This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Танзила Нарбаева ота-оналарга мурожаат қилиб, ўқитувчиларни ҳурмат қилишга чақирди

Сенат раиси бугунги мажлисда жумладан шундай деди:

«Барчамиз – онамиз, отамиз ва ўз фарзандларимиз таълим-тарбияси учун масъулмиз. Лекин тан олиб айтишимиз керак, бугунги ўқувчи ҳам, ота-оналар ҳам кечаги эмас. Мактабларда эркак ўқитувчиларнинг камайиб кетгани ҳам катта муаммо, аслида.

Фарзандининг арзимаган шикояти учун мактабга югуриб келиб ўқитувчига «ташланиш»дан кўпчилик ота-оналар уялмай қўйди. Бу эса жамиятда ўқитувчи мақомининг обрўсизланишига олиб келмоқда.

Ҳурматли ота-оналарга мурожаат қилмоқчиман: фарзандим ҳаётда ўз ўрнини топишда қийналмасин, мустақил фикрли, мулоҳазали инсон бўлиб вояга етсин десангиз болангиз қалбида ўқитувчига эҳтиром ҳиссини тарбияланг ва ўзингиз ҳам устозларни эъзозланг.

Ўқитувчи ўқувчи ёки унинг ота-онаси томонидан оёқости қилинадиган одам эмас, балки зиё тарқатувчи инсон, керак бўлса ҳаммадан бир поғона юқори турувчи шахсдир».


👉 @xushnudbek 👈

297 comments

Show 63 more comments
Juda ham tugri uqituvchi hech qachon bolaga yomonlikni Ravi kurmaydi.Kerak bulsa OTA onalar farzandining uy vazifasini bajarayotganini nazoratga olishga qiynaladi.
Xa togri ayrim ota onalar ustozlarni hurmat qilmay qoyishdi lekin 5 barmoq birxil emas, ammo ayrim oqituvchilar hamma oqituvchilar nomiga doq keltirishmoqda chin dildan pul uchun emas oquvchilar bilim olishi uchun dars beradigon oqituvchilar juda kamayib ketishdi
☆꧁✬◦°˚°◦. 𝓑𝓸𝓽𝓲𝓻𝓪𝓵𝓲.◦°˚°◦✬꧂☆
Albatta yuqoridagi gaplarning hammasi 100% tógri gap.
Assalomu alaykum! Yaxshi fikrlar aytibdi. Lekin bulardan ko'pchilik xabardor. Vakolati yetadigan shaxslar bugun xalq mamnun bo'ladigan, ertaga avlodlar duo qiladigan qarorlar va amaliy choralar ko'rishi kerak menimcha.
Nega oliygohda o'qituvchilarga hurmatda bo'lishadiyu, maktabda unday emas? Axir, maktab o'qituvchilari ko'proq mehnat qilishadiku. Sababi bitta u ham bo'lsa, maktab o'qituvchisining qo'lida hech qanday vakolat yo'q. Maktab o'qituvchisining qo'ygan baxosi yoki beradigan tavsiyanomasi bolaning kelajakda o'qishga kirishiga yoki ishga joylashishiga, yoki bo'lmasa ko'ngilsiz holatlardagi sud ishlarida qandaydir ahamiyatga ega bo'lganda edi, ota-onalar ham o'ylabroq muomala qilishardi.
Doktorlaniyam tarafini oladiganla bormikan? 🙁
Nmaga harbiylarga ozi hamma narsasi yeta turib ularni farzandiga grant ajratilishi kerak rostan ham agar harbiylar yurtimizni yovdan himoyalayotgan bolsa daladagi fermerlar oynayotgani yoku ula ham davlat uchun issiqni issiq demasdan dalada ishlashadi. Yurtimiz uchun, och bolmasligim uchun tinme mehnat qilishadi. Deme ularni farzandiga ham grant ajratilishi kerkarmku. Mayli nogironlarni tushunsa boladi lekin hamma narsasi yetarli abiturentlar uchun bu tavsiyanoma nmaga kerak agar shularga ajratilgan kvotani ham umumiyga qoshsa qancha tayyorgarlik korgan abiturentla oqishga kirishi mumkin bolardi.
Ota-onalar karantinda 2 oy qanday ahvolga tushib qolganlaringni aytinglar. Shu o'qituvchi 8-9 oy sizni bolangizga ilm beradi. Tushungan odamni o'zi tushunib olaveradi
Yaqinda Tohir Malikning "Quyoshingiz botmasin" degan kitobini o'qigandim ajoyib bir mavzu ko'tarilgandi. Bu hayotimizdagi ayrim aksiomalarni o'zgartirib yubordi to'g'risi men uchun. Ustoz otangday ulug'-qanday ustoz otangday ulug'..... deyilgan edi kitobda
Abbosbek Azamov
To‘ri gapni aytibdilar
Мани бошлангичда укитган устозимга канча рахмат этсамам кам. Ула туфайли ман шу нарсалага эришвомман.
Коган фан укитувчиларига келсе ингилиз тили устозларим жуда зур дарс беришади. И битта нарса пенсиядан кейин ишламокчи буган устозлани сартирофка килиш кере. Улани купи дарс беришомеди. Синовдан утказиб кейин рухсат бериш кере улага.
𝚂𝚑𝚎𝚛𝚣𝚘𝚍 𝚃𝚘'𝚡𝚝𝚊𝚢𝚎𝚟
Qora ishchi soģliģini yoqotadi.Davlatga katta foydani shu ishchilar beradi.Shaxsan men uranda ishlayman.Siz bunaqa joyda ishlash uyoqda tursin nafas ololmaysiz.
Albatta siz qilayotgan ish taqsinga sazovor. Lekin ustozlar millatning quruvchulilari. Agar ilm rivojlansa sizi ishizi chettan odam obkelib qildiradigan bolamiz. Ozimiz qiynalmasdan. Xalq boy bo'ladi
FAXRIDDIN
Bu aytilgan gaplar gapligicha qolib ketilmasa juda yaxshi bo'lar edi.
Show next 100 comments