Эртага, 14 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали
Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— тест ўтказиладиган ҳудуд ва саналар;
— Миллий тест тизимига оид масалалар;
— магистратура учун ўтказиладиган тестлар ва ҳ.к.
❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, унда ёки ушбу постга изоҳ қолдиринг, ёки
@abituriyentguruh гуруҳида #savol хештеги билан саволингизни ёзинг (хештег эсдан чиқмасин).
👉 @xushnudbek 👈
Assolomu aleykum nega institutlarni qancha ariza tushgani ko'rsatilyaptiyu lek qaysi fakultetga qancha odam topshirgani chiqmayapti?
Oldindan raxmat.
Jizzax davlat pedagogika institutini kimyo va ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrman. Magistraturaga AGROKIMYO yo‘nalishiga topshirsam bo‘ladimi?
#savol
Nega utgan yilgidek oliy ta‘limda online qabul ko‘rsatkichlari to‘liq ko‘rsatilmayapti? Bir o‘ringa nechta abiturient bellashi kerakligi o‘tgan yili ochiqcha ko‘rsatilgan edi. Bu yil buni yashirishlarida qanday sabab bor.
Assalomu alaykum, savolim yoki tavsiyam, magistratura bosqichiga kirish tizimi bilan bog'liq, ma'lumki, bakalavr bosqichiga kirish imtihonlarida test olinadigan adabiyotlar ro'yxati shakllantiriladi, adashmasam magistratura bosqichiga kirish imtihonlarida unday emas, testlar qaysi adabiyotlardan shakllantirilishi noma'lum, shuni xuddi bakalavr bosqichiga o'xshab oliy ta'lim muassasalari darsliklarini tanlab olib, shakllantirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi, shunda magistraturaga kirish istagidagi talabgor o'qishga kirishi bilanoq, 4 yil davomida ko'proq o'sha tasdiqlangan adabiyotlar bilan ishlab, tayyorgarlik ko'rardi, xuddi bakalavr bosqichiga kirish istagidagi abituriyent singari.