This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 100 more comments
Saidalibek
E shunaqa oyinni. Hakam qayerga qaradi o'zi. Varni nega opkeldik shumi uni xizmati futbolimizga. Bularga chora korish kerak yaxshilab.
Zufar Umirov
2888
Aqalli shungayam ishonmayabmaneyyy
Zufar Umirov
Hakamda ayb yòq qil degan u bajargan bilasizlarku qilmasa ahvolini
00092090
Бунаканги шарманда футболни умуман кераги йук узбига ундан кура шунча пулни халкига берсин шу шармандалага бергунча
Hakamning bu "profissionalligi" Turon kabi endi Super ligaga chiqib , katta ishtiyoq bilan o'ynamoqchi bo'lgan klublarni ham Pro ligadagi Super ligaga chiqish uchun kurashayotganlarni ham futboldan ko'nglini qoldiradida ! Keyin ulardan qanday futbol kutish mumkin bunday hodisadan so'ng???
Malatse turon murabiyi. Otayizga raxmat bu gapni hali murabiy zoti aytolmagan. Man uzbek futbolini axvoli
Zufar Umirov
88888yil ishoning
Uning uchun Fudbolni 888 marta olib tashasak ishonsa boladi
Xushnudbek Sug'diyonani nima aybi bor? Nega uni ayblayabsiz??? Vapshe sizdan kutmagandim bunaqa fikrni
Shamsitdinov
Eee Turon kamandasi. Senga raxmat. Ko‘p narsani ochib berding. Endi o‘zgarish Ozgina bo‘lsa barbir shu parovorlar ketmaydi. Super ligadan uning uchun ularni o‘rniga bir dexqon ni bolasini qo‘yish kerak
Iltimos, masalaga har tomonlama yondashaylik
Шухрат Холназаров
Futbolimiz bu ketishda rivojlanmaydi. Bundan keyin ham shu ahvol buladi manimcha.Insof vijdon xaqiqatguylik degan narsalarga qachon o'rganadi bular qachon tuyani dumi yerga tekkandami
Futbol o‘ldi Uzbekistonda
Eng yaxshisi futbolga futbolchilarni qishloqlardan olib tarbiyalash kerak. Yaʼni oʻzimizni jaydari bolalarni. Shundagina futbolimiz biror foyda keltiradi
Abdulazizov
Aka futbolga ajratilayotyan pullar haqida gapiribsiz. Shvetsariyaga yoki "boshqa" joylargayam ketyaptiyu. Zato shu pullarni kamida yarmiga minglab futbolchilarimiz oila boqyapti.
Khursanov
Iltimos, masalaga har tomonlama yondashaylik
Bitta taklif bir tamonlama yondashib Fudbolni olib tashasak bolmaydimi xalq ovozga qoyib akalar
Show next 100 comments