2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.

Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.

Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди — ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.

Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.

Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

620 comments

Show 100 more comments
Bozorova
Фарзанд муборак аллох умрини узун килсин
ХУШНУДБЕК ФАРЗАНД МУБОРАК БУЛСИН ОЛЛОХИМ УМРИ БИЛАН БЕРГАН БУЛСИН
Гавхар🌹11
Ман учунам яхши йил булди, биринчи фарзандим дунёга келди🥰
Asror Bo'ran
Hushnudbek farzand muborak bo'lsin,Alloh ismingizga moslab hushnud qilgani chin bo'lsin.Farzandingiz kamida sizdek ma'suliyatli inson bo'lsin!
Savolizga javob beradigan bo'lsam bu yil bir oz qiyin o'tdi lekin Hudoga shukrlar bo'lsinki qiyinchiliklardan o'tib oldik yurtboshimizga rahmat boshlari omon bo'lsin!
Muxlisa Ravshanovna
Xushnudbek aka, tabriklayman, farzand muborak bo‘lsin. Umri uzun, rizqi baland, solih, elga hayrli farzand bo‘lsin, inshaalloh.
Allohga shukur, 2020-yil sinovli yil bo‘ldi bizga ham. Oilaviy kasallanib tuzaldik. Magistraturaga kirolmadim. Lekin shu o‘tgan yil eng katta orzularimdan biri ushaldi: 4yil deganda uy sotib oldik alhamdulillah. Berganlari va olganlari uchun Allohga shukur.
Tabriklimiz farzand muborak bolsin ilohim
2020 yil men uchun juda ham omadli yil boldi. Talaba bolish baxtiga erishdim.
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka sizni otalik baxti bilan tabriklayman. Farzandingizni umri uzun, rizqi butun, tarbiyasi otasiniki kabi chiroyli bo'lsin. Kelgusida xalqimizga xizmat qiladigan yaxshi inson bo'lsin. Sinovli o'tgan 2020-yildan umuman norozi emasman, aksincha har bir olgan nafasim va shu kunlarga yetganim uchun yaratganga shukrlar aytaman. Bu yil talaba bo'lishdik baxt nasib qildi😊
Oilamizda ham o'zgarishlar katta bo'ldi. Hammasiga shukr! O'qishga kirish emas, undan keyin o'qish muhimligini tushundim.
Tabriklayman qo'shaloq bayram bilan...Umri bilan bergan bo'lsin ilohim
Aziza
Tabriklayman Xushnudbek aka tabriklayman . O'tgan 2020 yil men ham farzandli bo'ldim . Talabaman karantin tufayli farzandimni o'zim uyda qarayabman agar karantin bo'lmaganda men farzandimga o'zim qarolmas ekan .Karantinni ham yaxshi tarafi bor ekan .
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, avvalambor ollohim sizni farzand ne'mati bilan, qo'chqordek o'g'il bilan siylaganidan xursandman, chin dildan tabriklayman!
Ortda qolgan 2020-yil siz aytganingizdek mashaqqatlar, sinovlar, bevaqt yo'qotishlar yili bo'ldi albatta xalqimiz uchun.
Ammo shu bilan bir qatorda mening hayotimda ham keskin burilish yasagan yil bo'ldi, ijobiy o'zgarishlar bilan esda qolarli yil bo'ldi. Chunki 5 yil intilib, orziqib kutgan talabalik baxti menga nasib etdi, alhamdulilloh grand asosida talaba bo'ldim!
2021-yil butun o'zbek xalqi uchun omadli, fayzli va barokatli yil bo'lib kelishini ollohimdan so'rab qolaman!
Sadoqatxon Murodjon qizi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka! Farzand muborak! Men uchun og'ir yil bo'ldi, qaysidir ma'noda....tug'ilishi kutilayotgan farzandim nobud bo'ldi, ammo magistrant bo'ldim... Bu ham yaxshilikka...Alhamdullillah...
Tabriklayman ilohim umri b.n bergan bulsin. Men uchun 2020 juda yomon buldi. Mehribon dadajonimdan ayrildim. 2021 omadli bulsin
Barcha yurtdoshlarimizga bayram muborak.Bu yil hamma uchun sinovli yil bòldi,hayot bir tekis emas,past-balandliklardan iboratligini dunyo misolida kòrdik,soģlik eng katta boyligimiz ekanligini yurakdan his qildik,yurtimizda katta yòqotishlar bòldi,òtganlarni Olloh rahmatiga olsin.Bu yil tònģich farzandim talaba bòldi( va nihoyat,2 yil kira olmagan edi,3-yili nasib qildi),kichigi 2-kursga òtdi,hayot davom etayapti,qiyinchiliklar ortda qolib shirin tashvishlar bilan band bòlaylik.Farzandingiz katta yigit bòlsin,siz kabi xalq xizmatida bòlsin.
_𝓝___𝓴𝓪_
2020-yilda grant asosida talaba boldim. ALHAMDULILLAH
O‘zbekiston MFY Abduvaliyev Javlon
Assalom yangi yillar xammamizga qutlug' kelsin Xushnudbek aka tabriklimiz men xam shu yil ota buldim ollohga shukr
Iroda Iskandarova
Assalomu aleykum hammaga bayram muborak bo'lsin! Xushnudbek aka tabriklayman, farzandingizni umri uzoq bo'lsin! Ukalari singillari ko'p bo'lsin. 2020-yil esda qoladigan yil bo'ldi, chunki men oila qurdim, o'z ota uyimni tashlab o'zga uyda mustaqil hayotga qadam qo'ydim. Hammasi uchun ollohimga behisob shukur!
O'tib borayotgan 2020 men uchun ham omadli,butun umr davomida esimdan chiqmaydigan ajoyib yil boʻldi.
Darhaqiqat farzand haqida gap ketti. Men ham baxtli onaman l, chunki 2 ta farzandim---o'g'lim Qoraqalpoq Davlat universiteti yuridik fakulteti,qizim Samarqand Davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi boʻldi, Ollohga shukur!
Oila-a'zolrimiz hammamiz juda xursandmiz. Ko'z tegmasin! Yutug'larimiz davomli bo'lsin! Yaxshi kunlar ko'p bo'lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!
Xushnudbek ota bo'lganinggiz bilan tabriklayman
Aslida, har bir yil bizni bardoshli va qat'iyatli bo'lishga undaydi.Yillar va vaqt eng yaxshi o'qituvchi nazarimda.2016-yil talaba bo'ldim va universitetga kirgandan so'ng tashqaridagi niyat va orzu istaklar ichkariga to'g'ri kelmasligini,yozilmagan qonun qoidalar borligini angladm.2020 yil universitetni tugatib diplomga ega bo'ldim,ammo ish qayerda? Ishq qidirib sarson bo'ldim.Shunga qaramay ,oktabr oyida ishga joylashdim,aslida o'qishni iyul oyida tugatgandm orada o'tgan oylar davomida haqiqat biz bilmagan qonun qoidalar borligini haqiqatni aytsang hammaga birday yoqavermasligingmi anglab yetdim.Ishni boshlagan dastlabki hatalardanoq hech narsaga arzimaydigan qog'ozbozlikdan nafratlana boshladm.Prezidentimizning yoshlar forumidagi va Oliy Majlisdagi nutqidan juda xursand bo'ldim.Sababini bilgandirsiz.Nima ham derdik 2020-yilni har kim har xil o'tkazdi.Shu yerda bitta xalq maqoli esimga tushdi "bunday vaqtda yog'on cho'ziladi,ingichka uziladi"Ollohga beadad shukur yurtimiz tinch.Osmonimiz musaffo.Ayrim insonlarga insof berishini so'rab o'pkamga toza havoni simirib ya'na yangi ishlar sari otlanam.2020-yilga esa unitilmas tajribalari uchun rahmat aytaman.2021-yil qut-baraka,sog'lalomatlik,tinchlik doimo hamrohimiz bo'lsin.Daryolarimizda suv mo'l bo'lsin yoshlarni qayg'uradigan yurtboshimiz omon bo'lsin.Shaxsan fikrim,Rasul Kusherbayev va Xushnud Hudoyberdiyev singari haqiqatni dadil aytadigan rahbarlarni yaxshi ko'raman va kanallari uchun tashakkur aytaman!
2020 yilni men un yaxshi joyi talaba bo‘ldim
Show next 34 comments