​​БУГУН МАТБУОТ АНЖУМАНИ БЎЛАДИ

Бугун соат 17:00 да Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги масъул ходимлари иштирокида Олий таълим муассасаларида 2020-2021 ўқув йилига тайёргарлик масалалари ҳақида матбуот анжумани бўлиб ўтади

Бугун ўтган сафаргидек, атиги 7 дақиқа давом этмайди. Умид қиламизки, Бугун Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ваколатидаги саволлар, жумладан, магистратура қабул якунлари, ўқишни кўчириш ва тиклаш масалалари, шунингдек, иккинчи ва ундан кейинги олий таълимга қабулнинг қачон бошланиши, ижодий имтиҳонлардаги ўзгаришлар, ҳамда, шу кунларда ижтимоий тармоқларда кўп муҳокамага сабаб бўлаётган тўлов контрактни арзонлатиш ҳақидаги энг муҳим саволларга батафсилроқ жавоб берилади.

Иштирокчилар:

1. Олий ва ўрта-махсус таълим вазирлиги
2. Давлат тест маркази
раҳбарияти ва масъул ходимлари.

❗️Агар ушбу масалалар бўйича ўзингизни қизиқтирган саволларингиз бўлса «Телеграм» тармоғи орқали @aokapress манзилига йўллашингиз мумкин.

Матбуот анжуманини «UzReport TV», «Ўзбекистон 24», «Маҳалла» телеканаллари ҳамда Youtube тармоғида тўғридан-тўғри кузатишингиз мумкин. Шунингдек, @davlattestmarkazi каналида ҳам!

Сафимизга қўшилинг!
👉 @davlattestmarkazi 👈

80 comments

Show 28 more comments
Муродбек
Abiturent ruxsatnomasini qachon olsak bo'ladi
Ибрагимов А.А.
ОТМ ректори, проректори, декант каби лавозимларникурсатилган бир нечта номзодлари ичидан сайлов утказиш йули билан амалга ошириш жуда яхши натижа беради. Шундай тизимни амалга ошириш мумкинми?
Magistraturadagi ilmiy salohiyat, IQ savollari qay tartipda b6ladi ma'lumot aytishsin
Yuldashov Baxrom
Kollejlarda dars soatlari qachon belgilanadi
Kollejga ishga kirmoqchi edim oliy maʼlumotli man lekin kollej detektorlari hali bizga dars soatlari kelmadi deb qaytaryapti. Javobingiz uchun rahmat.
Ukalarim ham o'qib ham ishlashar edi, Karantinda martdan beri o'quv markazlari ham yopilganligi sababli ishlay olishmadi, ammo rektor dekanatlarimiz to'lamaseng haydalasan diyishdi, karantinda yengilliklar bo'lmadimi? Odamlardan qara olib to'lashga majbur bo'ldik iyun oyida.
🌹 AYUN 🌹
Assalomu alaykum DTM mas'ul xodimlariga savolim bor edi. Abituriyentlar uchun kirish imtihonlari tugagandan keyin o‘qituvchilar bilimini tekshirish uchun barcha o‘qituvchilardan test olinadi degan xabar eshitgandik. Shu rostmi? Agar test olinsa, o‘tgan 2019- yilda test topshirgan Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari o‘qituvchilari ham yana test topshirishadimi? Iltimos shu savolimga oydinlik kiritsangiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat
Ilmiy salohiyat, IQ savollari haqida ma'lumot aytishsin
Imtihonlar ochiq stadionlarda bo‘ladi deyilyapti ammo bazi stadionlar spor zallarida hozirgi kunda covid 19 bemorlarini qabul qiladigan shifoxonaga aylantirilgan bunda qanday yo‘l tutiladi bazi viloyatlarda talabga javob beradigan stadionlar faqat 1 yoki 2 tani tashkil.qiladiku
Ikkinchi mutaxasislikka hujjat topshirish, imtihonni tashkil etish qay tartibda bo'ladi?
Yuldashov Baxrom
Ona tili 6qituvchisiman tarbiya darsiga qayta tayyorlovda 6qib maktabda dars bersam b6ladimi
Magistrda ilmiy salohiyat IQ savollar qay tartibda bo'ladi
Testda matematika fizika fanlaridan masala yechish uchun yangi oq qog'oz beriladimi?
JuRaBeK
Bakalavirni bitirgan talaba o'zining yo'nalishidan Magistaturaning boshqa yo'nalishga topshirganda kirish imtxoni bakalavir yo'nalishidanmi yoki magistratua yo'nalishidagi fanlardan kirish imtxoni o'tkaziladimi
Ижодий имтихонлар хакида тухталиб утишсин Ижодий имтихон хакида жуда кам гаприлябди маълумот йук
Assalomu alaykum ikkinchi mutaxassislikka topshirmoqchi edim. Lekin hali qabul boshlanmayapti. Ikkinchi mutaxassislikka qabul va imtihonlari qachon va qay tartibda bòlishi haqida ham ma'lumot berib yuboringizlar
Ilmiy salohiyat IQ savollari haqida ma'lumot berishsin
Test va ijodiy bulib utadigan uqishlaga aniq bir fanni aytish qiyinmi shunga umuman juyali bir javob bilmaydi??
Malika Orazimbetova
Физика, математика фанлари учун кушимча вакт берилмайдими? Чунки бошка фанларга солиштирганда бу фанлар мураккаб фанлар
Ikkinchi mutaxasislikka hujjat topshirish, imtihonni topshirish tartibi haqida batafsil ma'lumot kerak
Test sinovlari uchun belgilangan darsliklar qanday bo'ladi. Misol uchun biologiya fanida Akademik litseylar kitobida bor ma'lumotlar darsliklarda yo'q. Va aksincha. Maktabni bitirgan o'quvchilar litsey darsliklarini o'qimagan. Bunday holatlarda qanday jarayonlar qo'llaniladi.
Show next 31 comments