Баттар бўлинг😉

Телеграмда қишки таътил 9 мартга қадар узайтирилгани ҳақида хабар тарқалибди. Хабар тагига мени каналимнинг манзилини қўйиб қўйишибди.

Бу хабарнинг рост ёки ёлғонлигини каналимга кириб осонгина текшириб кўриш мумкинлигига ҳам айрим талабаларнинг ақли етмаяпти. Яна булар замонавий талабамиш, хеҳ, ўргилдим.

Нима ҳам дердим, ким шу хабарга ишониб юрган бўлса — БАТТАР БЎЛИНГ! Сизга бу ҳам кам.

Олдидан чиққан хабарни ҳовлиқиб ҳаммага тарқатиб юрадиганларга ҳам шу гап.

P.S.: бу хабар, катта эҳтимол билан, қишки таътил узайтирилиши муносабати билан 14 январда совғасиз қоладиган йигитларнинг 8 мартда ҳам совға бермайдиган бўлдик, деган мазмундаги ҳазили бўлган. Аммо ким нима деса ишониб кетаверадиган лақмаларга буни ҳазиллигини тушунтириб бўлармиди?

Кўп эмас, озгина мустақил фикрингиз бўлсин, барака топгурлар.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
Xushnudbek maydalashib ketyapsiz, O'zbekistonda muammo qolmadimi, yaqin 2 oydan beri tanqidiy post qo'ymadingiz. O'zingizga o'xshamayapsiz.
Manga ham kursdoshlar telefon qilib shu habarni aytishdi🤣. Men ham Xushnudbek kanaliga a'zoman menga bunday habar keladiku dedim. Keyin tashlashibdi mana deb kanalga kirib koʻrsam hech vaqo yoʻq🤣🤣🤣🤣 Yolgʻonligi bilinib turibdi😂😂😂😂
Muhammadjon Fozilov
Menimcha yigitlar emas o'qishdan zerikkan tinchlikni qadriga yetmaganlarning ahmoqlarning ishi
Shu gapga shuncha komment-a?
Assalomu alaykum. Akajon, yaxshimisiz ? Muvaffaqiyatlariz bardavom bõlsin . Ilmli , bilimli insonlarimiz kopaysin .
Biram mazza buldiye. Biz sovg'a bermasdik bayramga. Bayram kungi sovg'a bermadila degan malomat towlaridan qutildik. 🤩🤩🤩🤩🤩 Endi sessiyajongayam ozroq paddeshka bo'lsa yomon bo'lmasdi 😜😜😜😜😜
Agar Xushnud aka kanallariga gurix ochib qo'yganlarida O'zbekistondagi eng faol gurux bo'lardi😄
Xushnudbek aka vazirlikka ham aytib qoying talabalar ham oqish uchun oliy talimga topshirgan deb onlinega ham internet muammo joylar ham borku
grupdagi qizlar ishonib xafa bobqoldi ))
Man endi ewtbman
ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤ◡̈⃝ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
😂😂😂
:):):):):):):):)
SHXX
Xushnudbek maydalashib ketyapsiz, O'zbekistonda muammo qolmadimi, yaqin 2 oydan beri tanqidiy post qo'ymadingiz. O'zingizga o'xshamayapsiz.
Tanqidiy narsalar zapret bo'ldiku. Bugundan boshlab telefon aloqalar pochtalar hamma hammasi tekshirilarkan. Keyinam 139 140 bilan tushgan bo'lsa jim bo'lsam yaxshi deganda
Xushnud aka shu joyida siz azgina torroq oʻyladiz . Nmaga deganda sizni yonizdagi ayrimlar bu habarga ishongan boʻlsa barcha talaba ishondi degani emas. Deyarli 90 foiz talab bu habarni hazil deb siz aytgandek 14 - yanvar yoʻqolganiga 8-yoʻqotishdagi feyk habarligini biladi 👌👌
🌸Madina🌸
Assalomu aleykum
Хушнидбек сизга бунака постлар езиш ярашмайди хар доимгидек жиддий давом эттиринг купчиликга екмаган булсангиз керак бу пост билан.
Show next 100 comments