Super kontrakt miqdori.pdf
973.9 KB
⚡️Супер контрактнинг минимал миқдорлари белгиланди

Кириш имтиҳонлари натижаларига кўра тўплаган баллари тасдиқланган тўлов-контракт доирасидаги қабул параметрлари чегарасига 4,05 баллдан ортиқ етмаган, 56,7 баллдан кам бўлмаган ҳолда, қўшимча равишда ўқиш истагини билдирган абитуриентларнинг биринчи ўқув йили учун амалда белгиланган базавий тўлов-контракт миқдорларига нисбатан табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари тасдиқланди.

Супер-контракт минимал миқдорини ҳисоблашда стипендиясиз базавий тўлов-контракт бўйича ўқитиш қиймати қўлланади.

Шунингдек, коронавирус инфекциясига қарши эмланган (вакцина олган) абитуриентларга супер-контракт минимал миқдорига 10 фоизли чегирма берилади.


👉 @xushnudbek 👈

886 comments

Show 100 more comments
Мохинур У.Сатимбаева
𝓜_𝓢𝓪𝓰𝓭𝓾𝓵𝓵𝓪𝔂𝓮𝓿𝓷𝓪 ™🤍
​​⚡️Super-kontrakt masalasida ayrim savollarga javoblar! ❓«Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun? Mandat chiqqandan so'ng ko'pchilikda super-kontrakt narxlariga qiziqish boshlanadi. Hozir super-kontraktni kimlar va qanday to'lashi haqida tushuntirib o'tamiz. ❓Qo‘shimcha kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak? Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, qo‘shimcha kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi. ❓Qo‘shimcha kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak? O‘qishga kira olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak. ❓Ariza qayerga beriladi? Qo‘shimcha kontraktda o‘qish istagida bo‘lganlar OTMni Marketing bo‘limiga borib rektori nomiga ariza yozib keladi. ❓Beshta yo‘nalishdan qaysi birida o‘qish mumkin? O‘tgan yili istalgan 3 ta yo‘nalishdan birida super-kontraktda o‘qishga ruxsat berilgandi. Joriy yilda ham istalgan beshta yo‘nalishdan birida super kontrakt to‘lab o‘qishga ruxsat berilsa kerak. ❓Qo‘shimcha kontraktning narxi qancha? Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi: ✅ 1-toifa Kirish chizig‘iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to‘laydi. Jumladan: 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar; 1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar; 2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar; 3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar. Masalan, kirish bali 130 bo‘lgan deylik. 129 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini to‘laydi. Masalan, asli 8 mln so‘m kontrakt bo‘lsa, 12 mln so‘m to‘lasa kifoya. 128,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini to‘laydi, ya’ni 16 mln so‘m. Va h.k. ✅ 2-toifa 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish chizig‘iga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 8 yo 10 baravaridan oshiq miqdorda to‘laydi. Masalan, yana o‘sha kirish 130 ball bo‘lgan yo‘nalishni misol qilib olsak, 125,9 balldan kam 56,7 balldan ko‘p to‘plaganlar 2-toifaga tushadi. Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi. Shuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar o‘zlari mustaqil belgilashadi. ✅ 3-toifa 56,7 balldan kam to‘plaganlar (masalan, 1 ball bo‘lsa ham) 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘lab o‘qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 10 barobar bo‘lsa, 56,7 balldan kam to‘plaganlar 20 barobar to‘lab, super-muper kontraktda o‘qishi mumkin. ❓Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta? Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi. ❓Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lasa bo‘ladimi? O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak. ❓Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi? Yo‘q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida o‘z kreditlarini taklif etishi mumkin. ❗️ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o‘sha yo‘nalishdagi stipendiyasiz kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni stipendiyasiz kontrakt 8 mln so‘m bo‘lsa, 10 barobar bo‘lganda qo‘shimcha kontrakt uchun 70 mln so‘m to‘lanadi. Superga kirmoqchilarga yuboring👇 https://t.me/joinchat/YZgx_1OgqYFhNjI6
Wow, kattakon rahmat
𝓜_𝓢𝓪𝓰𝓭𝓾𝓵𝓵𝓪𝔂𝓮𝓿𝓷𝓪 ™🤍
Мохинур У.Сатимбаева
Wow, kattakon rahmat
Arzisz
Jasur Mamarasulov
No turdosh perivotlar qachon chiqadi
Vaksina buyica cegirma 1-noyabrgaca edj endi bu muddat yana cuziladimjbwunda?
Assalomu aleykum yuqorodagi jadvalda psixologiya yo'nalishi uchun super kantrakr 10 barobar deb berilgan yana boshqa bir jadvalda ko'rdim unda 8 baravar deyilgan.men amaliy psixologiya yo'nalishga ariza bergandim nechchi barobar to'lashim kerak
А 🎀D🎀S
Nechaga bòlib tòlasa bòladi super kontraktni shu xaqida ma'lumot bersangiz
Gulnoza
Assalomu aleykum jismoniy madaniyat yo'nalishi bo'yicha xorijdan perevod qilish bali qancha
Mohinoza Ne'matova
Super kontraktni javoblari qachon chiqar ekan
Митти Фариштааа💜🧚‍♀️🏹
Салом 59 бал туплаган болса Жахон тиллар корес тили филологиясига нечпул толайди супер кантракда ким билса хисоб китоб кибирсин илтимос
Хожиакбар
Salom hammaga Xushnudbek aka bilan qanday boglansam boladi
Saloxiddinjon
Salom men maktabgacha talim yunalishga supir kantirak tulamoqchi edim ariza bergandim qabul qilinganini qayirdan bilamiz
Salom men xorijdan uqiyman 53,7bal tupladim Nzomen super kantirag qanchalar buladi shun qanday bilsam buladi
M........
Assalomu aleykum yuqorodagi jadvalda psixologiya yo'nalishi uchun super kantrakr 10 barobar deb berilgan yana boshqa bir jadvalda ko'rdim unda 8 baravar deyilgan.men amaliy psixologiya yo'nalishga ariza bergandim nechchi barobar to'lashim kerak
Mendaham xuddi siznikidek edi...Satsiologiya(psixologiya turlari yani amaliy psixologiya) 10 barobar...Boshqasi Pedogogika va psixologiya bu 8 barobar farqi bor..shuning uchun men pedogogika va psixologiyaga topshirdim
❤️.M͜͡i͜͡s͜͡s͜͡@G͜͡i͜͡r͜͡l͜͡.❤️
Assalomu alaykum, men Milliyga ingliz tiliga pervot qilgandim sababiz Yu Deb tabaqalashturilgan super kantirakt dedi, pervot uchun qancha miqdorda pul to'limiz.?
Assalomu aleykum tehnika unversitetiga muqobil energiya yunalishiga topshirdim sirtqi qismiga 4.2 bal yetmadi qancha buladi kantrak narxi
Superga qaysi saytdan ariza topshirildi
_Fizika_
superlarga oqish qachondan boshlanadi
Salom men boshlangich talimga topshirgandim balim 51.9bal bulgandi tulov kantrak qilmoqchiman puli qancha buladi
Show next 100 comments