2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum Xushnud aka. Tabriklayman ilohim umri bilan bergan bolsin. Eng kamida siz kabi yaxshi inson bo'lib yursin... Sizga esa bu yilda yana-da ulkan zafarlar tilab qolaman.

2020-yil har yildek o'tdi. Korona virus esa hech qanday xavf bo'la olmaydi hayotimda. Ota-onam, yaqinlarim sog'-u salomat. Eng katta baxt esa manashu. Bundan boshqasi bekor...
Assalomu alaykum,Xushnudbek! Avvalambor Yangi yil muborak! Keyin farzand qutlug' bo'lsin!
Eski yildan man ham xafa emasman. Tog'ri,yo'qotishlar ko'p bo'ldi! Lekin virus bizni har tomonlama kuchli bo'lishga undadi va o'rgatdi! Shuning uchun man virusdan JUDA MINNATDORMAN!
Kuchli o'zgarishlarga boy yil bo'ldi, ko'o'p narsalarning qadriga yetishni o'rgandik!
Man uchun eng muhimi Qalb kasbimni topdim! Bunda rivojlanishni yo'lga qo'ydim!
Endi 2021- yil hammamizga baxt, OMAD,quvonch olib kelsin!
Abdulloh
Assalomu Alekum hammaga,Xushnudbek aka sizni ota bo'lish baxtiga erishganinggiz bilan tabriklayman,huddi o'zinggizdek ilmli inson bo'lib yetishsin,hammamizni yangi yilda qilgan niyatlaringgiz amalga oshsin Hudo hohlasa,
2020-yil sinovli yil bo'ldi Allohga shukur bu yildan ham o'tib oldik,eng muhimi hammamiz sog'logimiz haqida ko'proq qayg'urishimizni kerakligini bildik chunki sog'lik eng katta ne'mat.
Bozorova
Жиянларим академия ва мед институт талабасибулишди Ва яна бир жияним физика ва математика фани буйича номзодлик еклади Кетма кет 3 киз жиянларим турмушга чикишди Энг асосийси омон колдик
Bozorova
Фарзанд муборак булсин Аллох умрини узун килсин Сизни уз укамдек яхши кураман Ишларингизга омад ер булсин
Assalomu alaykum Xushnudbek Yangi yil sizga ham muborak boʻlsin, farzandingizni olloh umri va rizqi bilan bergan boʻlsin. Otasiga munosib farzand boʻlsin. 2020- yilda bizning oilada ham ko'p yangiliklar bo'ldi jiyanim Med.Institutga kirdi 1- topshirishda, ukam Tosh.meni vrach-lobarant kursiga o'qishga kirdi o'zim Sam.CHTI ni magistraturasiga kirdim. Bu yil bizga omadli keldi.
𝔹ℝ𝕀𝕃𝕃𝕀𝔸ℕ𝕋
Хушнудбек ушбу утган йилда сиз ота булибсиз табриклайман! Аммо мен
учун 2020 йил хафа булиб эслайдиган йил булди,мен суянган тогим отамни йукотдим,карантин деб сухбатларида булолмадим,аксига олиб отажоним телефонда гаплашаолмасди.Буларни ёзаяпману йиглаяпман,кайси хатойим учун жазо булди бу,бир умрлик армонлар...
Bozorova
Фарзанд муборак аллох умрини узун килсин
ХУШНУДБЕК ФАРЗАНД МУБОРАК БУЛСИН ОЛЛОХИМ УМРИ БИЛАН БЕРГАН БУЛСИН
Гавхар🌹11
Ман учунам яхши йил булди, биринчи фарзандим дунёга келди🥰
Asror Bo'ran
Hushnudbek farzand muborak bo'lsin,Alloh ismingizga moslab hushnud qilgani chin bo'lsin.Farzandingiz kamida sizdek ma'suliyatli inson bo'lsin!
Savolizga javob beradigan bo'lsam bu yil bir oz qiyin o'tdi lekin Hudoga shukrlar bo'lsinki qiyinchiliklardan o'tib oldik yurtboshimizga rahmat boshlari omon bo'lsin!
Muxlisa Ravshanovna
Xushnudbek aka, tabriklayman, farzand muborak bo‘lsin. Umri uzun, rizqi baland, solih, elga hayrli farzand bo‘lsin, inshaalloh.
Allohga shukur, 2020-yil sinovli yil bo‘ldi bizga ham. Oilaviy kasallanib tuzaldik. Magistraturaga kirolmadim. Lekin shu o‘tgan yil eng katta orzularimdan biri ushaldi: 4yil deganda uy sotib oldik alhamdulillah. Berganlari va olganlari uchun Allohga shukur.
Tabriklimiz farzand muborak bolsin ilohim
2020 yil men uchun juda ham omadli yil boldi. Talaba bolish baxtiga erishdim.
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka sizni otalik baxti bilan tabriklayman. Farzandingizni umri uzun, rizqi butun, tarbiyasi otasiniki kabi chiroyli bo'lsin. Kelgusida xalqimizga xizmat qiladigan yaxshi inson bo'lsin. Sinovli o'tgan 2020-yildan umuman norozi emasman, aksincha har bir olgan nafasim va shu kunlarga yetganim uchun yaratganga shukrlar aytaman. Bu yil talaba bo'lishdik baxt nasib qildi😊
Oilamizda ham o'zgarishlar katta bo'ldi. Hammasiga shukr! O'qishga kirish emas, undan keyin o'qish muhimligini tushundim.
Tabriklayman qo'shaloq bayram bilan...Umri bilan bergan bo'lsin ilohim
Aziza
Tabriklayman Xushnudbek aka tabriklayman . O'tgan 2020 yil men ham farzandli bo'ldim . Talabaman karantin tufayli farzandimni o'zim uyda qarayabman agar karantin bo'lmaganda men farzandimga o'zim qarolmas ekan .Karantinni ham yaxshi tarafi bor ekan .
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, avvalambor ollohim sizni farzand ne'mati bilan, qo'chqordek o'g'il bilan siylaganidan xursandman, chin dildan tabriklayman!
Ortda qolgan 2020-yil siz aytganingizdek mashaqqatlar, sinovlar, bevaqt yo'qotishlar yili bo'ldi albatta xalqimiz uchun.
Ammo shu bilan bir qatorda mening hayotimda ham keskin burilish yasagan yil bo'ldi, ijobiy o'zgarishlar bilan esda qolarli yil bo'ldi. Chunki 5 yil intilib, orziqib kutgan talabalik baxti menga nasib etdi, alhamdulilloh grand asosida talaba bo'ldim!
2021-yil butun o'zbek xalqi uchun omadli, fayzli va barokatli yil bo'lib kelishini ollohimdan so'rab qolaman!
Sadoqatxon Murodjon qizi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka! Farzand muborak! Men uchun og'ir yil bo'ldi, qaysidir ma'noda....tug'ilishi kutilayotgan farzandim nobud bo'ldi, ammo magistrant bo'ldim... Bu ham yaxshilikka...Alhamdullillah...
Tabriklayman ilohim umri b.n bergan bulsin. Men uchun 2020 juda yomon buldi. Mehribon dadajonimdan ayrildim. 2021 omadli bulsin
Barcha yurtdoshlarimizga bayram muborak.Bu yil hamma uchun sinovli yil bòldi,hayot bir tekis emas,past-balandliklardan iboratligini dunyo misolida kòrdik,soģlik eng katta boyligimiz ekanligini yurakdan his qildik,yurtimizda katta yòqotishlar bòldi,òtganlarni Olloh rahmatiga olsin.Bu yil tònģich farzandim talaba bòldi( va nihoyat,2 yil kira olmagan edi,3-yili nasib qildi),kichigi 2-kursga òtdi,hayot davom etayapti,qiyinchiliklar ortda qolib shirin tashvishlar bilan band bòlaylik.Farzandingiz katta yigit bòlsin,siz kabi xalq xizmatida bòlsin.
Show next 41 comments