2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Стала студенткой желанного ВУЗа
Dilfuza
Assalomu alekum, tabrikliman farzandizzi umri bilan bergan bosin! 2020 yil sinovli yil bo'ldi, hozirgi kungacha tarqayotgan virus kimlanidir yaqinlarini olib ketdi, kimladr shu virus bilan kasallanib, og'ir ahvolda o'tkazdi, shuningdek, bu kasofat virus mani va yaqinlarimmi chetlab o'tmadi, lekin Allohga shukur og'ir bo'sayam, amallab o'tqazdik bu kasallikni. Shu bilan birga 2020 yilda universitetni tugatish va diplom olish hamda davlat organi xodimi bo'lish nasib qildi. Allohimga ming shukur, bergan sinoviga ham, bergan ne'matiga ham. Hammasi Allohdan, bu berilgan sinov kimlargadur saboq bo'ldi, chunki ko'p insonla o'zidan ketib, xaddidan oshib ketib qovotudi......
Talaba boʻldim 😄
Азиза Пардаевна
Яхшилик ва ёмонлмк доим ёнма-ён юради дейишади,бу йил яхши йил булгани набиралик булдим,ёмон йил булгани тожу тахтим дадажонимдан ажралдим.
Только работал..... пахать и пахать 😂 ничего особенного кроме короны
Хаmraqulova Farida Mamasoliyevna
Assalomu alaykum Xushnudbek bayramlar muborak bo'lsin, farzandingizning qadami qutlug' kelsin,ota onasiga mehribon farzand bo'lsin. Har bir fikringizni o'qib boraman, hammasi uchun katta rahmat, ota onangizga rahmat doimo sog' bo'ling. 2020 yil men uchun juda sinovlar yili bo'ldi ; Dalf B2 sertifikatini qo'lga kiritdim, CEFR imtihonlarini topshirdim yaxshi natijalarni umid qilib turibman, Malaka oshirishda 2 oy onlayn o'qidim va ijobiy baholar bilan yakunladim.Allohga shukr bilimlarimni yanada oshirib (qiynalsamda) yana olg'a qadam tashlashni o'rgandim.
2021 yil oʻqishga kirish nasib etsin ilohim Xushnudbek aka gaplariz toʻgʻri yomon boʻlsa ham koʻpnarsa oʻrgandik 2020yilda
2020 йилда мен хам ота булдим жуда орзикиб кутгандим узи хам Аллохга минг шукур
Otalik bahti sizga onalik saodati ayolizga muborak bo'lsin.
Men magistratura ga o'qishga kirdim ollohimga behisob shukur.
Sarvinoz Mamasodiqova
Farzandmuborak bolsin,men buyil talaba boldim va Alloh menga shiirnim jiyan ham ato etdi,2021yyilda ham Alloh niyatlarimizni amalga oshirsin,2021yilda pandemiya tugasin
Avazbek
27 yillik orzuyim ushaldi yani O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'ldim prizidentimizga katta raxmat.
Assalomu aleykum barchaga. Barchalaringizni kirib kelayotgan yangi yilingiz bilan tabriklayman. 2020 yil haqida gapirsam. Ko'pchilik 2020 ni yomon yil deb aytdi. Yoq man uchun shu yil omadli keldi. Ota-onam Covid-19 bn kasallanishdi va ollohim ularni manga qaytib berdi. Va magistraturaga grandga kirdim. Bu 2020 sinovli yil bo'ldi. Manimcha bu sinovlardan biz yaxshi o'ta oldik. Umid qilamanki 2021 yil barchaga yanada omad olib keladi. Barchalaringizni kelayotgan yangi yil bilan tabriklayman.
Йил ёлг'он бн бошланиб ёлг'онлар бн тугаяпти
Узбекистон хаво йу'ллари 1-3 январь кунлари ички йу'налишларга скидка / чегирма э'лон к,илди
1,2,3 январь кунлари афсуски умуман Узбекистон хаво йу'ллари рейслари умуман йу'к,
Янги Узбекистонда бу нарса нормага айланди
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Sizni va oilangizni Yangi 2021 yil bilan muborakbod etaman. Shu bilan birgalikda farzandlik bo'lganiz ota degan nomga Olloh sizni munosib ko'rgani bilan tabriklayman. Ilohim farzandizni umri uzoq rizqi butun bo'lsin. Ezgu ishlaringiz bardavom bo'lsin. Olloh ishlaringizga yor bo'lsin. Endi o'zim haqimda aytsam Ollohni bergan kuni uchun shukrona aytaman. 2020 yilni qoralamoqchi emasman. Shukur oilamiz bilan shu covidni yengib o'tdik. Farzandlarim ota onam turmush o'rtog'im opa ukam oilam yonimda baxtlimiz. O'tayotgan yilda yana bir yoshga ulg'aydik bo'lgan voqealardan o'zimizga saboq chiqardik inson qadrini bildik. Kelasi yil ham omadli kelsin hammamiz uchun. Hammamizni sog'ligimizni bersin.
Assalomu alaykum azizlar. Barchangizni eshik qoqib ostonamizga, o'zining qutlug' qadamini qo'yayotgan yangi yil bilan muborakbod etaman. Tarihga aylanayotgan 2020 yil barchamizning hayotimizda,va butun dunyo tarihida o'chmas iz qoldirdi. Kashfiyotlar, Yutuqlar, Tug'ilishlar, Yo'qotishlar....Bu tarih silsilasidan biz insonlar hulosa qildikki bunda ham Buyuk Allohning hikmati bordir. 2020 yil ayrim insonlar nazdida yomon yil buldi...Yuq.. Aslo.. yillarning yomoni bo'lmaydi .Aksincha bu yil barcha insonlarni, barcha soha vakillarini, o'z ustida yanada ham chuqurroq ishlash kerakligini, mehr oqibatli bo'lishlikni,kamchiliklarimizda hulosa chiqarib ezgu maqsadlar yulida faqat oldinga harakat qilishlikni o'rgatdi. Yakunlanayotgan mana shu yil pallasida barchangizni sharafli va masuliyatli ishingizga ulkan rivojlar tilayman. Boshlanayotgan yangi yilda boshlagan har ishingizni Allohim o'zi hayrli qilsin. Yangi yilingiz muborak bo'lsin .
2020yilda man o'qishga kirdim Ollohimga behisob shukur🤗🤗🤗
Нигора Абдурахманова
Табриклайман фарзандли булганингиз билан. Умри ризки билан берган булсин. Ишларингизни ривожини берсин
Avvalo Xushnud aka farzandli bo'lganiz bilan tabriklayman. .. 2020 yil men uchun ajoyib yil boldi chunki men talaba boldim😊😊
Men uchun ham qiziq yil bo'ldi. Biz oilamiz bilan uylik bo'ldik. Olloxga shukur.Keyingi yil ham hamma uchun zafarlar yili bo'lsin.
Ерпо
Перзентли болганыныз кутлы болсын! Омир жасы узак болсын! Сизлерди куанышга болеп журеберсин! Бизлерде Ата-анамыз аман, озимиз сау саламат болганымызга Алла га шукир айтамыс.
Olimova Humayro
Assalomu alaykum hammaga hayrli kech. Bu yil hamma uchun sinovli bo'ldi ayniqsa biz uchun. Chindan ham ona bo'lish eng katta baxt. Farzand eng ulug' ne'mat. Bu yil qizalog'im tug'ildi lekin oilamizda katta kemtik dadajon o'ziga atalgan umrining yakuni va bizda og'ir ayriliq bo'ldi. Ilohim oxirati obod joylari jannatda bo'lsin. Keyingi yilda tinchlik xotirjamlik hech birimizni tark etmasin. Yaxshi yangiliklar va muaffaqiyatlar hamda umrimizni mazmunli o'tkazish nasib qilsin. hamda berilgan laxzalarimizni go'zal xotiralar to'ldirsin.
Show next 100 comments