Баттар бўлинг😉

Телеграмда қишки таътил 9 мартга қадар узайтирилгани ҳақида хабар тарқалибди. Хабар тагига мени каналимнинг манзилини қўйиб қўйишибди.

Бу хабарнинг рост ёки ёлғонлигини каналимга кириб осонгина текшириб кўриш мумкинлигига ҳам айрим талабаларнинг ақли етмаяпти. Яна булар замонавий талабамиш, хеҳ, ўргилдим.

Нима ҳам дердим, ким шу хабарга ишониб юрган бўлса — БАТТАР БЎЛИНГ! Сизга бу ҳам кам.

Олдидан чиққан хабарни ҳовлиқиб ҳаммага тарқатиб юрадиганларга ҳам шу гап.

P.S.: бу хабар, катта эҳтимол билан, қишки таътил узайтирилиши муносабати билан 14 январда совғасиз қоладиган йигитларнинг 8 мартда ҳам совға бермайдиган бўлдик, деган мазмундаги ҳазили бўлган. Аммо ким нима деса ишониб кетаверадиган лақмаларга буни ҳазиллигини тушунтириб бўлармиди?

Кўп эмас, озгина мустақил фикрингиз бўлсин, барака топгурлар.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
Hurmatliy Xushnud aka bu fikirlarimga bir fikringizni kutub qolaman kanalingizda
Hurmat bilan Jasurbek
JAVOHIR XASANOV
Aka ind hamma sizday aqilliy zamonaviy emasda sizday hamma shaxsiy fikriga ega emasda. Nmaga hamma uzini aqilliy qb kursatadi hayronman😠
Bilgandim yolģonligini shuningchun ishonmagandim🤓🤓🤓
Battar bolishsin!🤣🤣🤣
Ex yigitlar yigitlar birgina sovg'a uchun aa🤣🤣🤣🤣🤣
:):):):):):):):)
Lekinku ta'tildan keyin onlinega o'tsak yaxshi bo'lardi. Ta'tilni cho'zmay online qilsa yaxshi edi. Bizda shundog'am sessiya yopadigan fanlarimiz ko'p edi. Endi yozda ham o'qishimizga to'g'ri kelarkan
Oma yozishni yoribsiz Xushnudbek😆😅🤣
Xushnudbek maydalashib ketyapsiz, O'zbekistonda muammo qolmadimi, yaqin 2 oydan beri tanqidiy post qo'ymadingiz. O'zingizga o'xshamayapsiz.
Manga ham kursdoshlar telefon qilib shu habarni aytishdi🤣. Men ham Xushnudbek kanaliga a'zoman menga bunday habar keladiku dedim. Keyin tashlashibdi mana deb kanalga kirib koʻrsam hech vaqo yoʻq🤣🤣🤣🤣 Yolgʻonligi bilinib turibdi😂😂😂😂
Muhammadjon Fozilov
Menimcha yigitlar emas o'qishdan zerikkan tinchlikni qadriga yetmaganlarning ahmoqlarning ishi
Shu gapga shuncha komment-a?
Assalomu alaykum. Akajon, yaxshimisiz ? Muvaffaqiyatlariz bardavom bõlsin . Ilmli , bilimli insonlarimiz kopaysin .
Biram mazza buldiye. Biz sovg'a bermasdik bayramga. Bayram kungi sovg'a bermadila degan malomat towlaridan qutildik. 🤩🤩🤩🤩🤩 Endi sessiyajongayam ozroq paddeshka bo'lsa yomon bo'lmasdi 😜😜😜😜😜
Agar Xushnud aka kanallariga gurix ochib qo'yganlarida O'zbekistondagi eng faol gurux bo'lardi😄
Xushnudbek aka vazirlikka ham aytib qoying talabalar ham oqish uchun oliy talimga topshirgan deb onlinega ham internet muammo joylar ham borku
grupdagi qizlar ishonib xafa bobqoldi ))
Man endi ewtbman
Show next 100 comments