Сардоба фожиаси: «Аср ўпирилиши» айбдорлари сувдан қуруқ чиқа олмаслиги шарт

👉 https://kun.uz/53571973

Мақола муаллифининг барча фикрларига қўшиламан. Коррупция, ўғрилик, таниш-билиш ва қариндош-уруғчиликни йўқотмас эканмиз, бизни муқаррар фалокат ва чуқур инқироз кутмоқда.

Бундан ташқари бюджетдан, яъни халқ пулидан сарфланаётган ҳар бир харажатлар халққа максимал очиқланиши керак. Тегишли мутасаддилар худди ўзини шахсий пулини сарфлаётгандай билганини қилмаслиги, ёпиқ эшиклар ортида миллионлаб долларлик битимлар имзоланмаслиги, халқ пуллари шубҳали лойиҳалар учун бебилиска сарфланмаслиги керак.

Умуман жуда кўп ишлар қилишимиз керак. «Сардоба» фожиаси ёки бизни тубдан ўзгартиради, ёки биз яна 20-30 йиллар кўринмас коррупцияга қарши ўзимизча қоғозда курашиб, ўзимизни алдаб, ботқоққа ботиб юраверамиз.

Ушбу фожиа янги Ўзбекистон учун бурилиш нуқтаси бўлиши керак. Яхши томонга албатта.


👉 @xushnudbek 👈

168 comments

Show 2 more comments
FARIDA
Assalomu alaykum Xushnud aka. Yuqoridagi fikrlarizga yuz foiz qo‘shilaman. Qachongacha shunday shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda bizda korrupsiya, qarindosh-urug‘chilik, tanish -bilishchilik bilan ildizimizga bolta uriladi. Bunaqada rivojlanishning yuqori cho‘qqisiga chiqish faqat qog‘oz,gaplar va orzularimizda qolmaydimi???
Senatorlar mum tishlab òtirishibdiku hammasi, shuncha gapga qaramay
Desert_Rose
Endi u yerda suv zahiralari qolmadimi? Yana yig'ilarmikan?
Xa poraxorlik va korruptsiya yoqalmas ekan.Bunday fojialar bolaveradi.Qani voqealar rivojini koraylikchik.Kimdir xokimlarga oxshab uzr sorab qutulib ketsa.Xali beri ozgarishlar bolmasligi aniq boladi
Bunaqa katta qurilishlarni chet davlatlarni firmalariga qurdirish kerak deb oʻylayman shunda qurilish materiallari balki kam ishlatilmas
Нодира Махкамбоева
Qurilishda Shuncha kamchilik tanish bilish ortidan...
Qolgan sohalar nima bo'lyaptikin?
Muslimbek
Fikringizga qòshilaman
korrupsiya yòqolmas ekan rivojlanish bòlmaydi
To'ppa to'g'ri. Aybdorlar jazolanishi va bu boshqalarga dars bo'lishi kerak. kimnidir bo'yniga qo'yib qutulib qolish, yana allambalo o'yinlar qilib jazodan qochadiganlar bo'lmasligi kerak. Qachongacha oddiy xalqni gardaniga ilishadi muammoni.
Xamma joyda poraxorlik,tanish bilishchilik.Bir ishni boshlayman desangiz tanishiz bolmasa ishiz bitmaydi.
Kimdir biron joyga raxbar boldimi.Ozgina otib uyini ozgartirgan,avtomobil olgan.Bu oz ozidan boaydiku.
Sardoba asr qurilish
Sardoba asr o'pirilishi

Bo'lishi mumkin endi

O'zbekiston asr burilishi
O'zbekiston qasr qurilishi
Yusufbek
Quriq chiqmaydi ozgina jarima to‘laydi bitta ikkta mayda jiyanlar qamaladi yoki ishdan bo‘shatiladi deb e'lon qilinadi. Keyin yana hammasi avvalgidek tamom.
Töpalang HPD 10 ga yaqın tashkılotladan ıborat katta holdıng, bostı bostı böbketsayam hayron qomıman😕
Уйсиз қолганлар,яқинини йўқотганлар оҳини коррупционерлар ҳис қилармикин?
" Murod Buildings" ga o'xshagan jamoasini faqat o'ta kuchli va aqlli insonlardan yig'gan kompaniyalarga berish kerak.
Nemislarga,Yaponlarga,Koreyslarga berish kerak.Masulyat bilan qiladi ishini va pulni oxirgi o'rinlarga qo'yadi shular.
Korrupsiyaga qarshi kurashga SINGAPUR uslubini qo'llamasa foyda bermaydi menimcha bizning davlatda.
Элноза
Hamma korrupsiyaga qarshi, lekin bir jihat borki korrupsiya balosi xalqimizning, u xoh boy bo'lsin, xoh kambag'al qon qoniga singib ketgan, bazan qariyalarning fikrini eshitib qolaman, aytishlaricha korrupsiya barcha mamlakatlarda bor, va buni tag tomiri bilan yo'q qilishning iloji yo'q, ming afsuslar bo'lsinkim.
Mirzo
Эрлаяптими "Каддини урсин" накилидаги онгимиз узгармас экан булар давом этаверади
BIZNESMEN Mr.D
Эркин матбуот,Суз эркинлиги шаффоф давлат тизими Эркин сайловлар булмас экан хамма гаплар хавойи булиб колаверади
Депутат акалар буйоги расво булиб ётибди нега жимсизлар?

P.S.: Дунёни сув босса урдакка не гам...
Vaqti keldi. Bu voqea korrupsiya haqida jiddiy oʻylash uchun yaxshigina turtki boʻldi. Hammamiz buni koʻrib kerakli xulosalarni chiqarib oldik degan umiddaman. Bizning yurtimizda har bir inson oʻzi individual ravishda korrupsiyaga qarshi kurashishni boshlashi shart . Vaqti keldi . Qachongacha bu yomon odatni deb begunoh odamlar javob berishi kerak ?
Hammamiz birdamlik bilan bu KORRUPSIYAni yoʻqotishga kirishishimiz kerak. ( Bu mening shaxsiy fikrim )
Show next 100 comments