2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Paxratdinova Roza
2020-йил инсонларга укийдиган ва ишлайдиган инсон онлайнми офлайнми,барибир кандай булмасин илим олиб ишлайдиганини сифотлади.Янаям онлайн укиш ва ишлашни кучайтиш керак.Бу инсон учун кераклиси хисобланади.
Paxratdinova Roza
2020-йил католаримизни курсатиб,мана онлайн ишлашни ва укишнинг афзаллигини курсатиб,бизларни янада изланиш ва интилишга ургатти.Кузимизни моштай ошди.
Assalomu alaykum, Xushnudbek.
Avvalo otalik baxtiga muyassar bo'lganingiz bilan qutlayman. Farzandlar rohatini ko'ring, inshaalloh. Xalq dardi bilan yonib yashashdan charchamang.
Bizning oilamiz uchun ham 2020-yil omadli yil bo'ldi. Farzandlarim talaba degan nomga sazovor bo'lishdi. Mustaqil hayotlari davomida doim shijoat bilan qadam tashlashsin. Shuda biz ota-onalarning baxti.
Азамат
Салом Хушнудбек авваламбор фарзанд муборак бу́лсин, умри узооок бу́лсин.Кириб Келган 2021 йил Хаммага омадли бу́лсин
Erkin Jabborov
Ота булганингиз билан табриклайман падари бузрукорингизни тугилган куни бн хам табриклайман отамдек була оламанми дебсиз сиз канчалик одамларга фойдангиз тегаётганини савоб ишлар килаётганингизни хамма куриб турибди .Савоб ишлар килишда чарчаманг доимо сог саломат булинг.Факат илтимос Вазирликдаги когозбозларга хам бир нималар деб куйинг улар хам халк учун савоб килишмаса хам овора килишмасин.
FC NASAF
Assalomu alaykum Xushnud aka
Farzandingizni umri bilan bergan bulsin . 2020-yil menga ham omadli yil buldi desam adawmagan bulaman. Men 2020- yilda talabalik baxtiga muyassar bo'ldim.
TOLIBJONOVA
Assalom alekum Xushnud aka avvalo‘kirib kelgan yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman,otangiz ham sizni muvofaqiyatlarizdan ,zafarlarizdan xursand bo‘lib umr guzoronlik etsin ilohim... Haqiqatda 2020-yil sinov yili bo‘ldi to‘g‘ri undan qoqilganlar bordir pandemiya tufayli ishdagi qiyinchiliklar o‘qishga kirishda omadsizlik lekin sinov yili bo‘ldiki undan yaxshi tuyg‘ular bn o‘tganlarda bor ...Kimdir sizdek baxtiyor ota bo‘ldi , kimdir yangi oila bunyod etti yana kimdir ishida muvofaqiyatga erishdi ... Masalan men 2020-yilda mustaqil xayotga qadam bosa boshladim deb o‘ylayman yil boshida tibbiyot muassasasiga ishga kirdim el qatori boshga tushgan qiyinchilikda Katta Yoshli Akalar Opalar bilan tengma-teng mehnat qildik... Kasallarni parvarish qildik qiyinchiliklarga uchradik avgust imtihon topshirdik va‘sinovlardan yaxshi natijalar bilan o‘ttik Xa biz sirdaryo viloyati bilan birgalikda ko‘p sinovlardan o‘ttik Xudoga shukr xozi talabamiz va o‘z yurtimizda shahrimizda uyimizda xursandchilikda yashayapmiz ... Yangi yil xammaga baxt‘omad sog‘lik omonlik olib kelsin
Замирахон Рузиева
Ассалому алайкум, Хушнудбек ўғлим. Каналингизни доим кузатаман. Янги Фарзандингизнинг дунёга келиши илохим оилангизга янада қувонч янги омадлар олиб келган бўлсин. Менинг бир саволим бор. 2021 йил 1 февралдан иш хақи ва стипендиялар оширилибди. Аммо нафақа сўзи йўқ-ку. Бизнинг нафақамиз ошмайдими? Ҳайронман, пенсияга чиққукнча 15 га яқин китобларим чиқди. Аммо гонорар олмаганмиз. Китобнинг чиққанига қувониб юраверганмиз. Шунинг учун пенсиям жуда оз. Наҳотки, 1 февралдан пенсиялар ошмаса. Илтимос аниқлик киритиб берсангиз. Сизга эҳтиром билан Замира Рўзиева
Ассалому алайкум! Хушнудбек ота бўлганингиз билан табриклайман.Умри билан берган бўлсин.Падари бузрукворингизга узоқ умр,соғлик саломатлик тилайман.2020 йил биринчи тоифали устоз мақомига эга бўлдим.Синовли йил бўлди.Янги йил барчага муборак бўлсин!
TOLIBJONOVA
Siz bilan o‘tgan yilgi xotiralarimni bo‘lishgim keldi uzrdaa... sizga xam baxt,sog‘lik-salomatlik, kariyerangizga omad tilab qolaman... ijod qilishda to‘xtamang!!! OMAD
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Farzandli bo'lganlaringiz bilan Mehrinoz opani ham sizni ham chin qalbdan qutlayman!!!
Qutbiddin
Assalomu alaykum Xushnud aka, Farzadli bo'lganingiz bilan hamda suyangan tog'iz mehribon otajonizi tavallud ayyomlari bilan tabriklayman.
Assalomu alaykum avvalambor otalik baxtiga yetishganingiz bilan chin qalbdan tabriklayman. 2020 yil bu yilda juda kop voqealar bo'lib o'tdi. Yo'qotishlar, qulashlar, kasallanishlar va huddi shular qatorida nimalarnidir topish nimalarnidir anglash balki qadrlashni o'rgandik, bunyoq qildik, sog'aydik, yaqinlarni asrashni o'rgandik.Mana yana bir yoshga katta boldik oylar ketidan oylar yillar ketidan yillar otib hayotiy tajribangiz oshaverarkan hayot o'zi tarbiyalab oladi deganlari shu bolsa kerakda .Nima bolganda ham inson yashar ekan umid bilan orzular bilan yashaydi men ham eshik qoqib kelgan yilimiz yaxshililarga savoblarga omad baxtlarga tola bolishiga umid qilaman.Hammaga YANGI YIL MUBORAK
Маргуба
Ассалом уалайкум! Хушнудбек, фарзанд муборак бўлсин! ОТА деб аталмиш юксак мақомга эришибсиз.Отангизни ҳам табриклайман! Менинг ўғлимни исми ҳам ХУШНУДБЕК. Илоҳим сизга ўхшасин.Ҳорижда ўқишларни тугатиб бағримизга соғ омон қайтсин.
Assalomu alaykum 2020-yil men uchun omadli keldi albatta!
Allohimga shukur talaba degan ulug‘ nomga ega bo‘ldim.🤗
Qõshaloq bayramlar bilan tabriklayman bugun mening ham dadamning tuğilgan kuni ,barcha ota - onalar sog bõlsin farzanandlarini roxatini kõrsin . 2020 yil Ollohim bergan sinovli yil bõldi shu bilan birga ,necha yildan beri ushalmagan orzuyim studentlik baxtiga erishdim , sizning loyihangiz 2020 qabulga xujjat topshirish bõyicha kõrsatilgan xizat menga ayniqsa SHAXNOZAXON isimli xushmomila maslaxatchi qiz menga kõmaklashdi , shu doiraga õxshash ishlirni rivojlantiing aholiga kerak vaqtida yahshi kõmak beradi menga juda asqotdi . 2020 qabul loyihasi tashkilotchilariga raxmat
꧁🌸Туранова Мавлудахон🌸꧂
2020 yil ko'pchilik uchun so'zlash uchun til ojiz yozish uchun qalam ojiz bo'ldi desa ham ishonarli chiqadi menimcha
Sayyora Abdujalilovna
Muximi tirik qoldim
Abdullayev Nusratillo
Assalomu aleykum Xushnud aka gaplaringizga 💯% qöshilaman. Haqiqattanam insonlarni közini ochib qöydi deb öylayaman. Lekin shunga yarasha og'ir yil ham böldi. Nasib 2021 yil shu 2020 yilda bölib ötgan narsalarni hisobga olib barcha özgaradi degan umiddaman. Borizga shukr Ilohim umringiz Ziyoda bölsin Xushnud aka. Farzandingizni ham ollohim umri bilan bergan bölsin. Farzand muborak aka bundan keyingi ishlaringizga omad doimo haqiqatni sözlashdan charchamang🤲🤲🤲🤲. Hurmat ila Nusratillo...
Show next 71 comments