This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Танзила Нарбаева ота-оналарга мурожаат қилиб, ўқитувчиларни ҳурмат қилишга чақирди

Сенат раиси бугунги мажлисда жумладан шундай деди:

«Барчамиз – онамиз, отамиз ва ўз фарзандларимиз таълим-тарбияси учун масъулмиз. Лекин тан олиб айтишимиз керак, бугунги ўқувчи ҳам, ота-оналар ҳам кечаги эмас. Мактабларда эркак ўқитувчиларнинг камайиб кетгани ҳам катта муаммо, аслида.

Фарзандининг арзимаган шикояти учун мактабга югуриб келиб ўқитувчига «ташланиш»дан кўпчилик ота-оналар уялмай қўйди. Бу эса жамиятда ўқитувчи мақомининг обрўсизланишига олиб келмоқда.

Ҳурматли ота-оналарга мурожаат қилмоқчиман: фарзандим ҳаётда ўз ўрнини топишда қийналмасин, мустақил фикрли, мулоҳазали инсон бўлиб вояга етсин десангиз болангиз қалбида ўқитувчига эҳтиром ҳиссини тарбияланг ва ўзингиз ҳам устозларни эъзозланг.

Ўқитувчи ўқувчи ёки унинг ота-онаси томонидан оёқости қилинадиган одам эмас, балки зиё тарқатувчи инсон, керак бўлса ҳаммадан бир поғона юқори турувчи шахсдир».


👉 @xushnudbek 👈

297 comments

Show 100 more comments
O'qituvchi bo'lish ham oson emas. O'qituvchi bo'lgandan keyin shu nomga munosib bo'lish undanda qiyin. Bir soatlik darsda 35 ta o'quvchi , bu degani 35 ta oila, 35 xil xarakter. Ularning orasida ota -onasini hurmat qilish nimaligini bilmaydiganlar ham bor . Shu o'quvchilarga dars o'tgan o'qituvchi ham bilim berishi kerak, ham tarbiya. O'qituchilar maoshini shundayiga olyapdi deyish noo'rin.
ХМА
Мени отам, иккала амаким хам(улар хаммалари одамдан утиб кетишган бири профессор колганлари номзод эди) синглим, турмуш уртогим, келинимиз, хаммалари укитувчи. Хали бекорга езганим йук Ота оналар укитувчини танласин деб. Жуда купчилик Ота оналар келишади сизни синфингизда боламиз укисин деб.
Bu mavzuda yozaman desa gap ko‘p. Hozirgi yoshlarga o‘qi desa o‘quvchidan nima qilaman o‘qib deb javob olasiz. Ota onasi o‘qimagan lekin turkiyalarga boshqa chet davlatlarga ishga ketib bollariga yetarlicha pul jo‘natishadi. Dars berayotgan o‘qituvchi avtobusda qatnaydi. Qo‘lida ayfon emas oddiy telefon. Bolani qo‘lida ayfon. O‘quvchi nima deb xulosa qiladi. O‘qimay ota onasiga o‘xshab biznesmen bo‘lsinmi yoki 4 yil o‘qib o‘qituvchimi.
O‘qituvchilar ham bog‘cha opalar ham o‘z ustida ishlashlari kerak. Bekordan bekorga kelib o‘quvchilarga quruq temani yozdirib uyga qo‘yvorishadi. Keyin 2-masala har xil majlisbozlikni yozuv chizuvlarniyam yo‘q qilish kerak. Man o‘zim 91-yilman bizani o‘qtuvchilarimiz hammaligi yoshi kotta kotta edi va ularda sovet payti berilgan bilim bor edi. Hozirgilarchi to‘yim uyimda yig‘inim bor deb pedogogika universitetidagi talabalar ham astoydil o‘qishmaydi. Ko‘pchilikka faqat diplom kerak bo‘ldi. O‘sha diplomni qanday qilib olgan bo‘lishsa ham farzandlarimizga chin ko‘ngildan astoydil dars berishsin, xo‘ja ko‘rsinga kelib ketmasdan maktabga. Man masalan hech qaysi bog‘cha opalar bilan konflikt qilmaganman, lekin bu degani ota-onalar berishga majbur ular ishlashadi farzandini qayoqqa ham oborardi degan gaplariyam keremas manimcha hech kimga. Xususiylarda astoydil bolalarga ta‘lim beriladi chunki ular ishini yaxshigina oylikni yo‘qotmaslik uchun ham o‘z ustida ishlashadi o‘qishadi va izlanishadi, hozir borib dars o‘tsam ularni savollariga javob berolmay qolmayin deb darsga har safar oldindan tayyorlanishadi. Bir qo‘shnim bog‘chada ingliz tilidan maktabga tayyorlov guruhlariga dars berardi, karantin paytida unga 1 500 000 miqdoridagi summa oylik bo‘lib tushib turgan lekin u faqatgina 1ta on-line dars qilgan. Bu nimasi hozirgi yosh o‘qituvchilarni ahvoli 1tagina dars o‘tib uyda o‘tirib davlat 1500 000 oylik ajratgan. Mana sizlarga ba‘zi qo‘shtirnoq ichidagi o‘qituvchilar. Butunlay boshqattan bir ko‘rib chiqishsa bo‘lardi bu sohani bu sistemani.
Kᴀᴅɪʀᴏᴠᴀ Rᴀ'ɴᴏ
Укитувчилик осонмас тушунамиз ...лекин янгилик керак ..ишини севувчи фидойилар керак...
ХМА
Кавс ичидаги "олам"дан деган суз "одам"дан деб хато кетиб колди
U.T.Umaraliyeva
Xamma o'qituvchilar barobar emas. O'qituvchi xalqiga qiyin. Karantin vaqtida bu ayniqsa bilindi. Xar kuni farzandlarimiz bilan dars qilish ularga xuddi o'qituvchdek tushuntirish murakkab ish. Ota onalardan so'ralsa manimcha karantin voqtida o'qituvchilarning qadriga yetishdi manimcha. O'zimiz xam maktabga o'qiganimizda o'qituvchilarimiz tanbex berishardi, o'g'il bolalarimizni ozgina urishardi xam. Lekin xech qaysi ota ona yugurib bormas edi maktabga. O'qituvchi urishsa tarbiyali, o'qimishli inson bo'lgin deb urishadi. Shaxsiy maqsadi sabab urishadigan o'qituvchilar kam. Man o'zim va aka opalarim maktabdagi bilimimiz bilan institutlarga kirganmiz. O'qituvchilarimiz urishsa uyga gap yetaklab kelmasdik. Xozir esa ota onalar yugurib borishadi. O'qituvchi xam o'qisa o'qir, o'qimasa 3 qo'yib beraman deydi. Uy vazifa qilmay borsa urishsa albatta ota ona yetib kelishini biladi. Farzandlarimizning savodsiz bo'lib qolishiga bir jihatdan o'zimiz xam sababchi bo lib qolyapmiz
💎ღ𝕹𝖔𝖉𝖎𝖗𝖇𝖊𝖐 𝕾𝖔𝖇𝖎𝖗𝖏𝖔𝖓𝖔𝖛𝖎𝖈𝖍
Xamma oqituvchi dep bong urip achko yigishda birinchi lekin darslarni qorqmay qisqartirishga usta xurmatli kallasi katta vazirlikdagi boshliqlar quriq xurmat izzat dep bong urguncha oqituvchini tek qoyip darsiga tegmaylik xammani xam shu darajaga etishida oqituvchilarni orni bolsa kerak
Hamma oqituvchiyam bollani ushomidi, ozi rostanam narmalni oqigan tuwungan panyatkali bosa hamma narsa qisa boladi. Masalan mani univerda bitta oqituvchim bor, darsda yo bowqa bironta oquvchi miq etomidi otirgizib qoyadi, lkn adasını puliga oqib kegan oqituvchila unaqamas
БУЮК КЕЛАЖАК!!!
канчадан канча укитувчилар ишдан нохак бушатилди.чунки "бувижон"лар невараларига укитувчи танбех бергани сабабли неча йилдан бери шу мактабда ишлаб келаётган укитувчи кетишга мажбур булди
U.T.Umaraliyeva
To'g'ri. Bitta ta'lim soxasida emas barcha soxada malakali mutaxassislar kam. Tibbiyot soxasimi qishloq xo'jaligi soxasimi. Faqat o'qituvchilar demanglar
Aqilli odamlani bolasi oqituvchiga GAP qaytarmidi bowqa qimidi, kattalaridan organadi hamma.
ХМА
Халк узи бахо беради кайси укитувчи кандай дарс бераетганига. Болалар бахо беради укитувчига. Лекин шундай тизимни уйлаб топишяптики укитувчини ойлигини 10 млн сумга чикариб куйса хам 1.5 - 2.5 млн сумдан ошикча ололмайдиган килиб боришаверади
U.T.Umaraliyeva
O'qituvchilarning bolalarni o qitishdan tashqari qancha ishi bor. Jurnal yozadi konspekt qiladi. Bo'sh o'zlashtiruvchi bolalar ro'yxati ustama dars taxlili daftari to'garak bazilarida sinf raxbarlik ishi exe sanasam juda ko'p
Укитувчини спир сидирга камрок олиб чикиш керак эди шунда оброси яхши буларди.
Nargiza Uralova
U.T.Umaraliyeva
Xamma o'qituvchilar barobar emas. O'qituvchi xalqiga qiyin. Karantin vaqtida bu ayniqsa bilindi. Xar kuni farzandlarimiz bilan dars qilish ularga xuddi o'qituvchdek tushuntirish murakkab ish. Ota onalardan so'ralsa manimcha karantin voqtida o'qituvchilarning qadriga yetishdi manimcha. O'zimiz xam maktabga o'qiganimizda o'qituvchilarimiz tanbex berishardi, o'g'il bolalarimizni ozgina urishardi xam. Lekin xech qaysi ota ona yugurib bormas edi maktabga. O'qituvchi urishsa tarbiyali, o'qimishli inson bo'lgin deb urishadi. Shaxsiy maqsadi sabab urishadigan o'qituvchilar kam. Man o'zim va aka opalarim maktabdagi bilimimiz bilan institutlarga kirganmiz. O'qituvchilarimiz urishsa uyga gap yetaklab kelmasdik. Xozir esa ota onalar yugurib borishadi. O'qituvchi xam o'qisa o'qir, o'qimasa 3 qo'yib beraman deydi. Uy vazifa qilmay borsa urishsa albatta ota ona yetib kelishini biladi. Farzandlarimizning savodsiz bo'lib qolishiga bir jihatdan o'zimiz xam sababchi bo lib qolyapmiz
Mana bu bor gap juda ko'pchilik ota onalar karantinda dod devorishdi o'z farzandlaridan. Ota onaku o'zining farzandiga dars berib qaradi bir nechta. Lekin o'qituvchi 30-35tagacha o'quvchiga dars berib muomala qiladi. Shahar maktablarimizda ota onasi chet elda o'zi buvisi yo tog'asi qaramig'ida yo otasi ancha vaqtdan beri kelmaydigan xullas tarbiyasi og'ir bolalar ko'payib ketyapti. To'g'ri yaxshi o'quvchilar betarbiya o'quvchilardan ko'p, lekin o'sha bir ikkitasi ham darsni buzib o'tirishga qodir.
Мохинур Мухаммадиева
Tizim judayam katta, manimcha, shuning uchun boshqarish qiyin, ko'zbo'yamachilik, nomiga ishlash judayam ko'p ayniqsa rayonlarda. Man katta maktabda yosh o'qituvchiman lekin xalittan ko'nglim sovigan chunki umuman yangilikni, yoshlarni pisand qilishmaydi. Yoshlar nodon.
Mekhrigul Odilova
Assalom aleykum! Avvalgi vaqtda, uzoq emas shu 2018-yildan avvalgi yillarda o'qishga kirish, oddiy bilim darajasi o'ta kuchli bo'lmagan o'quvchilar uchun amri mahol edi. Masalan: korrupsiya avjiga chiqardi va 3 ta blokdan maksimal ball olib, ko'pchilik o'rin, puli ko'p boylarning "bo'm-bo'sh boshli" bolasiga nasib qilardi va o'rtacha hisobda 150, 160 ball to'playdigan, o'z bilimiga ishongan o'quvchilar yillab yiqilar edi. Endi o'ylang, o'sha pul bilan kirib, pul bilan bitirib chiqqan o'qituvchilar qanday qilib yosh avlodga bilim beroladi. Maktablarda bolalarni ham tarbiyali, ham bilimli qilib tarbiyalashda malakali kadrlar yetarli emas. Afsuski, ko'p eshitaman oyligimni olsam bo'ldi degan gaplarni. O'zim talabaman. Institutda bilim berish darajasi ham achinarli. Bor, yo'q emas fidoyi, jonkuyar o'qituvchilar. Ular ming-minglab o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishga ozlik qilishadi. Men malakali, kasbini sevadigan barcha o'qituvchilarni hurmat qilaman. Maktablarda o'sha bilimli kadrlar kelgunigacha, bizdagi ayni vaziyat 10 yillargacha shu zaylda saqlanadi menimcha. Ya'ni Oliy ta'limlarga kirishda 2018-yildan nisabatan korrupsiyani oldi olindi. Bundan keyingi kadrlar maktablarda dars berishni boshlasa vaziyat ancha yumshaydi deb o'ylayman. Muhimi har ikki tarafda ham o'zaro hurmatning o'rni bo'lishida.
💎ღ𝕹𝖔𝖉𝖎𝖗𝖇𝖊𝖐 𝕾𝖔𝖇𝖎𝖗𝖏𝖔𝖓𝖔𝖛𝖎𝖈𝖍
#ажиб
ЯПОНИЯ.
1. Японияда бошланғич синфларга токи олтинчи синфгача "Ахлоқ томон йўл" дастури остида дарс ўтишар экан. Бунда ўқувчилар фақат ахлоқ ва кишилар билан муомалани ўрганишар экан.
2. Биринчи синфдан учинчи синфгача имтиҳон бўлмас экан. Чунки бу вақтда мақсад тарбия қилиш, тушунчаларни ундириш ва шахсиятни шакллантириш бўлар экан.
3. Японлар бой бўлишига қарамасдан уларда хизматкорлар йўқ экан. Уй ва болалардан ота-она масъул экан.
4. Япон ўқувчилари устозлари билан бирга хар куни 25 дақиқа мактабни тозалаш билан шуғулланишар экан. Бу уларни тозаликка ҳарис бўлиб, камтарин бўлиб ўсишларига ёрдам берар экан.
5. Япон ўқувчилари мактабга ўзлари билан зарарсизлантирилган тиш чўткасини олиб боришар экан. Овқатдан сўнг тишларини ювишар экан. Улар ёшликдан саломатликларига эътиборли бўлишга кўниктирилар экан.
6. Мактаб мудирлари ўқувчилардан ярим соат олдин овқатланишар экан. Бу билан овқат болаларга зарар берадими йўқми, шуни аниқлаб беришар экан. Улар ўқувчиларни Япония келажаги деб билишар, уларни ҳимоя қилиш лозим деб эътиқод қилишар экан.
7. Японияда фаррошларни "саломатлик муҳандислари" дейишар экан. Улар 5000 дан 8000 долларгача маош олишар экан. Уларни ишга олишдан олдин ёзма ва оғзаки имтиҳондан ўтказишар экан.
8. Японияда поезднинг кечикиш ўлчами йилида 7 сония экан. Улар учун вақт жуда қийматли экан. Сония ва дақиқаларга ўта диққатли экан улар.
9. Агар Япон ошхоналарига борсанг уларни ўзига етарли овқат олаётганини кўрасан. Улардан овқат ортиб қолмас экан.
Koʻpchilik nazdida oʻqituvchilar oyligi koʻtarilgandek, lekin hozir ham oʻqituvchilarning deyarli 80-90 foizi 1.5 mln soʻm atrofida oylik oladi. Bir narsani tushunishimiz kerak. Oʻqituvchi darsiga qarab oylik oladi. Maktabda dars soatlari chegaralangan. Yangi kadrlar kelaveradi, darslar taqsimlanaveradi. Buni ustiga pensiya yoshidagi oʻqituvchilarni ishdan boʻshatishni taqiqlab qoʻyishdi. Xullas, tizim bardak...
Show next 82 comments