This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Супер лигасининг 2-турида давлат бюджети пулларига молиялаштириладиган Жиззахнинг «Сўғдиёна» ҳамда миллий чемпионатимиздаги хусусий жамоа Яйпаннинг «Турон» жамоалари ўртасидаги баҳсда мезбонлар 1:0 ҳисобида ғалаба қозонишди.

Ҳар йили давлат бюджетидан тахминан 20 млрд сўм оладиган «Сўғдиёна» ягона голни мана шунақа шармандали пенальтидан урди. Бош ҳакамнинг ёки кўзи, ёки виждони кўр.

Майли, бунақа хатоликлар VAR пайдо бўлгунгача халқаро футболда ҳам доим бўлган.

Аммо бошқа нарсани айтмоқчиман:

❗️Ҳар йили БИР НЕЧА ЮЗ МИЛЛИАРД СЎМ бюджет пуллари шу расво футболимизга кетяпти, бундан бирор фойда бўляптими? Ундан кўра бу пулларни таълимга, мактабларга сарфласа миллат учун минг марта фойда бўларди.

Мен тўлаган солиқлардан 1 сўмни ҳам футболга берилишига асло розимасман!!!
Қўлидан келса жамоалар ўзи пул ишлаб топсин ва ана шунда билганини қилсин.

P.S.: «Турон» бош мураббийининг аламли интервьюсини каналда қўйиб ўтирмадим, сўкинишли жойи борлиги учун. Аммо у ҳақ эди.


👉 @xushnudbek 👈

1073 comments

Show 100 more comments
Zufar Umirov
88888yil ishoning
Uning uchun Fudbolni 888 marta olib tashasak ishonsa boladi
Xushnudbek Sug'diyonani nima aybi bor? Nega uni ayblayabsiz??? Vapshe sizdan kutmagandim bunaqa fikrni
Shamsitdinov
Eee Turon kamandasi. Senga raxmat. Ko‘p narsani ochib berding. Endi o‘zgarish Ozgina bo‘lsa barbir shu parovorlar ketmaydi. Super ligadan uning uchun ularni o‘rniga bir dexqon ni bolasini qo‘yish kerak
Iltimos, masalaga har tomonlama yondashaylik
Шухрат Холназаров
Futbolimiz bu ketishda rivojlanmaydi. Bundan keyin ham shu ahvol buladi manimcha.Insof vijdon xaqiqatguylik degan narsalarga qachon o'rganadi bular qachon tuyani dumi yerga tekkandami
Futbol o‘ldi Uzbekistonda
Eng yaxshisi futbolga futbolchilarni qishloqlardan olib tarbiyalash kerak. Yaʼni oʻzimizni jaydari bolalarni. Shundagina futbolimiz biror foyda keltiradi
Abdulazizov
Aka futbolga ajratilayotyan pullar haqida gapiribsiz. Shvetsariyaga yoki "boshqa" joylargayam ketyaptiyu. Zato shu pullarni kamida yarmiga minglab futbolchilarimiz oila boqyapti.
Khursanov
Iltimos, masalaga har tomonlama yondashaylik
Bitta taklif bir tamonlama yondashib Fudbolni olib tashasak bolmaydimi xalq ovozga qoyib akalar
Janibek Madreymov
Togri fikringizga qoshilaman
Futbolni sport turidan chiqarish kerak Ózbekistonda
Sug'diyonani nima aybi bor? Hakamni etganini qildi. Ayb kimda busa o'shanga ag'darilsin mag'zava
Shamsitdinov
Bitta fikir keldi O‘zbekiston da 3 yil futbolni to‘xtatish kerak keyin yangittan boshlash kerak eskilarini umuman keragi yo‘q
Hozir futbol sporti haqida koʻp gap aytilyaptida. Eng yaxshisi evolutsiyasi qilish kerak futbolni. Yangitdan boshlash kerak
Khursanov
Sug'diyonani nima aybi bor? Hakamni etganini qildi. Ayb kimda busa o'shanga ag'darilsin mag'zava
Futbolchilar penalti tepishdan bosh tortsa ham boʻlardi. Nohaq penalti boʻlganini bilib turib gol urish kerak emas edi
Show next 100 comments