Эртага, 14 июль куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали
Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— тест ўтказиладиган ҳудуд ва саналар;
— Миллий тест тизимига оид масалалар;
— магистратура учун ўтказиладиган тестлар ва ҳ.к.
❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, унда ёки ушбу постга изоҳ қолдиринг, ёки
@abituriyentguruh гуруҳида #savol хештеги билан саволингизни ёзинг (хештег эсдан чиқмасин).
👉 @xushnudbek 👈
Bir oy yashash uchun 400 ming yetadi dislarku lekin davlat bojini otni kallasiday qo'yasizlar shunchaki xisob kitob qilib ko'rsalaring bo'lmaydimi.
Savollar qaysi fandan bòladi
Savollarni kim tuzadi
Savol tuzishda shaffoflik qanday taminlanadi
Bilamiz magistraturaga kirishda turli hil staflarni eshitganiz kantrak 3 ming budjet 5ming $ bularni oldini olishda qanday ishlar qilinmoqda
Javob uchun oldindan raxmat
Toshkent tibbiyot institutlari uchun maqsadli kvota ajratilmagan viloyatlar xususan Samarqand viloyati abiturientlariga umumiy kvotalarda grand bormi va bolsa sonini qanday bilsa boʻladi. Javob un rahmat
1.Bu yil chet davlatdan o‘qishini ko‘chiruvchilar uchun qaysi fanlardan imtihon bo‘ladi ? Ya‘ni 2 ta mutaxassislik fanni o‘zidan bo‘ladimi yoki 3 ta majburiy fanlar ham qo‘shilib jami 5 ta fandan imtihon topshiriladi??? Bu testlar DTMning o‘tgan yilgi test bazasidan olinadi degan taxminlar bor.Bu qanchalik haqiqatga yaqin??? Agar o‘tgan yilgi test olinsa bu ham korrupsiyaga yana bir qadam bo‘lmaydimi 😔😔😔
2.O‘qishini chet davlatdan ko‘chiruvchilarga imtihon qachon bo‘ladi??? Ya‘ni ular 15 -iyuldan 5-avgustgacha ariza topshirishadi.Shunda ularga imtihon avgust oyi ichida belgilanadimi ???
3.Chet davlatdan o‘qishini ko‘chiruvchilar uchun 25-iyulda o‘tish ballari e'lon qilinishi aytildi .Iltimos o‘tish ballari adolatli qilib belgilansin 🙏🙏🙏.
Xushnudbek aka
iltimos bu savollarga oydinlik kiritib bersangiz.
Javoblar uchun oldindan rahmat.