Har bir hududda intellektual kasting va turnirlar oʻtkaziladi Avvalroq xabar berganimizdek, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzo boʻlish istagida
www.zakovat.tv sayti orqali
13 mingdan ortiq arizalar kelib tushdi. Shundan
11 111 nafar talabgor yakka tartibda ariza topshirgan boʻlsa,
1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.
Hududiy turnirlar haqidaTalabgorlarning 72 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardan roʻyxatdan oʻtganligini hisobga olib, hududiy turnirlar tashkil etishga qaror qilindi. Shu orqali minglab insonlarni uzoq masofalardan Toshkent shahriga kelib-ketishidagi ovogarchilikning oldi olinadi, degan umiddamiz.
Tenglik boʻlishi uchun hududiy turnirlarda ham xuddi Toshkentdagidek gʻolib jamoaga
100 mln soʻmdan pul mukofoti beriladi.
Asosiy shartlaridan biri, bitta jamoa yoki shaxs faqat bitta hududiy turnirda qatnasha oladi. Masalan, Toshkent mintaqasida ishtirok etgan jamoa (shaxs) boshqa hududlardagi turnirlarga qoʻyilmaydi.
Hududiy turnirlar oʻtkazilish jadvaliHududiy turnirlarni taxminan quyidagi muddatlarda oʻtkazish rejalashtirilmoqda:
Samarqand viloyati –
mart oyida;Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari –
aprel oyida;Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari –
may oyida;Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari –
iyun oyida;Sirdaryo va Jizzax viloyatlari –
iyul oyida.
Hududiy turnirlarning aniq sanalari, tartibi va shartlari qoʻshimcha maʼlum qilinadi. Shuningdek, tashkiliy jarayonlar sababli ayrim muddatlarga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Klub aʼzolari oʻrtasida soʻrovnomaRoʻyxatdan oʻtgan aʼzolar uchun qaysi hududdagi kasting va turnirlarda qatnashish qulay ekanligini aniqlash hamda shu bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal qilish maqsadida kichik soʻrovnoma tashkil qilindi.
www.zakovat.tv saytida yakka tartibda va jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilardan quyidagi havola orqali oʻtib, soʻrovnomani toʻldirib berishlarini iltimos qilamiz:
https://forms.gle/Qd3PwHJR5xvKJ6DV7 Klub yangiliklarini kuzatib boring:➖ @zakovat
Men sayt orqali royhatdan yakka tartibda endi otsam boladimi?