This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Танзила Нарбаева ота-оналарга мурожаат қилиб, ўқитувчиларни ҳурмат қилишга чақирди

Сенат раиси бугунги мажлисда жумладан шундай деди:

«Барчамиз – онамиз, отамиз ва ўз фарзандларимиз таълим-тарбияси учун масъулмиз. Лекин тан олиб айтишимиз керак, бугунги ўқувчи ҳам, ота-оналар ҳам кечаги эмас. Мактабларда эркак ўқитувчиларнинг камайиб кетгани ҳам катта муаммо, аслида.

Фарзандининг арзимаган шикояти учун мактабга югуриб келиб ўқитувчига «ташланиш»дан кўпчилик ота-оналар уялмай қўйди. Бу эса жамиятда ўқитувчи мақомининг обрўсизланишига олиб келмоқда.

Ҳурматли ота-оналарга мурожаат қилмоқчиман: фарзандим ҳаётда ўз ўрнини топишда қийналмасин, мустақил фикрли, мулоҳазали инсон бўлиб вояга етсин десангиз болангиз қалбида ўқитувчига эҳтиром ҳиссини тарбияланг ва ўзингиз ҳам устозларни эъзозланг.

Ўқитувчи ўқувчи ёки унинг ота-онаси томонидан оёқости қилинадиган одам эмас, балки зиё тарқатувчи инсон, керак бўлса ҳаммадан бир поғона юқори турувчи шахсдир».


👉 @xushnudbek 👈

297 comments

Show 95 more comments
Yana bir gap mening bir o'qituvchim bolardi magestr edi. Doskaga sana yozsa o'chirib qaytadan yozishga to'g'ri kelardi( xatolar ko'pligidan tushunib bo'lmas edi)
Sarvinoz
Avvalo oʻqituvchiga,kattalarga hurmatni oilada oʻrgatishimiz kerak,ustoz otangday ulugʻ deb bekorga aytishmaydi.
Ha to'g'ri. Ota-onalar shu masala bo'yicha ko'p "kalla qo'yishmoqda".
𝚂𝚑𝚎𝚛𝚣𝚘𝚍 𝚃𝚘'𝚡𝚝𝚊𝚢𝚎𝚟
Uran oltin gaz ishlab chiqarilmasa kelajak bir tiyin.Moddiy taraf bòlmasa rivojlanish bòladimi
Siz bir narsani tushunmayabsiz. Xalqimiz bilimli zamonaviy soxalarni egallagan yetuk mutaxassis bo`lmas ekan. oltinu kumushlarimiz xalqimizni boyitib qo`ymaydi. Misol uchun Afrikada dunyoda olmos yetkazib berish bo`yicha yetakchi davlatlar bor lekin axolisi qashshoq va savodsiz. Venesuela neft zaxirasi va qazib olish bo`yicha dunyoda yetakchi davlatlardan lekin aholisi savodsiz va qashshoq. Agar yoshlarimiz shunaqa savodsiz bo`lib yetishaversa bizning kelajagimiz ham afrika davlatlaridan farq qilmaydi!!!!!
Toppa-tòģri gapiribdilar. Ota-onalar òqituvchini mavqeyini tushishiga olib kelyapti. Uydagi muhitni yaxshilash maktabni òqituvchini e'zozlashni ota-ona òrgatishi k.k. ee ustozing falon ustozing piston , maktabing unaqa bunaqa deydigan ota onalar kòpayib ketyapti
Mаs'ud
Хушнудбек борган сари хукуматнинг расмий ахборот хизматига айланиб бормокда.
Afsuski fikrizga qoshilaman. Akam yaxshi narsalar bn chiqardi avval. Hozir ham bor xayrli foydali ishlari lekin borgan sari hukumat kanaliga oxshab ketyapti bu yer. Aka iltimos o'zizga keling, kozizi oching.
Juda haq gapni aytibsiz, juda juda
Бу гапларни когозга карамай юракдан гапирса таъсирлирок буларди. Бизда хамма нарса ясама.
Sarvinoz
Bayram,tugʻilgan kunlarda oʻqituvchiga pul yigʻishni,sovgʻalarni yoʻqotish kerak,bi juda avj olgan
Бону
Аввало ота оналарни тарбиялаш керак бу борада деб уйлайман
Unknown Girl
Elbek Hudayqulov
Сизни вактингизда ота оналар укитувчи кулига болани эти сизники суяги бизники яхшилаб укитиб тарбия килинг дердида
Ha.Bazi ota onalar bolamni urushib oqiting desa, odam xursand bo'ladi va haqqatdanam bolasini bilim olishini xohlar ekan deb zo'ravonlik bilan emas, nabarot mehr bilan oqitadi odam.ayrim o'quvchilarni ota anasini shallaqi, janjalkash deb eshitasiz va farzandini kuzatsangiz bunga amin bo'lasiz , sal tartibga chaqirsangiz ayamga aytaman deydi. Tavba. Bunday ota onalarni o'zlarini ongi va fikrlash qobilyatlari past bo'ladi menimcha
••Дильнура Джураева ••
O'qituvchilarni qadrlash kerak ayniqsa karantin davrida ota onalar o'qituvchilar qadriga yetishdi desak yolg'on bo'lmaydi
Бир таклифда: Мактаб ўқитувчиларини йил давомида қоғозбозликка кўммасдан йилда 2 марта ўз фани, она тили педагогик махоратдан имтихон қилиш, яна йил якунида сўнги 3 йилдаги битирувчилардан нечтаси ОТМга кирганлигини хисоблаш керак ва олган умумий бали бўйича ойлигига қўшимча фоиз бериш керак.Ўтолмаганлар ёки паст бал олганларга штат бўйича тўлаб агар 2 йил кетма кет ўтолмаса ойликдан ушлаш мамалаларини қўйилса балки иш сал силжирмиди.Бу хам бир таклифда энди.
Королева
Mamura Boyturayeva
Gapiz tugri lekin uydagi tarbiyaga ham bogliq. Uqituvchisi vazifasini bajarmagani uchun koyisayu uyda OTA onasi bolasining tarafini olsa, uqituvchisi nomiga yomon gap gapirsa usha bolada uqituvchisiga nisbatan munosabat albatta yomonlashadi
Уй вазифаси ун болани урушса ота она болани тарафини олмайди лекин болани шахсиятига тегиб ё болани нотугри хакорат килишса албатта тарафини олишадида
Бекзод Абдурашидов
O'qituvchi maqomini tiklash albatta eng dolzarb masala bulib turgani jamiyatimizda o'qituvchi rolini oshirish eng katta ustuvor yo'nalish bo'lishi kerakligi kop bora Prezidentimiz tomonidan aytib o'tilgani bejiz emas.O'qituvchi yugurdak emasku majburiy mehnatga jalb etiladigan.To'gri oxirgi paytda nomaqbul o'qituvchi kopaydi lekin bu bilan hamma o'qituvchilarni bunday deya olmayman.Xalqni farzandiga talim berib ham shu xalqdan dakki eshitish bu eng razil ish.iltimos ota onalar ziyolilarni ham ozgina tushuning
Show next 100 comments