Йиғлаб борсам, ҳўнграб чиқди

Журналист ва блогер Азиза Қурбонова ўзининг Телеграм каналида бир пост қолдирди. Уни тўлиқлигича сизларга ҳавола қилмоқчиман:

«Сирдарё вилоятида хизмат сафаридамиз. Аёлларни эшитяпмиз. Синиққан табассум ортида юз туяга юк бўлгулик дардлар, изтироблар... Ҳаммаси ҳам ҳамма гапни ҳам микрофонга айтгиси келмайди. Қулоғимга айтолганлари бир даҳшат...

Турмуш ўртоғидан айрилган, яшаш қийинчиликларида жизғинаги чиқаётган аёл "ёлғизлик энг ёмони, ҳар ўтган бир туртади" дейди.

Турмуш ўртоғи билан амаллаб рўзғор тебратаётган, ҳаёт аравасини тортаётган аёл эса битта гул орзусида 40 га чиқяпти.

Ўзи етим ўсган, сўнг гул ёшида ичувчи эрдан бева қолган, 3 кунда 1 гектар ерни ағдарадиган эркакка айланиб кетган аёлнинг яна икки қизи бева-ю ажрашиб кетганини эшитиб, нима дейишни билмайсан. 60 га чиқди бу аёл, қачон энди ўзи учун яшайди, қачон бахтни ҳис қилади, қачон иссиқ уйда яшайди, қачон дастурхони тўлади, қачон яхши жойда даволанади...

-Нима оляпсизлар, камерами- деб олдимизга келишади аёллар қора пластмасса оёқ кийимида лойга ботганча.

-Сизларни олгани келдик.

-Вой, қишлоқ аёллари хунук экан дейишмасин, бер буёққа калишимни, дейди аёл. Мишиғи оқиб турган ўғлининг оёғидаги калишни ўзининг "платмасса бўтик" ига алмаштиради, калиш эса платмасса оёқ кийимидан-да хафароқ кўринади...

Ўзим сиқилган, ўзим эзилган, мен муаммо деб билган гаплар, ҳолатлар бугун кўрганларим олдида нақадар уят, нақадар ношукрлик, нақадар аҳмоқлик...

Кимда ҳамма нарса бор, кимда эса ҳеч нарса...

Кечиринг».

Пост тугади


👉 @xushnudbek 👈

265 comments

Show 100 more comments
berilgan nematlarning ozi xam ko`pi xam sinov lekin bu opamiz sirdaryoni bir qishlog`idagi xolatni aytyapti butun o`zbekistondagi chekka chekka qishloqlarida shu axvol qishloqdagi ayollar kurortga dam olishga dunyo ko`rmaganiga xatto davolana olmaganiga xam xar doim xam noliyvermaydi bu ularni ongsizligini anglatmaydi ular shunchaki ilojsiz
2-maktab Sh.Rahmonova
Birni koʻrib fikr qil, birni koʻrib shukur qil deb bekorga aytishmagan
Doniyor Abdurahmonov
Xushnudbek.uz ga qanday boglansam boladi iloji bolsa shaxsan ozlarini tel nomeri bolsa juda yaxwi bolardi
Qaniydi qishloqlarimizdagi vatandoshlarimiz yaxshi yashashsa... Qaniydiii.. Shunday sharoitlarda ham, boriga shukr qilib yashayotgan xalqqa qoyil qolaman.
Maxmudova Mohira
Odamlardan u bo'lmayapti, bu bo'lmayapti deb hafa bo'lish kerak emas. Fikrimcha aybdor qidirish kerak emas. Shunchaki jur'atli bo'lish kerak. Bizga jasorat yetishmaydi. "Harakat qil. Natija 0 bo'lsa ham, bir kun kelib kurashmagandim deb afsuslanmaysan." Shu shiorga amal qilaman. Mayli nafsi buziq xohlaganicha elni talasin tanlov uniki, javobini u beradi. Lekin bizda jasorat bo'lmas ekan nafsi buziqlarga o'lja bo'lib qolaveramiz. Mamalakatimiz esa usti yaltiroq qoloqlar yurti bo'lib qolaveradi.
Tepadagi vijdonsizlarni nafsi orqali hammasi. Hozir sanaydigan bo‘lsam judddda ko‘p amaldorlar bor. Xalqqa foydasi tegmasa ham mayli ular xalqga boradigan pulni yeb yotishibti. Ularni shahardagi to‘yini ko‘rsanggiz u to‘ydagi harajatlarga to‘grisi oddiy qishloqdagi oila bemalol 1 yil yashaydi. Onasini emsin iltimos xallqga kelishi kerak bo‘lgan pulni yemanglar yesanggizlar ham insof bilan yenglar
Илхом
Жаннат ахлининг аксарияти яьни кўпчиллиги камбағал ва фақирлар-деб ўқиганман.
Гули Маьруфхонoвна Терапевт
Shaharda turub, shaharda yashab gapirish oson. Qishloqda bir yashang , bir kungina yashab ko'ring. Hech narsa yo'q va hech nima qilib bo'lmaydigan joyda.
Ahvol yiglagulik🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️😥😥😥
Khusanov_$orabek
У аеллар хам дунега бир марта келади.Халкимизда саховатпеша инсонлар куп.Шундай шароити огирларга ердам килиш керак.
Ayol bòlib tuģilishning òzi bir qiyinchilik...Ularga haqiqatdan yordam berish kerak.
Исмигул Гулжон
юрагим эзилди бу бор гап лекин
Shahrda minbarlarda turib gapiradigan qorinboy amaldorlar qishloq ayoli qiladigan mehnatni milliondan birini qila olmaydi😢
Bir biridan bachkana "shou"lar,ahmoqona "ko‘rsatuvchalar",birovni bir tiynga o‘tmaydigan "muammochalari"dan ko‘ra shunaqa realniy hayotda bor narsalarni olib chiqaylik.To‘g‘ri "shov shuv"kamroq bo‘lar,"trentlar"ga chiqmas lekin kimdir ko‘rib fikr,kimdir shukr qilardi va IKKI DUNYO saodatiga erishardik...
Yana bilmadim biz "kiichkina odamcha"lar bo‘lsak...
Mansurovna X.
Bechora qishloqning bechora ayollari, ularni hech Kim oylamaydi yaxshi Azizaxon korganlarini yozibdilar, lekin bundan foyda bormikin, yaqinda 8-marta poytaxtda ayollar uchun katta konsert beriladi, shu konsertda ham o'zi shundoq ham tantanalar ichida yashayotgan elita xonimlar kiritiladi, hech bulmasa mana shunday bayramlarda qishloqi ezilgan ayollarni tekinga konsertlarga kirgazishsin hech bulmasa konglida g'uborlari ketarmidi, agar shunday taklif berilganda ham bundayam muttahamlik aralashib, qishloqning eng zodagon ayollarni "terib" olinadi,,,, eh hech narsani o'zgartirib bulmasdi. Ko'nglining tub-tubida armonlari toshga aylangan "bechora qishloqi ayollar"........
To'g'ri juda tasirli bor gap ayrim payt halol nonim bòlsa ham shunaqa narsalarni òylab tomoqni tirnab òtadi
Tepadagilar sal pasroqga tushib hamma joylarni sharoituda yaxshab ko'rishsa yaxshi bo'lardi
Insonlardan iymon yo'qolmasin
Show next 100 comments