2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Ассалому алайкум! Хушнудбек ота бўлганингиз билан табриклайман.Умри билан берган бўлсин.Падари бузрукворингизга узоқ умр,соғлик саломатлик тилайман.2020 йил биринчи тоифали устоз мақомига эга бўлдим.Синовли йил бўлди.Янги йил барчага муборак бўлсин!
TOLIBJONOVA
Siz bilan o‘tgan yilgi xotiralarimni bo‘lishgim keldi uzrdaa... sizga xam baxt,sog‘lik-salomatlik, kariyerangizga omad tilab qolaman... ijod qilishda to‘xtamang!!! OMAD
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Farzandli bo'lganlaringiz bilan Mehrinoz opani ham sizni ham chin qalbdan qutlayman!!!
Qutbiddin
Assalomu alaykum Xushnud aka, Farzadli bo'lganingiz bilan hamda suyangan tog'iz mehribon otajonizi tavallud ayyomlari bilan tabriklayman.
Assalomu alaykum avvalambor otalik baxtiga yetishganingiz bilan chin qalbdan tabriklayman. 2020 yil bu yilda juda kop voqealar bo'lib o'tdi. Yo'qotishlar, qulashlar, kasallanishlar va huddi shular qatorida nimalarnidir topish nimalarnidir anglash balki qadrlashni o'rgandik, bunyoq qildik, sog'aydik, yaqinlarni asrashni o'rgandik.Mana yana bir yoshga katta boldik oylar ketidan oylar yillar ketidan yillar otib hayotiy tajribangiz oshaverarkan hayot o'zi tarbiyalab oladi deganlari shu bolsa kerakda .Nima bolganda ham inson yashar ekan umid bilan orzular bilan yashaydi men ham eshik qoqib kelgan yilimiz yaxshililarga savoblarga omad baxtlarga tola bolishiga umid qilaman.Hammaga YANGI YIL MUBORAK
Маргуба
Ассалом уалайкум! Хушнудбек, фарзанд муборак бўлсин! ОТА деб аталмиш юксак мақомга эришибсиз.Отангизни ҳам табриклайман! Менинг ўғлимни исми ҳам ХУШНУДБЕК. Илоҳим сизга ўхшасин.Ҳорижда ўқишларни тугатиб бағримизга соғ омон қайтсин.
Assalomu alaykum 2020-yil men uchun omadli keldi albatta!
Allohimga shukur talaba degan ulug‘ nomga ega bo‘ldim.🤗
Qõshaloq bayramlar bilan tabriklayman bugun mening ham dadamning tuğilgan kuni ,barcha ota - onalar sog bõlsin farzanandlarini roxatini kõrsin . 2020 yil Ollohim bergan sinovli yil bõldi shu bilan birga ,necha yildan beri ushalmagan orzuyim studentlik baxtiga erishdim , sizning loyihangiz 2020 qabulga xujjat topshirish bõyicha kõrsatilgan xizat menga ayniqsa SHAXNOZAXON isimli xushmomila maslaxatchi qiz menga kõmaklashdi , shu doiraga õxshash ishlirni rivojlantiing aholiga kerak vaqtida yahshi kõmak beradi menga juda asqotdi . 2020 qabul loyihasi tashkilotchilariga raxmat
꧁🌸Туранова Мавлудахон🌸꧂
2020 yil ko'pchilik uchun so'zlash uchun til ojiz yozish uchun qalam ojiz bo'ldi desa ham ishonarli chiqadi menimcha
Sayyora Abdujalilovna
Muximi tirik qoldim
Abdullayev Nusratillo
Assalomu aleykum Xushnud aka gaplaringizga 💯% qöshilaman. Haqiqattanam insonlarni közini ochib qöydi deb öylayaman. Lekin shunga yarasha og'ir yil ham böldi. Nasib 2021 yil shu 2020 yilda bölib ötgan narsalarni hisobga olib barcha özgaradi degan umiddaman. Borizga shukr Ilohim umringiz Ziyoda bölsin Xushnud aka. Farzandingizni ham ollohim umri bilan bergan bölsin. Farzand muborak aka bundan keyingi ishlaringizga omad doimo haqiqatni sözlashdan charchamang🤲🤲🤲🤲. Hurmat ila Nusratillo...
АКМАЛ ЯКУБОВ
Янги мехмон муборак бўлсин! Аллоҳ умрини зиёда, ризқини фароғ қилсин. Бизни ҳам яратган фарзанд билан суюнтирди. 4-си, қизалоқ. Энг асосийси соғ-саломат юрибммз.
Sokina & Mohitabon
2020-yil bizga ham baxt olib keldi. Ikki qizimiz boridi o‘g‘il farzandli bo‘ldik. Ollohimga behisob shukurlar bo‘lsin. Bu yog‘iga shu uchala farzandlarimizni baxtu kamolini ko‘rishni so‘raymiz xudodan.
Dilbar Tulibayeva
Assalomu alekum. Farzand muborak bòlsin.
2020yil hayotimda katta tajriba bòldi. Oxirgi qarorim esa hayotimni hal qildi. Endi buyoģiga hammasi yaxshi bòlishini xudodan sòrab qolaman🤲🤲🤲. Har kim òz yaxshi niyatlariga ana shu 2021yilda yetishsn.
Умри билан берган булсин ИншаАллох. Камида узизга ухшаган акилли инсон булсин
Ermatova Ozoda Soatovna
Farzand MUBORAK BO'LSIN !Xushnudbek buncha ham yuragimga yoqimli gaplarni gapirasiz ey sizga havas ,havas,havas bilan yashayman
Ermatova Ozoda Soatovna
Allox omadingizni bersin hamisha
Ermatova Ozoda Soatovna
Farzandim,nabiralarim faqat sizga o'xshasin Deb,yurak yuragimdan hohlayman
Assalomu alaykum. Barchaga yangi yil muborak. Eski 2020 yil rostanam juda ham kop negativlar qoldirdi hayotimda. Lekin postni o'qib ikkimiz ham bir hil holatda ekanimizni tushindim. Hushnudaka bu yilda men ham ota bo'ldim, bu ajoyib o'zgacha baxt. Buni soz bilan ifoda etish qiyin. O'sha eng og'ir eng zerikarli pandemiya kunlarida ham chaqaloq bilan judaham mazmunli otkazdik kunlarni))) respect
Maxfuzaxon
Xushnudbek farzand muborak bo'lsin! Baxtli- saodatli va eng kamida sizdek farzand bo'lib ulg'aysin! Sizga juda havasim keladi, ilohim o'g'lim ham sizdek el- yurtini, oilasini ustun qo'yadigan inson bolib yetishsin🤲🏻
Show next 62 comments