Йиғлаб борсам, ҳўнграб чиқди

Журналист ва блогер Азиза Қурбонова ўзининг Телеграм каналида бир пост қолдирди. Уни тўлиқлигича сизларга ҳавола қилмоқчиман:

«Сирдарё вилоятида хизмат сафаридамиз. Аёлларни эшитяпмиз. Синиққан табассум ортида юз туяга юк бўлгулик дардлар, изтироблар... Ҳаммаси ҳам ҳамма гапни ҳам микрофонга айтгиси келмайди. Қулоғимга айтолганлари бир даҳшат...

Турмуш ўртоғидан айрилган, яшаш қийинчиликларида жизғинаги чиқаётган аёл "ёлғизлик энг ёмони, ҳар ўтган бир туртади" дейди.

Турмуш ўртоғи билан амаллаб рўзғор тебратаётган, ҳаёт аравасини тортаётган аёл эса битта гул орзусида 40 га чиқяпти.

Ўзи етим ўсган, сўнг гул ёшида ичувчи эрдан бева қолган, 3 кунда 1 гектар ерни ағдарадиган эркакка айланиб кетган аёлнинг яна икки қизи бева-ю ажрашиб кетганини эшитиб, нима дейишни билмайсан. 60 га чиқди бу аёл, қачон энди ўзи учун яшайди, қачон бахтни ҳис қилади, қачон иссиқ уйда яшайди, қачон дастурхони тўлади, қачон яхши жойда даволанади...

-Нима оляпсизлар, камерами- деб олдимизга келишади аёллар қора пластмасса оёқ кийимида лойга ботганча.

-Сизларни олгани келдик.

-Вой, қишлоқ аёллари хунук экан дейишмасин, бер буёққа калишимни, дейди аёл. Мишиғи оқиб турган ўғлининг оёғидаги калишни ўзининг "платмасса бўтик" ига алмаштиради, калиш эса платмасса оёқ кийимидан-да хафароқ кўринади...

Ўзим сиқилган, ўзим эзилган, мен муаммо деб билган гаплар, ҳолатлар бугун кўрганларим олдида нақадар уят, нақадар ношукрлик, нақадар аҳмоқлик...

Кимда ҳамма нарса бор, кимда эса ҳеч нарса...

Кечиринг».

Пост тугади


👉 @xushnudbek 👈

265 comments

Show 100 more comments
O‘zim ham qishloqda turaman qishloqda hamma bir birini taniydi biror gapni aytgani uyaladi qishloqdagilar,ichidagi dardni aytolmaydi.Har bir oila bn indivudalni ishlamaydi mutasaddilar.Mahalla faollari hamon uyquda.Yordam pullari beva bechoralarga berish o‘rniga dang‘illama uyi bor,tagida mashinasi bor odamlarga beriladi.Hamma yoq tanish bilish.
Javohir Botirov
Hurmatli jurnalistxon!!! Ularni muammosini ijtimoiy tarmoqda yoritib, nimaga erishdingiz oyoģidagi kalishini yangilab berdingizmi, yoki bir boģ gul sovģa qildizmi??!!
Аллох сабру жамил берсин. Жаннатни хурларидан юксак макомларга чикасиз мунис аёллар, иншааллох.
С Ш А
Shaharda tug'ilganlar, omadi chopganlar!
Унчалик эмас, ажр олишда фарклар бор
Bunaqa holatlar juda kop afsuskiy bizda .
Mani faqat o'qish qiynayotgan edi, shuning uchun univerdan ketmoqchidim. Lekin endi ilm olish uchun jonimni ham beraman
: Irodajon
Kecha tv da 5 tashabbusga rahmat deb bitta operachi qiz chiqdi, alimoff ning zulfiyachi qiz lar haqidagi posti esimga keldi, Men Jizzax viloyatidanman 5 tashabbusning 5 gr ham amaliy ko'rinishini ko'rmadik, xohlardim bir biridan ajoyib qarorlar, farmonlar amalda ham ko'rinishini, hafa bo'lib ketaman, bir xil vaqtlari, yaqinda rektor yig'ilish qildi, men ham kiray 2 ta taklifim bor dedim, taklifim : yo'qlamani elektronlashtirish va kutubxonadagi kitoblarni adadini qo'lda print qilib bo'lsayam ko'paytirish edi, rektor yig'ilishigacha yetib borolmadim, yo'lda chopishdi meni, kafedra mudirami, tomonidan, hullas manashunaqa, agar shu ketish ketsak qanday kelajak buyuk deymiz
berilgan nematlarning ozi xam ko`pi xam sinov lekin bu opamiz sirdaryoni bir qishlog`idagi xolatni aytyapti butun o`zbekistondagi chekka chekka qishloqlarida shu axvol qishloqdagi ayollar kurortga dam olishga dunyo ko`rmaganiga xatto davolana olmaganiga xam xar doim xam noliyvermaydi bu ularni ongsizligini anglatmaydi ular shunchaki ilojsiz
2-maktab Sh.Rahmonova
Birni koʻrib fikr qil, birni koʻrib shukur qil deb bekorga aytishmagan
Doniyor Abdurahmonov
Xushnudbek.uz ga qanday boglansam boladi iloji bolsa shaxsan ozlarini tel nomeri bolsa juda yaxwi bolardi
Qaniydi qishloqlarimizdagi vatandoshlarimiz yaxshi yashashsa... Qaniydiii.. Shunday sharoitlarda ham, boriga shukr qilib yashayotgan xalqqa qoyil qolaman.
Maxmudova Mohira
Odamlardan u bo'lmayapti, bu bo'lmayapti deb hafa bo'lish kerak emas. Fikrimcha aybdor qidirish kerak emas. Shunchaki jur'atli bo'lish kerak. Bizga jasorat yetishmaydi. "Harakat qil. Natija 0 bo'lsa ham, bir kun kelib kurashmagandim deb afsuslanmaysan." Shu shiorga amal qilaman. Mayli nafsi buziq xohlaganicha elni talasin tanlov uniki, javobini u beradi. Lekin bizda jasorat bo'lmas ekan nafsi buziqlarga o'lja bo'lib qolaveramiz. Mamalakatimiz esa usti yaltiroq qoloqlar yurti bo'lib qolaveradi.
Tepadagi vijdonsizlarni nafsi orqali hammasi. Hozir sanaydigan bo‘lsam judddda ko‘p amaldorlar bor. Xalqqa foydasi tegmasa ham mayli ular xalqga boradigan pulni yeb yotishibti. Ularni shahardagi to‘yini ko‘rsanggiz u to‘ydagi harajatlarga to‘grisi oddiy qishloqdagi oila bemalol 1 yil yashaydi. Onasini emsin iltimos xallqga kelishi kerak bo‘lgan pulni yemanglar yesanggizlar ham insof bilan yenglar
Илхом
Жаннат ахлининг аксарияти яьни кўпчиллиги камбағал ва фақирлар-деб ўқиганман.
Гули Маьруфхонoвна Терапевт
Shaharda turub, shaharda yashab gapirish oson. Qishloqda bir yashang , bir kungina yashab ko'ring. Hech narsa yo'q va hech nima qilib bo'lmaydigan joyda.
Ahvol yiglagulik🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️😥😥😥
Khusanov_$orabek
У аеллар хам дунега бир марта келади.Халкимизда саховатпеша инсонлар куп.Шундай шароити огирларга ердам килиш керак.
Ayol bòlib tuģilishning òzi bir qiyinchilik...Ularga haqiqatdan yordam berish kerak.
Исмигул Гулжон
юрагим эзилди бу бор гап лекин
Shahrda minbarlarda turib gapiradigan qorinboy amaldorlar qishloq ayoli qiladigan mehnatni milliondan birini qila olmaydi😢
Show next 100 comments