Эртага, 14 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— тест ўтказиладиган ҳудуд ва саналар;

— Миллий тест тизимига оид масалалар;

— магистратура учун ўтказиладиган тестлар ва ҳ.к.

❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, унда ёки ушбу постга изоҳ қолдиринг, ёки @abituriyentguruh гуруҳида #savol хештеги билан саволингизни ёзинг (хештег эсдан чиқмасин).


👉 @xushnudbek 👈

435 comments

Show 100 more comments
Alimuratov Behzod
Assalomu alaykum oliy ta'lim vaziri bir biriga yaqin bo'lgan sohalarda magistraturaga qabul bo'yicha takliflarni ko'rib chiqamiz degan edi ruxsat ham berishibti masalan matematikani bitirganlar iqtisod fak-ga milliy g'oyani bitirganlar yurisprudensiyani fak-ga ruxsat berishibti tarixni bitirgan talabalarga ham yuridik yo'nalishda magistraturaga topshirishga ruxsat berishmasmikan axir bir biriga yaqin fanlarni o'rganganmizku bakalavrga kirish imtixonlari xam bir xil edi raxmat.
#savol abituriyent grand ustuvorligini tanlagan taqdirda barcha yônalishga grand kirsa hohlagan yônalishini tanlashi mumkinmi yoki ketma ketlik asosida bôladimi? Javob uchun oldindan rahmat
Assalom alaykum.
#savol
Nega utgan yilgidek oliy ta‘limda online qabul ko‘rsatkichlari to‘liq ko‘rsatilmayapti? Bir o‘ringa nechta abiturient bellashi kerakligi o‘tgan yili ochiqcha ko‘rsatilgan edi. Bu yil buni yashirishlarida qanday sabab bor.
Mirzayev OYBEK
#savol Assalomu alaykum. "Yangi O'zbekiston" universiteti haqida ma'lumot bersangiz. Shu yil sentybrdan o'qish boshlanar ekan, qabul jarayoni qanday, qachon va qaysi fanlardan imtihon bo'lishini aytsangiz yaxshi bo'lardi. Javob uchun oldindan rahmat.
#Savol
Assalomu alaykum, savolim yoki tavsiyam, magistratura bosqichiga kirish tizimi bilan bog'liq, ma'lumki, bakalavr bosqichiga kirish imtihonlarida test olinadigan adabiyotlar ro'yxati shakllantiriladi, adashmasam magistratura bosqichiga kirish imtihonlarida unday emas, testlar qaysi adabiyotlardan shakllantirilishi noma'lum, shuni xuddi bakalavr bosqichiga o'xshab oliy ta'lim muassasalari darsliklarini tanlab olib, shakllantirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi, shunda magistraturaga kirish istagidagi talabgor o'qishga kirishi bilanoq, 4 yil davomida ko'proq o'sha tasdiqlangan adabiyotlar bilan ishlab, tayyorgarlik ko'rardi, xuddi bakalavr bosqichiga kirish istagidagi abituriyent singari.
Санжар Муродов
Саломалейкум,ТошДЮда иккинчи мутахассислик қачон очилади
Assalamualaikum, savol: 1) agar abiturentning xalqaro, milliy sertifikatlari va yoki boshqa imtiyozlari mavjud bo'lmasa belgilangan asosiy va qo'shimcha fanlardan to'liq test sinovlarini topshirsa bo'ladimi? 2) ta'lim krideti tabaqalashtirilgan superkontraktlar uchun ham berilsa bo'ladimi?
#savol
Bir necha oy oldin Jizzax ijtimoiy-iqtisodiy Universiteti tashkil etilishi o'quv yili 2021 2022 Dan boshlanishi haqida xabar berilgandi! Lekin hozirda bu oliygohga qabul chiqmayapti

3.oliygohga qaysi yo'nalishga necha kishi topshirdi, Online ko'rish iloji yo'qmi masalan iqtisodiyot Universitetining bank ishi yo'nalishi bo'yicha qancha kishi bu nga topshiryapti
Javob uchun raxmat
Assalomu alaykum men my. Dtm. Uz Sayti orqali xujjat topshiritganda edim ammo negadir shaxsiy kabinetga Kirib bo'lmayapti qando topshirsam boladi?
Assalomu aleykum. Xotin qizlarni qo'shimcha davlat granti kvotalari asosida to'liq malumot bering . U qanday axamiyatga ega ?Bzga qanday yordam beradi?
Assalomu alaykum.bitiruvchi yoshlar bn katta yoshli xotin-qizlar ning ballarini aloxida guruhda tekshirish kk.Chunki yoshlardan kura katta yoshli xotin-qizlar ning o'qishga kirishga ehtiyoji baland.ular o'qishga kirishi shart ,ular oila boqishi kk.yoshlarga teng kelib bulmayapti.shuni ikki guruhda tekshirish ning iloji bormi.yosh buyicha guruh shakllantirishning iloji bormi.xotin-qizlarning to'plash ballarini yoshlar niki dan alohida o'zaro tekshirishning iloji bormi.2-3yildan beri yoshlarga bas kelolmayapman.ular ballni kutarib yuborishyapti.oldindan javob un raxmat.
#savol Assalomu alaykum. Meni savolim magistratura qabuli boʻyicha edi. Mutaxasislik fanidan kirish imtixonini yozma yoki test shaklida boʻlishini OTM ni oʻzi belgilarkan. Agar yozma shaklda boʻladigan boʻlsa faqat "tanishi" borlarga yordam boʻladiku?! Shifrlagan taqdirda ham ular oʻzlari kelishib olishlari mumkinku?! (Masalan javoblar varogʻining bir chetiga qandaydir maxsus belgi qoʻyib yoki yozuvini tanishli qilib yozish orqali) Bu imkoniyatni OTM da olib hammasi bir xilda onlayn test shaklida oʻtkazilsa adolatli boʻlmaydimi? Onlayn test boʻlmaydigan boʻlsa oʻsha "kelishilgan odam" javoblarni oʻzgartirib qoʻyishi ham mumkinku?! Iltimos kirish imtixonlarida adolatni saqlab qolaylik!!! Savolni eʼtiborsiz qoldirmaysiz degan umiddaman. Javob uchun oldindan raxmat.
Marjona Abdurahmanova
#savol.Bu yilgi test savollarining qiyinlik darajasi qanday bo'ladi?Shunga ham to'xtalib o'tsangiz.
#savol Assalomu alekum Xushnudbek aka
1)-Agar abuterent 5-yo'nalishgami o'qishga kirgan bo'lsa lekin 1-yoki2,3,4-yo'nalishda super kantrakt to'lab o'qisa bo'ladimi?
2)Prezidentning yangi qarori ta'lim kriditi super kantraktlargayam beriladimi?
3)-TTA tibbiy biologik ish 1-kurs talabasi TTA ning Urganch filialiga qaysi yo'nalishiga perevod qila oladi agar bunday yo'nalish bo'lmasa?
Iltimos shu savollargayam javob bersanngiz,oldindan rahmat
Ollohim o'zing asrab hamisha qo'llagin M
Boshqa fakultetdan boshqa fakultetga otsa boladimi
#savol O‘zbekiston Milliy Universiteti magistraturaga uchun imtihon shakli va maqsadli qabul parametri va nizomi haqida ?
#savol Assalomu Alaykum BU yilgi 3ta majburiy fanlar nech sinifdan bòlishi kutilmoqda,kotta Rahmat oldindan
Assalomu alaykum, O'zbekiston chempionlariga qanday imtiyoz beriladigan bo'ldi? Negadir yangi qaror chiqdi yana, hali nima bo'lishi aniqmas deb aytishgandi
Assalom aleykum hurmatli test hodimlari agar iloji bosa maqsadli qabul kvotalari haqida malumot bersalariz
#savol bu yil nega oʻtgan yilgiga oʻxshab sayt orqali nechta odam qaysi yoʻnalishga topshirganini koʻrolmaymi?
Show next 100 comments