2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
O‘qishga kirdimmm uurrraaaaaa:) ''superkontrakt'':(
Xushnud aka farzandli bulganingiz bilan tabriklayman. 2020 yil butun dunyoni larzaga solfan verusni aytmaganda anchayin yaxshi utdi. Kelgusi 2021 - yilda butun O'zbek xalqiga omad baxt sog'lik tilayman
2020-yil mani butun umr esimdan chiqmaydigan yil bo'ldi chunki 12- noyabr kuni yurtboshimiz bilan uchrashdim ayniqsa bor yog'i 2 metr masofadan turib aytgan nasixatlari haligacha qulog'imda jaranglaydi
kamola
Assalomu alaykum. Avallambor farzandli bolganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ilohim bilimli, uquvli, solih farzandlardan bolsin.
Men uchun bu yil juda zo'r yoki juda yomon bo'ldi deb aytolmayman. 2020- yilda talaba bolaolmadim. Yana o'z ornida rejalarimizni kechiktirgan karantin... Mayli hamma hamma voqealar, barcha otgan ko'ngilsizliklar uchun, olohimga shukur. Shunday bo'lishi kerak ekan bo'ldi. Bunda 2020- yilni ham ayblayolmaymiz, barchasiga hammamiz birdek aybdormiz.... 2021- yilda hammaga avvalam bor sog'liq, baxt va quvonch tilayman. Ollohim hoxlasa bu yil hammamiz uchun juda ham ajoyib yil boladi. Inshooloh. Bilgan bilmagan, tanigan tanimagan insonlarim, joningiz sog' bo'lsin. Hushnud aka siznning ham ishlarizga rivoj, oilangizga tinch totuvlik, tilayman.☺
Mansurovna X.
Tabriklayman umri uzoq risqi butun bo'lsin...
Yil baribir hamma uchun ham sinovli vahimali yil bo'ldi, eson omon shu kunlarga yetkazganiga shukrlar bo'lsin, xursandmiz ilohim keyingi yil ham mana shunday commentlar yozish nasib qilsin...
Assalawma aleykum hàmmege, 2020 - jil men ushin hám meniñ shañaraģim ushin jaqsi hám de awmetli jil boldi.Sebebi, meniñ eki qarindasim 2020 - jil joqari oqiw ornina oqiwģa qabil etildi.Men hám ata - anam bunnan quwanishlimiz.Men usi jili bakalavrdi pitkerip, aldima maqset etip qoyģan magistraturaģa oqiwģa qabil etildim.Bunnan quwanishim sheksiz.2021 - jil hámmege jaqsi,awmetli hám tabislarģa mol jil bolsin!
Muxammed
Бу йил мен учун йўқотиш йили бўлди.Онажоним,меҳрибонимни бериб қўйдим.Жойлари жаннатдан бўлсин илоҳим.Аллоҳга керак экан на чора.Қолган умрларини фарзандларига берсин.Хушнудбек мен Қорақолпоғистонлик муҳлисингизман.Ишларингизга омад тилайман.Фарзанд муборак бўлсин.Янги йил муборак бўлсин.Дунёдаги барча эзгуликлар сизни ва оила аъзоларингизни тарк этмасин.
Talaba bo‘ldim. Shifokorlarga rahmat. Xushnubek.uz bilan hayotda ko‘rishish. O‘zbekiston ko‘p sinovlardan o‘tdi.
Ha, aytgancha, Mustafo ismi 2020da trendda bo‘ldi.
Farzandingiz baxtini ko‘ring
Стала студенткой желанного ВУЗа
Dilfuza
Assalomu alekum, tabrikliman farzandizzi umri bilan bergan bosin! 2020 yil sinovli yil bo'ldi, hozirgi kungacha tarqayotgan virus kimlanidir yaqinlarini olib ketdi, kimladr shu virus bilan kasallanib, og'ir ahvolda o'tkazdi, shuningdek, bu kasofat virus mani va yaqinlarimmi chetlab o'tmadi, lekin Allohga shukur og'ir bo'sayam, amallab o'tqazdik bu kasallikni. Shu bilan birga 2020 yilda universitetni tugatish va diplom olish hamda davlat organi xodimi bo'lish nasib qildi. Allohimga ming shukur, bergan sinoviga ham, bergan ne'matiga ham. Hammasi Allohdan, bu berilgan sinov kimlargadur saboq bo'ldi, chunki ko'p insonla o'zidan ketib, xaddidan oshib ketib qovotudi......
Talaba boʻldim 😄
Азиза Пардаевна
Яхшилик ва ёмонлмк доим ёнма-ён юради дейишади,бу йил яхши йил булгани набиралик булдим,ёмон йил булгани тожу тахтим дадажонимдан ажралдим.
Только работал..... пахать и пахать 😂 ничего особенного кроме короны
Хаmraqulova Farida Mamasoliyevna
Assalomu alaykum Xushnudbek bayramlar muborak bo'lsin, farzandingizning qadami qutlug' kelsin,ota onasiga mehribon farzand bo'lsin. Har bir fikringizni o'qib boraman, hammasi uchun katta rahmat, ota onangizga rahmat doimo sog' bo'ling. 2020 yil men uchun juda sinovlar yili bo'ldi ; Dalf B2 sertifikatini qo'lga kiritdim, CEFR imtihonlarini topshirdim yaxshi natijalarni umid qilib turibman, Malaka oshirishda 2 oy onlayn o'qidim va ijobiy baholar bilan yakunladim.Allohga shukr bilimlarimni yanada oshirib (qiynalsamda) yana olg'a qadam tashlashni o'rgandim.
2021 yil oʻqishga kirish nasib etsin ilohim Xushnudbek aka gaplariz toʻgʻri yomon boʻlsa ham koʻpnarsa oʻrgandik 2020yilda
2020 йилда мен хам ота булдим жуда орзикиб кутгандим узи хам Аллохга минг шукур
Otalik bahti sizga onalik saodati ayolizga muborak bo'lsin.
Men magistratura ga o'qishga kirdim ollohimga behisob shukur.
Sarvinoz Mamasodiqova
Farzandmuborak bolsin,men buyil talaba boldim va Alloh menga shiirnim jiyan ham ato etdi,2021yyilda ham Alloh niyatlarimizni amalga oshirsin,2021yilda pandemiya tugasin
Avazbek
27 yillik orzuyim ushaldi yani O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'ldim prizidentimizga katta raxmat.
Assalomu aleykum barchaga. Barchalaringizni kirib kelayotgan yangi yilingiz bilan tabriklayman. 2020 yil haqida gapirsam. Ko'pchilik 2020 ni yomon yil deb aytdi. Yoq man uchun shu yil omadli keldi. Ota-onam Covid-19 bn kasallanishdi va ollohim ularni manga qaytib berdi. Va magistraturaga grandga kirdim. Bu 2020 sinovli yil bo'ldi. Manimcha bu sinovlardan biz yaxshi o'ta oldik. Umid qilamanki 2021 yil barchaga yanada omad olib keladi. Barchalaringizni kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman.
Йил ёлг'он бн бошланиб ёлг'онлар бн тугаяпти
Узбекистон хаво йу'ллари 1-3 январь кунлари ички йу'налишларга скидка / чегирма э'лон к,илди
1,2,3 январь кунлари афсуски умуман Узбекистон хаво йу'ллари рейслари умуман йу'к,
Янги Узбекистонда бу нарса нормага айланди
Show next 100 comments