⚡️Супер контрактнинг минимал миқдорлари белгиланди
Кириш имтиҳонлари натижаларига кўра тўплаган баллари тасдиқланган тўлов-контракт доирасидаги қабул параметрлари чегарасига
4,05 баллдан ортиқ етмаган, 56,7 баллдан кам бўлмаган ҳолда, қўшимча равишда ўқиш истагини билдирган абитуриентларнинг
биринчи ўқув йили учун амалда белгиланган базавий тўлов-контракт миқдорларига нисбатан табақалаштирилган тўлов-контрактнинг
минимал миқдорлари тасдиқланди.
Супер-контракт минимал миқдорини ҳисоблашда
стипендиясиз базавий тўлов-контракт бўйича ўқитиш қиймати қўлланади.
Шунингдек, коронавирус инфекциясига қарши эмланган (вакцина олган) абитуриентларга супер-контракт минимал миқдорига
10 фоизли чегирма берилади.
👉 @xushnudbek 👈
❓«Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?
Mandat chiqqandan so'ng ko'pchilikda super-kontrakt narxlariga qiziqish boshlanadi. Hozir super-kontraktni kimlar va qanday to'lashi haqida tushuntirib o'tamiz.
❓Qo‘shimcha kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?
Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, qo‘shimcha kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.
❓Qo‘shimcha kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?
O‘qishga kira olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.
❓Ariza qayerga beriladi?
Qo‘shimcha kontraktda o‘qish istagida bo‘lganlar OTMni Marketing bo‘limiga borib rektori nomiga ariza yozib keladi.
❓Beshta yo‘nalishdan qaysi birida o‘qish mumkin?
O‘tgan yili istalgan 3 ta yo‘nalishdan birida super-kontraktda o‘qishga ruxsat berilgandi. Joriy yilda ham istalgan beshta yo‘nalishdan birida super kontrakt to‘lab o‘qishga ruxsat berilsa kerak.
❓Qo‘shimcha kontraktning narxi qancha?
Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
✅ 1-toifa
Kirish chizig‘iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to‘laydi. Jumladan:
1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;
2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.
Masalan, kirish bali 130 bo‘lgan deylik. 129 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini to‘laydi. Masalan, asli 8 mln so‘m kontrakt bo‘lsa, 12 mln so‘m to‘lasa kifoya.
128,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini to‘laydi, ya’ni 16 mln so‘m. Va h.k.
✅ 2-toifa
56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish chizig‘iga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 8 yo 10 baravaridan oshiq miqdorda to‘laydi.
Masalan, yana o‘sha kirish 130 ball bo‘lgan yo‘nalishni misol qilib olsak, 125,9 balldan kam 56,7 balldan ko‘p to‘plaganlar 2-toifaga tushadi.
Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi. Shuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar o‘zlari mustaqil belgilashadi.
✅ 3-toifa
56,7 balldan kam to‘plaganlar (masalan, 1 ball bo‘lsa ham) 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘lab o‘qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 10 barobar bo‘lsa, 56,7 balldan kam to‘plaganlar 20 barobar to‘lab, super-muper kontraktda o‘qishi mumkin.
❓Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?
Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.
❓Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi?
O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.
❓Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?
Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin.
❗️ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o‘sha yo‘nalishdagi stipendiyasiz kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni stipendiyasiz kontrakt 8 mln so‘m bo‘lsa, 10 barobar bo‘lganda qo‘shimcha kontrakt uchun 70 mln so‘m to‘lanadi.
Superga kirmoqchilarga yuboring👇
https://t.me/joinchat/YZgx_1OgqYFhNjI6