​Har bir hududda intellektual kasting va turnirlar oʻtkaziladi
 
Avvalroq xabar berganimizdek, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzo boʻlish istagida www.zakovat.tv sayti orqali 13 mingdan ortiq arizalar kelib tushdi. Shundan 11 111 nafar talabgor yakka tartibda ariza topshirgan boʻlsa, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.

Hududiy turnirlar haqida

Talabgorlarning 72 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardan roʻyxatdan oʻtganligini hisobga olib, hududiy turnirlar tashkil etishga qaror qilindi. Shu orqali minglab insonlarni uzoq masofalardan Toshkent shahriga kelib-ketishidagi ovogarchilikning oldi olinadi, degan umiddamiz.

Tenglik boʻlishi uchun hududiy turnirlarda ham xuddi Toshkentdagidek gʻolib jamoaga 100 mln soʻmdan pul mukofoti beriladi.

Asosiy shartlaridan biri, bitta jamoa yoki shaxs faqat bitta hududiy turnirda qatnasha oladi. Masalan, Toshkent mintaqasida ishtirok etgan jamoa (shaxs) boshqa hududlardagi turnirlarga qoʻyilmaydi.

Hududiy turnirlar oʻtkazilish jadvali

Hududiy turnirlarni taxminan quyidagi muddatlarda oʻtkazish rejalashtirilmoqda:

Samarqand viloyati – mart oyida;
Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari – aprel oyida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari – may oyida;
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari – iyun oyida;
Sirdaryo va Jizzax viloyatlari – iyul oyida.

Hududiy turnirlarning aniq sanalari, tartibi va shartlari qoʻshimcha maʼlum qilinadi. Shuningdek, tashkiliy jarayonlar sababli ayrim muddatlarga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Klub aʼzolari oʻrtasida soʻrovnoma

Roʻyxatdan oʻtgan aʼzolar uchun qaysi hududdagi kasting va turnirlarda qatnashish qulay ekanligini aniqlash hamda shu bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal qilish maqsadida kichik soʻrovnoma tashkil qilindi.

www.zakovat.tv saytida yakka tartibda va jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilardan quyidagi havola orqali oʻtib, soʻrovnomani toʻldirib berishlarini iltimos qilamiz:
https://forms.gle/Qd3PwHJR5xvKJ6DV7
 

Klub yangiliklarini kuzatib boring:
➖ @zakovat

58 comments

Show 45 more comments
Kasting bolarkan qachon ma'lum boladi?
quyidagi deyilgan joyga kirmayaptiku
Bu sayt ishlamiyaptiku.iltimos ochib qo‘yinglar.qiziqishi baldlar bor
Ochingizlar azo bo'lishni bilimsiz bulsak ham biror narsa õrganamiz
Men Ro`yxatdan o`taolmadim Unaqa bo`limi yo`q nima qilishim kerak
Qanaqa qilib royxotdan otsa boladi?
Как можно регистрироватся.
Akhmadov Ulugbek
Qanday ro'yxatdan o'tamiz
Men 16 yoshdaman qatnashsam bo'ladimi yoki tomoshabin sifatida borsam bo'ladimi men Surxondaryodanman
Navoiyda ham boshlandimi ro'yxatdan o'tsak bo'ladimi
Surxondaryo viloyati o'tolmadik ro'yxatdan
Surhondaryoda faqat Termizda bo‘ladimi
Qashqadaryoda uyinlar boshlandimi?