2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Xushnud aka sizni va "земляк" opamiz Mehrinoz opani chin qalbimdan farzandlik baxti bilan tabriklayman. Umri bilan rizqi bilan bergan bólsin ilohim 🤲🤲🤲
Sherzod .18
Ehh bu yil hayotimda ochmas iz qoldirdi sababi ikki yillik yiqilishdan song oxiri Talaba boldim ehh ... Bu baxt
Hammaga yangi yil omadli va baxt oilaviy xotirjamlik tilap qolam doyimo yuzingizdan kulgu arimasin 2021 yil hammamizga omadli va barokatli bo'lsin yana birbor yangi yilingiz muborak bo'lsin. C новом годом
Аскар Норпулатов
Сан гандон хам публикага уйнайсан
Bu yil mengayam sinovli yil bo'ldi bir tarafdan omadli yil bo'ldi sababi 4 yillik yiqilishdan so'ng talaba shu Baxt nasib qilganiga shukr Farzand muborak illoxim umri b n bergan bo'lsin sizga o'xshab xalqimizga foydasi tegadigan inson bo'lsin illoxim🤲🤲🤲🤲
Saroyblogerligizi hisobga omasa sizga gap yoʻ oka
Uldan Xujamiyarova
Assalomu alaykum, yangi yilingiz muborak bo'lsin! 2020 - yil ham sinovli, ham muvaffaqiyatli yil bo'ldi, 93 yashar nuroniy, duogo'y otajonimdan ayrildim, dunyoni sevinchga to'ldirib nabiram tug'ildi, yil so'nggida "Ustoz-2020" milliy mukofoti g'olibi bo'ldim, Ollohimga shukur!
Assalomu alaykum va rahmatullohi va borakatuhi, Xushnud aka, yaxshimisiz, ishlar bilan charchamayapsizmi?
Kelayotgan yangi yılda yaxwi tilaklariz ijobat buliwligini Allohdan surayman, inshaAlloh barchamizga uzi mehribon, uzi barchamizni iymonli, etiqodli qilsin!
Farzandingiz ham uzoq umr kurşin, tabriklayman, sizdek el koriga yaraydigan inson bulib yetishsin!!!
2020 -yil men uchun, albatta, unutilmas buldi, ham ijobiy, ham salbiy,
Salbiy albatta bu verus masalasi, endi Allohimning uzi mehribon, uzi barcha ofatlarni mag'firat aylasin!
Ijobiy esa, shu yıl ota onamizzi yuzlarini yorug' qilib singlim ikkalamiz ham talaba buldik! Bu yıl men uchun unutilmas buldi aka, Assalomu alaykum va rahmatullohi va borakatuhi!
YUSKA🔥
Orqamdan pishoq sanchiganlar buldi.Kim do'st kim dushman bildim.Men uchun hamma narsaga tayyor odamlar bor ekan lekin men ularni bilmas, etibor bermas ekanman.Ular uchun ming bora minnatdorman.Dushmaning yaqiningda yurarkan lekin uni sezmaslik ulkan xato ekan.
Hammalarimizni do'stlarimiz nomiga dost emas haqiqiy dostlari kop bulsin.Bazi insonlar dost bulib korinib vaziyat kelsa oyoqdan chalarkan.Begona hattoki siz uni nazarga ilmay ee bu kim o'zi tanimasam deb yuradigan odamlar siz uchun kerak joyda turib berarkan.Hechkimni ajratmay hamma bilan u tanishmi notanishmi ozgina etibor qilib qoyishni o'rgandim.Shunki osha inson qachonlardir sizning yutuq kalitiz bolarkan.Dunyo tor desa ee nimaga derdim.Bu rost ekan.Xullas odamiyligimizni bir-birimizga mehrimizni yoqatmaylik.
Yangi yil muborak.
Оллоҳга беҳисоб шукурлар бўлсин.2020 йил 3-фарзандим дунёга келди.Оилам тинч,тану-жонимиз соғ. Алҳамдулиллаҳ
Murod Bek
Bu yil ko'p sinovli yil bo'ldi. Eng og'iri covid-19 virusidir. Kasbim taqozosi tufayli covid markazga 2 marotaba kirdim. Olloxga shukr eson omon chiqdim. Bu kasallik ko'p insonlarni olamdan olib ketdi. Shu kunlarga yetkazgan olloxga ming shukr. Xammaga yangi yil muborak.
Ассалому алейкум Хушнуд ака!

Бир кичик илтимос. Кўпларнинг истагини сизга етказмоқдаман. Эсизда бўлса, заковат бошловчиси Расул Абдуллаев томонидан шоир Анвар Обиджоннинг "Ҳаётнинг ҳар лаҳзаси гўзал", шеъри видеоролиги Ўзбекистон телеканалидан ҳар эрталаб қўйиларди. Агар иложи бўлса шуни роликни топайлик. Бу бизга жудаям қадрли шеър. Менимча, бу сизга ҳам қадрли бўлиши керак. Кўнгил ностальгия хоҳламоқда. Илтимос, шуни топишда ёрдамлашворинг. Канализга қўйсангиз жуда ҳам аъло иш бўлар эди. Мен ишонаман сиз топа оласиз.
Фарзандингиз узингизга ухшаган аклли халол инсон булсин янги йил кутлуг булсин
Nazokat👩‍🎓👩‍🎓👩‍🎓👩‍🎓
Bayram hammaga muborak bo'lsin.Tabriklayman farzandli bo'libsiz,umri bilan bergan bo'lsin illohim.Bu yil menga ham omadli va sinovli yil bo'ldi.
Azamat Damenov
Assalomu alaykum aka bayramlar bilan soģ bòling salomat bòling. Yangi 2021 yil yahshi kelsin
Xushnud aka tabriklayman. Umri bilan bergan bòlsin, ilohim.
Ассалому алекум ва рахматуллоху ва баракатух мени исмим Бахтиер 21 йошдаман 3 йил укишга топширб кролмадим 2020 йил укишга кирдим Аллохга шукр. Хаммага кирб келайотган 2021 йилда омад тилайман укишдан йикилган абитурентлар олдингизга максад куинг копрок китоб укинг максадизга еришасиз.Ота Онези дуосини олинг кадрланг омад хаммага.Хушнуд ака канализи 5 йилдан бери кузатаман фарзандли булбсиз умри билан берган булсин келгуси ишларизга ривож хаммага омад.
Зулфинур Ботирова
Xushnutbek 2020 kup sinovlarga boy buldi.niyatim 2021-yil yaxshi
liklarga tòla bulsin.Sizga omad .Ulkan muofaqqiyatlar tilahman
Assalomu aleykum. Farzand muborak bo'lsin. Ilohim siz orzu qilgan, ikki dunyoda ko'zingizni quvonchi bo'lsin, rohatini rohatda korib yuringlar Amiyn
Shohsanam Chorshanbiyeva
assalomu aleykum barcha chiqarilgan qaror va farmonlarni umuman yangiliklarni xalq tilida tushuntirib berganingiz uchun rahmat katta
X Malikov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka! Bayram muborak bo'lsin. 2021-yil barchamiz uchun yaxshiliklar olib kelsin. Siz uchun ham bundanda omadi bo‘lsin.
Show next 100 comments