​​БУГУН МАТБУОТ АНЖУМАНИ БЎЛАДИ

Бугун соат 17:00 да Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъул ходимлари иштирокида Олий таълим муассасаларида 2020-2021 ўқув йилига тайёргарлик масалалари ҳақида матбуот анжумани бўлиб ўтади

Бугун ўтган сафаргидек, атиги 7 дақиқа давом этмайди. Умид қиламизки, Бугун Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ваколатидаги саволлар, жумладан, магистратура қабул якунлари, ўқишни кўчириш ва тиклаш масалалари, шунингдек, иккинчи ва ундан кейинги олий таълимга қабулнинг қачон бошланиши, ижодий имтиҳонлардаги ўзгаришлар, ҳамда, шу кунларда ижтимоий тармоқларда кўп муҳокамага сабаб бўлаётган тўлов контрактни арзонлатиш ҳақидаги энг муҳим саволларга батафсилроқ жавоб берилади.

Иштирокчилар:

1. Олий ва ўрта-махсус таълим вазирлиги
2. Давлат тест маркази
раҳбарияти ва масъул ходимлари.

❗️Агар ушбу масалалар бўйича ўзингизни қизиқтирган саволларингиз бўлса «Телеграм» тармоғи орқали @aokapress манзилига йўллашингиз мумкин.

Матбуот анжуманини «UzReport TV», «Ўзбекистон 24», «Маҳалла» телеканаллари ҳамда Youtube тармоғида тўғридан-тўғри кузатишингиз мумкин. Шунингдек, @davlattestmarkazi каналида ҳам!

Сафимизга қўшилинг!
👉 @davlattestmarkazi 👈

80 comments

Show 20 more comments
Nurmamatoff
Iltimos hamma soha mutasaddilaridek gappi aylantrmasdan konkret javob bersela.
Assalomu alaykum hurmatli yigʻilish qatnashchilari men ijodiy yunalish bo'yicha topshirganman xalqaro islom akademiyasiga lekin hali ham rasmiy ijodiy urniga qaysi fan bulishi aytilgani yuq uxalqaro islom akademiyasi qabul komissiyasi dan so'rasa ingliz tili uqing deb tavsiya berishadi lekin o'tgan yili shu ijodiy yunalishga 3 blok ona tili adabiyot fanidan test bulgan qaysi fandan tayyorgarlik kurishni ham bilmak qoldik .Shunga aniq bir javob yuqmi yo test boshlangan payt aytiladimi ????
Nurmamatoff
Magstraturaga kiriw qanday boladi. Qacon boladi
☆*: .。. o𝓠𝓲𝔃𝓪𝓵𝓸𝓺o .。.:*☆
assalomu alekum ijodi yunalishlarni nega bazi yunalishlari bu yil utkazilmaydi. nega biz bir yilga yutqizamizu. ushanga javob beromiszlami. yana ijodiy yunalishlarni hammasini qaysi fan quyilgan qaysinisi ijodiy u haqida batafsil malumot berolaszlarmi.
Isitmasi borlar kechro imtihon qilinarkan, shularni o‘tgan yilgi singari yashirincha bo‘lmasligini kim kafolat beradi. Ularni ham shafof bo‘lishini taminlaysizlarmi
Ikkinchi mutaxasislikka hujjat topshirish haqida aniqroq ma'lumot kerak
Avvalambor Assalomu aleykum mani savolim shundan iboratki oilada 3 ta kontraktda o'qiymiz, bu yil karantin sababli juda qiynalib qoldik, bizaga o'xshagan oilalarga yengilliklar bormi? Lekin dekanatlarimiz bir vaqtni belgilavalib to'lamaseng o'qishda haydeymiz dib turvalishadi, shu to'g'rimi? O'zbekistonimizda yengilliklar yo'qmi? Ukalarim olimpiadalarda qatnashib o'rinlar oladigan talabalar, O'zim Yoshlar ittifoqini 35% O'tgan yili olganman, o'qishni yaxshi ko'ramiz.
Ikkinchi mutaxasislik uchun suhbat va imtihon qanday tashkil etiladi
Муродбек
Abiturent ruxsatnomasini qachon olsak bo'ladi
Ибрагимов А.А.
ОТМ ректори, проректори, декант каби лавозимларникурсатилган бир нечта номзодлари ичидан сайлов утказиш йули билан амалга ошириш жуда яхши натижа беради. Шундай тизимни амалга ошириш мумкинми?
Magistraturadagi ilmiy salohiyat, IQ savollari qay tartipda b6ladi ma'lumot aytishsin
Yuldashov Baxrom
Kollejlarda dars soatlari qachon belgilanadi
Kollejga ishga kirmoqchi edim oliy maʼlumotli man lekin kollej detektorlari hali bizga dars soatlari kelmadi deb qaytaryapti. Javobingiz uchun rahmat.
Ukalarim ham o'qib ham ishlashar edi, Karantinda martdan beri o'quv markazlari ham yopilganligi sababli ishlay olishmadi, ammo rektor dekanatlarimiz to'lamaseng haydalasan diyishdi, karantinda yengilliklar bo'lmadimi? Odamlardan qara olib to'lashga majbur bo'ldik iyun oyida.
🌹 AYUN 🌹
Assalomu alaykum DTM mas'ul xodimlariga savolim bor edi. Abituriyentlar uchun kirish imtihonlari tugagandan keyin o‘qituvchilar bilimini tekshirish uchun barcha o‘qituvchilardan test olinadi degan xabar eshitgandik. Shu rostmi? Agar test olinsa, o‘tgan 2019- yilda test topshirgan Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari o‘qituvchilari ham yana test topshirishadimi? Iltimos shu savolimga oydinlik kiritsangiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat
Ilmiy salohiyat, IQ savollari haqida ma'lumot aytishsin
Imtihonlar ochiq stadionlarda bo‘ladi deyilyapti ammo bazi stadionlar spor zallarida hozirgi kunda covid 19 bemorlarini qabul qiladigan shifoxonaga aylantirilgan bunda qanday yo‘l tutiladi bazi viloyatlarda talabga javob beradigan stadionlar faqat 1 yoki 2 tani tashkil.qiladiku
Ikkinchi mutaxasislikka hujjat topshirish, imtihonni tashkil etish qay tartibda bo'ladi?
Yuldashov Baxrom
Ona tili 6qituvchisiman tarbiya darsiga qayta tayyorlovda 6qib maktabda dars bersam b6ladimi
Magistrda ilmiy salohiyat IQ savollar qay tartibda bo'ladi
Testda matematika fizika fanlaridan masala yechish uchun yangi oq qog'oz beriladimi?
Show next 39 comments