib turibmiz, tug'ilib o'sgan joyim deb qilayotganingizni ham bilamiz. O'g'lim ham sizga o'xshagan bilimdon va Vatanparvar inson bo'lsin. Har doim shunday yaxshiliklarga bosh bo'lib yuring. Kayfiyatni tushuradigan gaplarga e'tibor qilmang, mevali daraxtga tosh otiladi.
Nigora Abdrimova
Assalomu aleykum Sardorbek. Siz asl Xorazm yigiti asl Gurlan eli farzandisiz. Hali unaqa ota onalar oldingizdan kóp chiqadi. Bir ota onani gapi deb boshlagan ishizdan qaytmang. Men óglimni yozgi maktabga yuboraolmaganimdan afsuslanib ótiribman. Lekin umidim bor kelasi yil ham yana yozgi maktab qilsangiz óglimni ham qizimni ham qatnashtirish niyatida edim. U gap soz qilgan ota ona bolasini bilm tajriba uchun emas faqat yutuq uchun yuborgandir.
Sohiba Nuriddinova
Assalomu alaykum Sardorbek. Meni 2 ta farzandim ketdi lagerga. Biz sizdan, jamoangizdan behisob minnatdormiz. Bitta aqlsiz ota onani fikri deb kayfiyatingizni, shijoatingizni tushirmang
Abdullayeva Sadoqat Abdullayevna
Assalomu alaykum xurmatli Sardor Bazarbayev sizdan juda minnatdormiz bir ikki saviyasi past odamlani deb shuncha murgʻak qalblani ruhini choʻktirmang yozgi maktabga yoʻllammani qoʻlga kititganda farzandim juda qovondi xatto boradigan kunini intizorlik bn kutdi hayotga bilimga mehri oshdi har kuni gaplashsam sharoitlari juda ajoyib deb aytadi rahmat sizga sizdek jonkuyar insonlar koʻpayaversin
Amirbek b Yuldashbayev
Assalomu alaykum Khiso jamoasi va Sardor Bazarbayev sizlarga oilamiz nomidan minnatdorlik bildiramiz. Farzandim yo'llanmani qo'lga kiritganda juda xursand bo'ldik. Chunki buning uchun ikki yil harakat qildik. O'g'lim uchun bu katta hayotga ilk qadamlari bo'ldi. Bergan bilimlaringiz va mehnatingizga rozi bo'ling. Alloh ajrini bersin. Hech qachon harakatdan to'xtamagan. Chunki okeanda suzayotgan kema ham kuchli katta to'lqinlarga qarshi olg‘a suzadiva albatta manzil makoniga yotadi. Bu uni yanada kuchli va matonatli qiladi. Men ham Khiso jamoasi va sizga kuchli iroda va matonat tilab qolaman. Bo'lgan mayda chuyda gaplar irodangizni sindirmasligiga ishonaman. O'g'limga inshaalloh bu boshlanishi, bizni hali katta zafarlar kutib turibdi dedim, sizni ham huddi shunday zafarlar kutmoqda.
Assalomu alaykum, xayrli kun. Xorazmdanman. Khiso olimpiadalarida farzandlarimni bir necha bor qatnashtirib,olimpiada aurasi,bilimlilar davrasi qanday bo'lishini his qildirganman farzandlarimga. Bu savobli va jamiyatimiz uchun zarur loyihani to‘xtatsangiz , "burgaga achchiq qilib,ko‘rpani kuydirgan" bo‘lasiz. O‘ylaymanki,Khiso jamoasi mayda-chuyda gaplardan eng kamida bir qarich balandroq yuradi!!!
Assalomu alaykum, men Javlonbek, Boĝot t.dan. Bugungi kunda musofirda ADEGIYAdaman. Avval j. Tarbiya fanidan dars berib keldim. Ammo khiso olimpiodalariga 1 marta òĝlimni yubordimu qiziqishim oshib , muntazam kuzatib kelmoqdaman . Ammo , sizlarning harakatlaringizga A'LO baho berib, sizlarga rahmatlar aytib yuraman ! Gapning qisqasi, " Burgaga achchiq qilib ,kòrpaga òt qòymang" ! Ishonamanki , Xorazmning xali biz bilmagan buyuk Xorazmiylari bor ! SIZLARGA KATTA RAHMATLAR BÒLSIN !!!
Ахмедова Халимахон
Ассаламу алейкум яхшимисиз хорманг ишлар бн Сардорбак биз сиз бн сизга катта рахмат набираларим из бу жуда хурсанд
Сардор
Ассалому алайкум, ёзги мактаб буйича ёзганларингизни укидим, сиз хафа булманг, негативчилар хар доим булган бундан кейин хам булади. Сиз буюк ишга кул ургансиз энди ортга кайтманг, бази ота оналарни гапини деб режаларингизни узгартирманг. Бошлаган ишингизда ман жудаям хурсандман, мани углимда узгариш жудаям катта, тугри у юкори урин олмади лекин фикрлаш доираси узгарган, кизикишлари купайган. Ман сизга ишонаман сиз тугри йулдасиз, ортга чекинманг.
Ахмедова Халимахон
Сардорбек битта негативчини деб хамюртларингизни хафа килманг сиз исмингизга Мос булишингиз керак Мен узим шифокорман сиз ва килган ишларингизни хамкасбларимга айтиб мактайман хакикий юрт углони деб биз сизни Яна укув йилида хар хафта олимпиядаларда куришни хохлаймиз
Nargiza Sobirova
Assalomu alaykum, yozganlaringizni o’qidim. Farzandlarimiz uchun shuncha mehnat, shuncha xarajat qilinib turganda ota-onalar tomonidan rahmat o’rniga negativlar eshitish alamli albatta, lekin ayrim (saviyasi past) ota onalarni deb Xorazmlik shogirtlaringizni tashlab qo’ymang. Sizni qilayotgan ishlaringiz sabab Xorazmdan xalqaro olimpiadalarda qatnashyapti farzandlarimiz. Sizni tushunib, qadrlovchi ota- onalar juda ko’p, olimpiadalaringizni Xorazmda ham davom qildirishingizni iltimos qilib qolamiz, zero sizga o’xshagan Xorazmning asl farzandlari ko’payishiga zamin bo’ladi. Ishlaringizga rivoj, olloh panohida bo’ling
Assalomu alaykum, Sardor Bozorboyev, sizdan butun oilamiz bilan minnatdormiz. Farzandlarimiz siz tufayli xalqoro olimpiadalarda qatnashib bilim va kònikma orttirishyapti. Bundan Alloh rozi bólsin. Qilayotgan ishlaringiz bardavom bòlsin.
Assalomu alaykum KHISO jamoasidan minnatdorman, men shuni tushundimki koʻlmakdagi oʻzini eng zoʻr deb biluvchi baliqcha daryoga chiqsa oʻzining kuchsizligini anglab harakat qiladi, yanada zoʻr boʻlishga,daryodagi baliqlar bn bellashishga,ularga yetishga, kk boʻlsa oʻzib ketishga,bolalarimizga shunaqa muhit yaratib berganiz un Rahmat, yangi oʻquv yilida yana kutib qolamiz KHISO olimpiadalarini!!
Sardor, mevali daraxtga har doim tosh otiladi, kuchli daraxtlar har qanday toshga ham bardosh beradi, oxirida tosh otuvchilar uyalib qoladi, sizlarga bunday toshlardan menimcha ancha otilgan chunki respublika bo'ylab qancha ishlar qilib turibsizlar, shunday ekan bundan tushkunlikka tushmasin jamoangizdagilar, guruch kurmaksiz bo'lmaydi, asosiysi farzandining kelajagi uchun qayg'uradigan, haqiqiy bilim egasi bo'lishini istaydigan ota-onalar sizlarning mehnatingizni juda qadrlaydi, Khisoni hurmat qiladi! Qisqa davr ichida shuncha ishlar qildingizlar, bundan keyingi ishlaringizga omad va kuch-quvvat! Hali Xalqaro miqyosda ham taniqli jamoaga, taniqli maktabga aylanasiz!
Raximova Sayyora Odilbekovna
Assalomu alaykum Sardorbek Bozorboyev hammasi uchun sizga kattakon rahmat. Yozgi maktabga borib bolom Elshodbek judaham quvonib,ta'surotlari katt bõlib keldi.Kelasi yil hudo hohlasa ukasi bilan borish niyati bor.Shuning uchun bunday olimpiodalarni kõproq bõlishini xoxlaymiz.Yana Khiso olimpiodasi yana davom etishini istaymiz.Sizga va jamoa a'zolaringizga omad yor bõlsin,sizlarga guch quvvat tilimiz.Barchangizga rahmat.
Assalamu alaykum hurmatli Sardor Bozorboyev! Man Toshkentdanman.
Avvalo yurtimiz va farzandlarimiz kelajagini o'ylab qilayotgan ishlaringizni Alloh hayrli qilsin! Man juda ham xohlardimki, Toshkentlik ilm talab bolajonlar uchun ham "Yozgi maktab", olimpiadalar, maktablar, musobaqalar tashkil etishingizni.
Sizlar ko'plab bolajonlarni ilm olishida juda katta hissalar qo'shmoqdasizlar, negativlarga e'tibor bermay, ilm dargohingiz yanada yuksalishiga va bunda biz ham qo'ldan kelgancha o'z hissalarimizni qo'shishimizni nasib etishiga duodaman.
Minglab balki millionlab Sizdan rozi insonlar oldida bunday bir yoki ikkita negativlarga umuman e'tibor bermang. Sizdan yangi maktablar va yangi ilm maskanlarini kutamiz!
Salom Sardor aka! Man Buxorodanman Oʻgʻlim olimpiadalarga qatnashishni oʻtgan yili boshladi. Faqat past ball olardi va manga savol berardi! Oʻtgan yilgi yozgi maktabda borgan bolalarni koʻrib manam yozgi maktabga borish uchun nima qilsam boʻladi? kanaldagi videolarni koʻrib harakat qilib shu yil yozgi maktabga bordi. Manga uni birorta oʻrin olgani kerak emas manga uni bilimli bolalarni ichiga yurgani kerak chunki qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi deyishadiku
yozgi maktab loyihasi tashkilotchilari .khiso jamoasi .bolajonlar uchun qilgan mehnatingiz uchun ofarin. Xafa bo'lmanglar .guruch ko'rmaksiz bo'lmaydi deyishgan. Ishlaringizga omad tilayman. Kuni kelib Vatanimiznung 1-matematika maktabi bolishingizga tilakdoshman Mehnatlaringizning rohatini ko'rib yurgaysizlar ilohim
Har doim farzandimga menga natija ko'rsat derdim, natijalari o'zimiz uchun yaxshi bo'lmasa ham uncha muncha bollarnikidan yaxshi. Uni harakatga keltirgan sizlar bo'lasiz. Bugun o'g'lim men kutgan natijani ololmagani uchun hafa bo'ldi. Unga hafa bo'lma, muhimi qancha bilim orttirding,Yozgi maktab loyihasida qatnashding, maroqli dam ol,kayfiyatingni tushurma. Bu boshlanishi Har bir mag'lubiyat senga dars bo'lsin dedim. Keyin o'ziga keldi. Aslida katta mehnat qilinayotganini biz ko'rib turibmiz, tug'ilib o'sgan joyim deb qilayotganingizni ham bilamiz. O'g'lim ham sizga o'xshagan bilimdon va Vatanparvar inson bo'lsin. Har doim shunday yaxshiliklarga bosh bo'lib yuring. Kayfiyatni tushuradigan gaplarga e'tibor qilmang, mevali daraxtga tosh otiladi.
Men óglimni yozgi maktabga yuboraolmaganimdan afsuslanib ótiribman. Lekin umidim bor kelasi yil ham yana yozgi maktab qilsangiz óglimni ham qizimni ham qatnashtirish niyatida edim.
U gap soz qilgan ota ona bolasini bilm tajriba uchun emas faqat yutuq uchun yuborgandir.
Xorazmdanman.
Khiso olimpiadalarida farzandlarimni bir necha bor qatnashtirib,olimpiada aurasi,bilimlilar davrasi qanday bo'lishini his qildirganman farzandlarimga.
Bu savobli va jamiyatimiz uchun zarur loyihani to‘xtatsangiz , "burgaga achchiq qilib,ko‘rpani kuydirgan" bo‘lasiz.
O‘ylaymanki,Khiso jamoasi mayda-chuyda gaplardan eng kamida bir qarich balandroq yuradi!!!
Ammo khiso olimpiodalariga 1 marta òĝlimni yubordimu qiziqishim oshib , muntazam kuzatib kelmoqdaman . Ammo , sizlarning harakatlaringizga A'LO baho berib, sizlarga rahmatlar aytib yuraman !
Gapning qisqasi, " Burgaga achchiq qilib ,kòrpaga òt qòymang" !
Ishonamanki , Xorazmning xali biz bilmagan buyuk Xorazmiylari bor !
SIZLARGA KATTA RAHMATLAR BÒLSIN !!!
Man Toshkentdanman.
Avvalo yurtimiz va farzandlarimiz kelajagini o'ylab qilayotgan ishlaringizni Alloh hayrli qilsin!
Man juda ham xohlardimki, Toshkentlik ilm talab bolajonlar uchun ham "Yozgi maktab", olimpiadalar, maktablar, musobaqalar tashkil etishingizni.
Sizlar ko'plab bolajonlarni ilm olishida juda katta hissalar qo'shmoqdasizlar, negativlarga e'tibor bermay, ilm dargohingiz yanada yuksalishiga va bunda biz ham qo'ldan kelgancha o'z hissalarimizni qo'shishimizni nasib etishiga duodaman.
Minglab balki millionlab Sizdan rozi insonlar oldida bunday bir yoki ikkita negativlarga umuman e'tibor bermang.
Sizdan yangi maktablar va yangi ilm maskanlarini kutamiz!
Hamisha olg'a!
Oʻgʻlim olimpiadalarga qatnashishni oʻtgan yili boshladi. Faqat past ball olardi va manga savol berardi! Oʻtgan yilgi yozgi maktabda borgan bolalarni koʻrib manam yozgi maktabga borish uchun nima qilsam boʻladi? kanaldagi videolarni koʻrib harakat qilib shu yil yozgi maktabga bordi. Manga uni birorta oʻrin olgani kerak emas manga uni bilimli bolalarni ichiga yurgani kerak chunki qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi deyishadiku