Эртага, 14 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— тест ўтказиладиган ҳудуд ва саналар;

— Миллий тест тизимига оид масалалар;

— магистратура учун ўтказиладиган тестлар ва ҳ.к.

❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, унда ёки ушбу постга изоҳ қолдиринг, ёки @abituriyentguruh гуруҳида #savol хештеги билан саволингизни ёзинг (хештег эсдан чиқмасин).


👉 @xushnudbek 👈

435 comments

Show 100 more comments
#savol Assalomu alaykum. Men ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat oldim. Toʻplagan balim: 93,75 %. Lekin sertifikatga 93,00 yozilgan. Nega bunday? Har bir arzimagan ball ham men uchun muhim. Yaxlitlanishi kerak boʻlgan taqdirda ham 94%boʻlishi kerak edi matematik jihatdan qaraganda yoki aniq 0,75%ni ham qoʻshib yoza qolishmagan. Iltimos, shu masalaga oydinlik kiritib bering. Oldindan rahmat
🕊Mashhura Botirova🕊
Assalomu aleykum
Imtixon vaqti biroz cho‘zilishi mumkinmi? Kimlardir virus biroz avj olgani tufayli 20 avgustan test bo‘lish ehtimoli bor deydi.Bu qanchalik to‘g‘ri.
Nasiba Saidmurodova
ASSALOMU ALEYKUM MENI SAVOLIM SHUNDAN IBORATKI TEXNIKUMDA ÕQIMAN OTM HUJJAT TOPSHIRSA BOLADI DEGANDIZ ÕTKAN SAFARSA SUHBATDA LEKIN HUJJAT TOPSHIRA OLMAS EKANMAN TEXNIKUMDAN ARIZA YOZIB ATTESTATNI OLISH KKMI JAVOBIZ UCHUN OLDINDAN RAHMAT SAVOLIM BE'ETIBOR QOLMAYDI DEGAN UMIDDAMAN
#savol xotin qizlar uchun beriladigan 4 foizlik tavsiyanoma muddati qachongacha.
Assalomu aleykum Xotin qizlar kvotasi haqida ham aniq ma'lumot bersangiz otgan yili 3 yillik etib belgilan edi otgan yilgi olganlar imtiyozi bu yil ham otadimi
Assalomalekum Xushnud aka...Meni savolim shundan iboratki DTM ni savollar darajasi o'tgan yillikidan ossonmi yoki qiyinmi...
Shahnoza Javlonovna
Assalomu alaykum men NamDU ona tili va adabiyot yonalishiga magestratura uchun bechta hujjat topshirilganini qanday bilsam boladi
Dilobar
Intizorli bilan kutub qolamiz
Salom Xushnud aka ..Bu yil DTM bo'ladigan joylarda quyoshdan himoyalovchi vosit/ar o 'rnatiladimi.
Савол: Айни пайтда Олийгоҳ талабаси абитуриент сифатида жорий йилда ҳужжат топширса, талабаликка таъсири борми? Жавоб учун олдиндан раҳмат.
Bekzod Tirkashev
Nimaga maqsadli taʼlimni tanlaganlar boshqa yoʻnalishlarga topshirishi cheklangan bundan oldingi yillar unaqa emas ediku maqsadlimi maqsadsizmi xoxlagan joyiga topshirsa boʻlar edi aaa bu yil esa cheklovlar koʻp shunga izoh bersangizlar oldindan rahmat
#savol. Kirish imtihonlari Covid19 tufayli sentabrga qoldirilishi rostmi? Imtihonlarda test savollarining murakkablik darajasi qanday?
Marjona
Topshirgan universitet yoki institutimizga nechta abiturent hujjat topshirganini qaysi sayt orqali kòrishimiz mumkun.
Assalomu alaykum. Biologiya fanidan bo'lib o'tgan milliy sertefekat javobi qachon chiqadi
Hujjat topshirgandan keyingi 122,500 to'lovni qaysi muddatgacha to'lash mumkin javob uchun oldindan rahmat
Assalomu Aleykum covid 19 pandemiyasi sababli ko'plab xonadonlarda moddiy uzulishlar bo'ldi va bo'lmoqda shu bois 2021 yil uchun qandaydur imtiyozlar bo'ladimi.
Bir oy yashash uchun 400 ming yetadi dislarku lekin davlat bojini otni kallasiday qo'yasizlar shunchaki xisob kitob qilib ko'rsalaring bo'lmaydimi.
*""""""""""""*
Yònalishi Rus tili bolgan talabalar endi 15 ta ona tili òrniga 15 ta rus tilidan test yechishlari rostmi?
Fuqoroligi bolmagan shaxs( БГ passport ) abituriyentlari hali ham royxatdan o’ta olmayapti. Instutga borsak bizga hali login parol bermadi deb etishmoqda 3 kundan beri. Bu bahonami yoki haqiqatdan login parol berilmaganmi, agar berilmagan bolsa qachon berilishini aytsangiz.
# savol Magistraturada imtixoni qanday shakilda bòladi
Savollar qaysi fandan bòladi
Savollarni kim tuzadi
Savol tuzishda shaffoflik qanday taminlanadi
Bilamiz magistraturaga kirishda turli hil staflarni eshitganiz kantrak 3 ming budjet 5ming $ bularni oldini olishda qanday ishlar qilinmoqda
#savol Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun beriladigan imtiyoz haqida ma'lumot bersangiz yana o'qishga kirishi uchun kamida. Necha ball to'plashi kerak
Show next 100 comments