2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
꧁🌸Туранова Мавлудахон🌸꧂
2020 yil ko'pchilik uchun so'zlash uchun til ojiz yozish uchun qalam ojiz bo'ldi desa ham ishonarli chiqadi menimcha
Sayyora Abdujalilovna
Muximi tirik qoldim
Abdullayev Nusratillo
Assalomu aleykum Xushnud aka gaplaringizga 💯% qöshilaman. Haqiqattanam insonlarni közini ochib qöydi deb öylayaman. Lekin shunga yarasha og'ir yil ham böldi. Nasib 2021 yil shu 2020 yilda bölib ötgan narsalarni hisobga olib barcha özgaradi degan umiddaman. Borizga shukr Ilohim umringiz Ziyoda bölsin Xushnud aka. Farzandingizni ham ollohim umri bilan bergan bölsin. Farzand muborak aka bundan keyingi ishlaringizga omad doimo haqiqatni sözlashdan charchamang🤲🤲🤲🤲. Hurmat ila Nusratillo...
АКМАЛ ЯКУБОВ
Янги мехмон муборак бўлсин! Аллоҳ умрини зиёда, ризқини фароғ қилсин. Бизни ҳам яратган фарзанд билан суюнтирди. 4-си, қизалоқ. Энг асосийси соғ-саломат юрибммз.
Sokina & Mohitabon
2020-yil bizga ham baxt olib keldi. Ikki qizimiz boridi o‘g‘il farzandli bo‘ldik. Ollohimga behisob shukurlar bo‘lsin. Bu yog‘iga shu uchala farzandlarimizni baxtu kamolini ko‘rishni so‘raymiz xudodan.
Dilbar Tulibayeva
Assalomu alekum. Farzand muborak bòlsin.
2020yil hayotimda katta tajriba bòldi. Oxirgi qarorim esa hayotimni hal qildi. Endi buyoģiga hammasi yaxshi bòlishini xudodan sòrab qolaman🤲🤲🤲. Har kim òz yaxshi niyatlariga ana shu 2021yilda yetishsn.
Умри билан берган булсин ИншаАллох. Камида узизга ухшаган акилли инсон булсин
Ermatova Ozoda Soatovna
Farzand MUBORAK BO'LSIN !Xushnudbek buncha ham yuragimga yoqimli gaplarni gapirasiz ey sizga havas ,havas,havas bilan yashayman
Ermatova Ozoda Soatovna
Allox omadingizni bersin hamisha
Ermatova Ozoda Soatovna
Farzandim,nabiralarim faqat sizga o'xshasin Deb,yurak yuragimdan hohlayman
Assalomu alaykum. Barchaga yangi yil muborak. Eski 2020 yil rostanam juda ham kop negativlar qoldirdi hayotimda. Lekin postni o'qib ikkimiz ham bir hil holatda ekanimizni tushindim. Hushnudaka bu yilda men ham ota bo'ldim, bu ajoyib o'zgacha baxt. Buni soz bilan ifoda etish qiyin. O'sha eng og'ir eng zerikarli pandemiya kunlarida ham chaqaloq bilan judaham mazmunli otkazdik kunlarni))) respect
Maxfuzaxon
Xushnudbek farzand muborak bo'lsin! Baxtli- saodatli va eng kamida sizdek farzand bo'lib ulg'aysin! Sizga juda havasim keladi, ilohim o'g'lim ham sizdek el- yurtini, oilasini ustun qo'yadigan inson bolib yetishsin🤲🏻
Assalomu alaykum Xushnud aka. Tabriklayman ilohim umri bilan bergan bolsin. Eng kamida siz kabi yaxshi inson bo'lib yursin... Sizga esa bu yilda yana-da ulkan zafarlar tilab qolaman.

2020-yil har yildek o'tdi. Korona virus esa hech qanday xavf bo'la olmaydi hayotimda. Ota-onam, yaqinlarim sog'-u salomat. Eng katta baxt esa manashu. Bundan boshqasi bekor...
Assalomu alaykum,Xushnudbek! Avvalambor Yangi yil muborak! Keyin farzand qutlug' bo'lsin!
Eski yildan man ham xafa emasman. Tog'ri,yo'qotishlar ko'p bo'ldi! Lekin virus bizni har tomonlama kuchli bo'lishga undadi va o'rgatdi! Shuning uchun man virusdan JUDA MINNATDORMAN!
Kuchli o'zgarishlarga boy yil bo'ldi, ko'o'p narsalarning qadriga yetishni o'rgandik!
Man uchun eng muhimi Qalb kasbimni topdim! Bunda rivojlanishni yo'lga qo'ydim!
Endi 2021- yil hammamizga baxt, OMAD,quvonch olib kelsin!
Abdulloh
Assalomu Alekum hammaga,Xushnudbek aka sizni ota bo'lish baxtiga erishganinggiz bilan tabriklayman,huddi o'zinggizdek ilmli inson bo'lib yetishsin,hammamizni yangi yilda qilgan niyatlaringgiz amalga oshsin Hudo hohlasa,
2020-yil sinovli yil bo'ldi Allohga shukur bu yildan ham o'tib oldik,eng muhimi hammamiz sog'logimiz haqida ko'proq qayg'urishimizni kerakligini bildik chunki sog'lik eng katta ne'mat.
Bozorova
Жиянларим академия ва мед институт талабасибулишди Ва яна бир жияним физика ва математика фани буйича номзодлик еклади Кетма кет 3 киз жиянларим турмушга чикишди Энг асосийси омон колдик
Bozorova
Фарзанд муборак булсин Аллох умрини узун килсин Сизни уз укамдек яхши кураман Ишларингизга омад ер булсин
Assalomu alaykum Xushnudbek Yangi yil sizga ham muborak boʻlsin, farzandingizni olloh umri va rizqi bilan bergan boʻlsin. Otasiga munosib farzand boʻlsin. 2020- yilda bizning oilada ham ko'p yangiliklar bo'ldi jiyanim Med.Institutga kirdi 1- topshirishda, ukam Tosh.meni vrach-lobarant kursiga o'qishga kirdi o'zim Sam.CHTI ni magistraturasiga kirdim. Bu yil bizga omadli keldi.
𝔹ℝ𝕀𝕃𝕃𝕀𝔸ℕ𝕋
Хушнудбек ушбу утган йилда сиз ота булибсиз табриклайман! Аммо мен
учун 2020 йил хафа булиб эслайдиган йил булди,мен суянган тогим отамни йукотдим,карантин деб сухбатларида булолмадим,аксига олиб отажоним телефонда гаплашаолмасди.Буларни ёзаяпману йиглаяпман,кайси хатойим учун жазо булди бу,бир умрлик армонлар...
Bozorova
Фарзанд муборак аллох умрини узун килсин
Show next 54 comments