​Har bir hududda intellektual kasting va turnirlar oʻtkaziladi
 
Avvalroq xabar berganimizdek, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzo boʻlish istagida www.zakovat.tv sayti orqali 13 mingdan ortiq arizalar kelib tushdi. Shundan 11 111 nafar talabgor yakka tartibda ariza topshirgan boʻlsa, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.

Hududiy turnirlar haqida

Talabgorlarning 72 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardan roʻyxatdan oʻtganligini hisobga olib, hududiy turnirlar tashkil etishga qaror qilindi. Shu orqali minglab insonlarni uzoq masofalardan Toshkent shahriga kelib-ketishidagi ovogarchilikning oldi olinadi, degan umiddamiz.

Tenglik boʻlishi uchun hududiy turnirlarda ham xuddi Toshkentdagidek gʻolib jamoaga 100 mln soʻmdan pul mukofoti beriladi.

Asosiy shartlaridan biri, bitta jamoa yoki shaxs faqat bitta hududiy turnirda qatnasha oladi. Masalan, Toshkent mintaqasida ishtirok etgan jamoa (shaxs) boshqa hududlardagi turnirlarga qoʻyilmaydi.

Hududiy turnirlar oʻtkazilish jadvali

Hududiy turnirlarni taxminan quyidagi muddatlarda oʻtkazish rejalashtirilmoqda:

Samarqand viloyati – mart oyida;
Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari – aprel oyida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari – may oyida;
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari – iyun oyida;
Sirdaryo va Jizzax viloyatlari – iyul oyida.

Hududiy turnirlarning aniq sanalari, tartibi va shartlari qoʻshimcha maʼlum qilinadi. Shuningdek, tashkiliy jarayonlar sababli ayrim muddatlarga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Klub aʼzolari oʻrtasida soʻrovnoma

Roʻyxatdan oʻtgan aʼzolar uchun qaysi hududdagi kasting va turnirlarda qatnashish qulay ekanligini aniqlash hamda shu bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal qilish maqsadida kichik soʻrovnoma tashkil qilindi.

www.zakovat.tv saytida yakka tartibda va jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilardan quyidagi havola orqali oʻtib, soʻrovnomani toʻldirib berishlarini iltimos qilamiz:
https://forms.gle/Qd3PwHJR5xvKJ6DV7
 

Klub yangiliklarini kuzatib boring:
➖ @zakovat

58 comments

Show 29 more comments
Kasting Toshkendagisini bildik, viloyatlardagi kasting qachon bo'ladi?
tizimga kirishda muammoilar yuzaga kelmoqda adminlar iltimos ushbu murojaatni ko'rib chiqinglar
ID ni ocirvorganla qattan bilsa boladi yana ID sini
16330
Men ham yakka tartibda ishtirok etish uchun so‘rovnoma toldirgan edim , Endi esa jamo bb ishtirok etmoqchiman hali ham kech emasdur degan umiddaman ,Yakka ishtirok etgani qorqayapman .Adminlar ushbu murojatnomamni ko‘rib chiqinglar iltmos.🙏
Biza jamoa bilan Toshkentga borib ishtirok etolmaymiz deb a'zo bilmagan edik,endi viloyat buyicha buladi deyildi qushimcha Yana a'zo bulishni ochilsa yaxshi bulardi,Navoiylik Zakovatchilar nomidan bizdaylar kup,admenlar iltimos shuni kurib chiqizlar
B○Z○R○V 🇺🇿
Hammaga salom hozir ham royhatdan otsa boladimi
Assalomu alaykum
Yaxshimisizlar men1-yakka tartibda ro‘yhatdan o‘tgandim so‘ng jamoa shakllantirib undan ro‘yhatdan o‘tik menga yakka tartibdagi id kelgan holos jamoadagi id kelmadi men jamoadamanmi yoki yakka tartibda mi shuni aniqlashtirib bera olasizlarmi
Assalomu aleykum ID sms tarzda hammaga kelganmi?
Assalamu alaykum.
Men sayt orqali royhatdan yakka tartibda endi otsam boladimi?
Saytni roycatdan otish uchun ochib qoyilar iltimos royxatdan otadiganlar kop
#Мадина💕
Qanaqb royhatdan otsa boladi
вилоятлардаги ёшлар ўзларини худудларида булишдан олдин рўйхатдан ўтадими ёки аллақачон рўйхатдан ўтиши керак эдими
Munisa
Assalomu alaykum tomosha qilish uchun ham borish mumkinmi
Assalomu alaykum. Nechchi yoshdan boshlab Samarqandda bo'lib o'tadigan kastingda qatnashish mumkin
Kasting bolarkan qachon ma'lum boladi?
quyidagi deyilgan joyga kirmayaptiku
Bu sayt ishlamiyaptiku.iltimos ochib qo‘yinglar.qiziqishi baldlar bor
Ochingizlar azo bo'lishni bilimsiz bulsak ham biror narsa õrganamiz
Men Ro`yxatdan o`taolmadim Unaqa bo`limi yo`q nima qilishim kerak
Show next 8 comments