2020 йил ортда қолмоқда. Қийин ва мураккаб йил бўлди. Синовлар йили бўлди.
Ва энг асосийси тажрибалар йили бўлди. Хатоларимизни кўриб, улардан тўғри хулосалар чиқарадиган йил бўлди.
Ҳар неки бўлмасин, 2020 йилни ёмон кўриб қолганим йўқ, уни яхши таассуротлар билан эслайман. Чунки у мен учун бутун умрга унутилмас йил бўлди —
ота бўлдим! Бу ўткинчи дунёнинг бутун дарду ташвишлари фарзандингизнинг биргина кулгусига арзимаслигини танамда ҳис қилдим. Бу қандайдир ажиб, ўзгача ҳис. Таърифлашга қийналаман.
Лекин биринчи фарзанд сизники бўлмас экан, у бобо-бувисиники бўларкан :) Ота-онангиз фарзандингиз туфайли яна болаликка қайтар экан. Бахтимга омон бўлишсин, илоҳим.
Сиздачи? Сиз 2020 йилдан қандай хулосалар чиқардингиз? Қандай хурсандчиликлар, қандай синовларга дуч келдингиз? Шулар ҳақида фикрларингизни қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Ortda qolgan 2020-yil siz aytganingizdek mashaqqatlar, sinovlar, bevaqt yo'qotishlar yili bo'ldi albatta xalqimiz uchun.
Ammo shu bilan bir qatorda mening hayotimda ham keskin burilish yasagan yil bo'ldi, ijobiy o'zgarishlar bilan esda qolarli yil bo'ldi. Chunki 5 yil intilib, orziqib kutgan talabalik baxti menga nasib etdi, alhamdulilloh grand asosida talaba bo'ldim!
2021-yil butun o'zbek xalqi uchun omadli, fayzli va barokatli yil bo'lib kelishini ollohimdan so'rab qolaman!
Darhaqiqat farzand haqida gap ketti. Men ham baxtli onaman l, chunki 2 ta farzandim---o'g'lim Qoraqalpoq Davlat universiteti yuridik fakulteti,qizim Samarqand Davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi boʻldi, Ollohga shukur!
Oila-a'zolrimiz hammamiz juda xursandmiz. Ko'z tegmasin! Yutug'larimiz davomli bo'lsin! Yaxshi kunlar ko'p bo'lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!
Xushnudbek aka, ishlarizga omad, doimo shunday xalqni xizmatidan charchamang, ota-onangizdan olloh rozi bo‘lsin,
(Aytgancha 2020-yilda unashtirildim🙃🤗)
Men ham karantinni qiyin kunlarida ota bo'ldim.
2020-yilda Ollohga shukur man talaba bõldim
Farzandingizni umri uzoq bõlsin .Rohatini kõring
Hozirda sizning telegram kanalingizni muntazam koʻrib boraman, sizdek inson boʻlib yetishishni orzu qilaman, Ilohim bizga ham sizdek boʻlib yetishis nasib etsin. Kelgusi ishlaringizni Hudoning oʻzi qoʻllasin.
Yangi 2021 yil barchamizga qutluq kelsin!!
"Ipak Yoʻli" Xalqaro Turizm Universiteti 1-kurs talabsi Shoxrux Xaytboev