Эртага, 14 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали
Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— тест ўтказиладиган ҳудуд ва саналар;
— Миллий тест тизимига оид масалалар;
— магистратура учун ўтказиладиган тестлар ва ҳ.к.
❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, унда ёки ушбу постга изоҳ қолдиринг, ёки
@abituriyentguruh гуруҳида #savol хештеги билан саволингизни ёзинг (хештег эсдан чиқмасин).
👉 @xushnudbek 👈
Jizzax davlat pedagogika institutini kimyo va ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrman. Magistraturaga AGROKIMYO yo‘nalishiga topshirsam bo‘ladimi?
#savol
Nega utgan yilgidek oliy ta‘limda online qabul ko‘rsatkichlari to‘liq ko‘rsatilmayapti? Bir o‘ringa nechta abiturient bellashi kerakligi o‘tgan yili ochiqcha ko‘rsatilgan edi. Bu yil buni yashirishlarida qanday sabab bor.
Assalomu alaykum, savolim yoki tavsiyam, magistratura bosqichiga kirish tizimi bilan bog'liq, ma'lumki, bakalavr bosqichiga kirish imtihonlarida test olinadigan adabiyotlar ro'yxati shakllantiriladi, adashmasam magistratura bosqichiga kirish imtihonlarida unday emas, testlar qaysi adabiyotlardan shakllantirilishi noma'lum, shuni xuddi bakalavr bosqichiga o'xshab oliy ta'lim muassasalari darsliklarini tanlab olib, shakllantirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi, shunda magistraturaga kirish istagidagi talabgor o'qishga kirishi bilanoq, 4 yil davomida ko'proq o'sha tasdiqlangan adabiyotlar bilan ishlab, tayyorgarlik ko'rardi, xuddi bakalavr bosqichiga kirish istagidagi abituriyent singari.
Bir necha oy oldin Jizzax ijtimoiy-iqtisodiy Universiteti tashkil etilishi o'quv yili 2021 2022 Dan boshlanishi haqida xabar berilgandi! Lekin hozirda bu oliygohga qabul chiqmayapti
3.oliygohga qaysi yo'nalishga necha kishi topshirdi, Online ko'rish iloji yo'qmi masalan iqtisodiyot Universitetining bank ishi yo'nalishi bo'yicha qancha kishi bu nga topshiryapti
Javob uchun raxmat