Сардоба фожиаси: «Аср ўпирилиши» айбдорлари сувдан қуруқ чиқа олмаслиги шарт

👉 https://kun.uz/53571973

Мақола муаллифининг барча фикрларига қўшиламан. Коррупция, ўғрилик, таниш-билиш ва қариндош-уруғчиликни йўқотмас эканмиз, бизни муқаррар фалокат ва чуқур инқироз кутмоқда.

Бундан ташқари бюджетдан, яъни халқ пулидан сарфланаётган ҳар бир харажатлар халққа максимал очиқланиши керак. Тегишли мутасаддилар худди ўзини шахсий пулини сарфлаётгандай билганини қилмаслиги, ёпиқ эшиклар ортида миллионлаб долларлик битимлар имзоланмаслиги, халқ пуллари шубҳали лойиҳалар учун бебилиска сарфланмаслиги керак.

Умуман жуда кўп ишлар қилишимиз керак. «Сардоба» фожиаси ёки бизни тубдан ўзгартиради, ёки биз яна 20-30 йиллар кўринмас коррупцияга қарши ўзимизча қоғозда курашиб, ўзимизни алдаб, ботқоққа ботиб юраверамиз.

Ушбу фожиа янги Ўзбекистон учун бурилиш нуқтаси бўлиши керак. Яхши томонга албатта.


👉 @xushnudbek 👈

168 comments

Show 10 more comments
To'ppa to'g'ri. Aybdorlar jazolanishi va bu boshqalarga dars bo'lishi kerak. kimnidir bo'yniga qo'yib qutulib qolish, yana allambalo o'yinlar qilib jazodan qochadiganlar bo'lmasligi kerak. Qachongacha oddiy xalqni gardaniga ilishadi muammoni.
Xamma joyda poraxorlik,tanish bilishchilik.Bir ishni boshlayman desangiz tanishiz bolmasa ishiz bitmaydi.
Kimdir biron joyga raxbar boldimi.Ozgina otib uyini ozgartirgan,avtomobil olgan.Bu oz ozidan boaydiku.
Sardoba asr qurilish
Sardoba asr o'pirilishi

Bo'lishi mumkin endi

O'zbekiston asr burilishi
O'zbekiston qasr qurilishi
Yusufbek
Quriq chiqmaydi ozgina jarima to‘laydi bitta ikkta mayda jiyanlar qamaladi yoki ishdan bo‘shatiladi deb e'lon qilinadi. Keyin yana hammasi avvalgidek tamom.
Töpalang HPD 10 ga yaqın tashkılotladan ıborat katta holdıng, bostı bostı böbketsayam hayron qomıman😕
Уйсиз қолганлар,яқинини йўқотганлар оҳини коррупционерлар ҳис қилармикин?
" Murod Buildings" ga o'xshagan jamoasini faqat o'ta kuchli va aqlli insonlardan yig'gan kompaniyalarga berish kerak.
Nemislarga,Yaponlarga,Koreyslarga berish kerak.Masulyat bilan qiladi ishini va pulni oxirgi o'rinlarga qo'yadi shular.
Korrupsiyaga qarshi kurashga SINGAPUR uslubini qo'llamasa foyda bermaydi menimcha bizning davlatda.
Элноза
Hamma korrupsiyaga qarshi, lekin bir jihat borki korrupsiya balosi xalqimizning, u xoh boy bo'lsin, xoh kambag'al qon qoniga singib ketgan, bazan qariyalarning fikrini eshitib qolaman, aytishlaricha korrupsiya barcha mamlakatlarda bor, va buni tag tomiri bilan yo'q qilishning iloji yo'q, ming afsuslar bo'lsinkim.
Mirzo
Эрлаяптими "Каддини урсин" накилидаги онгимиз узгармас экан булар давом этаверади
BIZNESMEN Mr.D
Эркин матбуот,Суз эркинлиги шаффоф давлат тизими Эркин сайловлар булмас экан хамма гаплар хавойи булиб колаверади
Депутат акалар буйоги расво булиб ётибди нега жимсизлар?

P.S.: Дунёни сув босса урдакка не гам...
Vaqti keldi. Bu voqea korrupsiya haqida jiddiy oʻylash uchun yaxshigina turtki boʻldi. Hammamiz buni koʻrib kerakli xulosalarni chiqarib oldik degan umiddaman. Bizning yurtimizda har bir inson oʻzi individual ravishda korrupsiyaga qarshi kurashishni boshlashi shart . Vaqti keldi . Qachongacha bu yomon odatni deb begunoh odamlar javob berishi kerak ?
Hammamiz birdamlik bilan bu KORRUPSIYAni yoʻqotishga kirishishimiz kerak. ( Bu mening shaxsiy fikrim )
Tanqidiy maqolalardan keyin "uyg'onish" bo'ladi degan umiddamiz.
AES qurilishida 2 ta g'isht ketadigan joyga 1 ta g'isht ishlatib yurayotgan quruvchilar ham buni ko'rdimi ekan?😆 Xudo ko'rsatmasin agar AES da shunday holat bo'lsa, Chernobil hech nima bo'lmay qolishi mumkin.
Jasur Karimov
Töpalang HPD 10 ga yaqın tashkılotladan ıborat katta holdıng, bostı bostı böbketsayam hayron qomıman😕
To'g'ri. O'ziga qaratib gapirganlarga TILIDA YURADIGAN ASLIDA QO'LIDAN HECH NARSA KELMAYDIGAN AYRIM KISALAR deya atvet qilgandan keyin nimayam deyish mumkin. Albatta qo'limizdan hech narsa kelmaydida, milliardlarni yeyish ham, 4 etajlab koshona qurish ham, kecha o'qishni bitirgan bolamizga koootta mansab ham qilib berolmaymiz
Mirzo
Майли бизникилар курсин, чунки бизда ишчи кучи ва ресурслар бор, лекин эксперт лар халкаро тан олинган фирмалардан булиши макулмиди
Shohista
Bizning Dehqonobod tumanimizda Temir yo'l qurilish davrida qurilish bo'layotgan joy qurilish mollar do'koniga aylanib ketadi.Xalqimiz ham 4-5so'm arzoni uchun shunday qurilish bo'layotgan joylardan xarid qiladi.Bila turib shundan manfaatdor bo'ladi. Bila turib o'g'irlikning avj olishiga faol ishtirok etadi.Qurilish mollar "savdo"siga talabni krltirib chiqaradi.Hamma joyda!Engddiy qorovullargacha nimadir o'g'irlab sotadi.
To'g'ri,bu eng mayda o'g'irlik Ishning bishidagilar mldlab pulni o'g'irlaydi.Ammo hammada oddiy xalqda ham korupdiyaga nisbatan yoppasiga nafrat ruhi shakllanmas ekan uni yo'qotib bo'lmaydi.
Битта булса хам Вазир, Хокимни 5 махал намоз укиб, жумага чикадиганини курмадим. Иложи булса шунака кадрлардан жойларга рахбарлар куйиш керак. Одатда Худодан куркган солих одам пора хам олмайди ва бермайди. Масалан: Мубашшир Ахмад каби ёш шижоатлик, тадаббур киладиган кадрлар бор. Тажриба юзасидан булса хам шу ишни 1-2 йил килиб курилса яхши буларди. Хозирги рахбарларга шунака жихати камлик килаяпти. Худодан эмас, камалиш ёки жазоланишдан куркишади. Хеч ким курмай колса, жиноятни килиб халкни хонавайрон килиб ташашаяпти. Хуллас иймон имунитетини кучайтиш керак.
Nishonboy Kulboev
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Banklar kredit olishni to'xtatib turubdi faqat foiz hisobini to'lasa bo'ldi tushunushimcha. Menda bitta savol bor. Agar kattaroq summa kredit olgan bo'lsa misol uchun tannarxi qimmat narsalar(mashina, yuz millionlik kredit)ning foizi ham katta bo'lib ketadi. Shunga biror bir imtiyozlar bormi? Umuman to'liq tushuncha bersangiz bank tizimi bo'yicha.
Yana bank xizmati degan narsa chiqibdi. Bir martalik to'lovlar uchun. Lekin hamma bankda bu miqdor xar hil. Bu o'zi qonuniymi? Qonuniy bo'lsa qaysi xujjat asosida xizmati foizi belgilaydi?
Agarda shu savollarga ham to'xtalsangiz hursand bo'lardim. Ro'zadorlarning ro'zasi qabul bo'lsin ilohim.
Show next 100 comments