Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 92 more comments
Soqqani qilib oliwsin endi zerikmay turizlar
Mavjuda G'ayratovna
Shu yil magistiraturaga o'qishga kirishga astoyidil xoxlardim.......o'yin bulsa but haqida o'ylamasam bularkanda-aa?
JAMSHID BOBONIYOZOV
Uyin bulyotgani aniq bumasa 2 gacha chiqadi degan edi bugun 3 nega chiqmedi qayirda qoldi xaqeyqat
Imtihongacha diplom va imtiyoz ballarni tayyorlab qo‘yish kerak edi.
Davlatga bo'lgan ishonch kamayib ketadi yoshlarda ..shunday ketaversa
Magistratura bu yili chiqmaydiyov menimcha
Assalomu alaykum ! Bizni intiq kutayotgan savolimizni olib chiqqan inson uchun katta rahmat. Biz umid qilamiz natijalar e'lon qilinishiga. Barcha magistraturaga topshirgan abituriyentlarga omad tilayman
Geography REPITITOR
Aniq chiqish vaqti aytilsin bo'ldi
2-3 kunda chiqadi deb aytishganiga mana 10 kun bo'ladi yaqinda🤪🤪🤪
Gʻayrat
O'ylaymaki yaxshi o'yin qilish uchun cho'zishyapdi, yoki shaffof bo'ladi deb personal kabinetda imtihon o'tkazishdi (magistraturaga) ammo eski "toz"ni hidi kelmoqda bu yil ham....
Afsus.
Жони Утаев
Kira olmagan abiturentlar boshqa oliy gohni kurishi keremi javobi chiqsin ushaga qarab harakat qilish kere
Magistrniki imtixoni online bo'ldiku. Ballar aniq bo'lsa hisoblashni nimasi qiyin.
eplab natijani hisoblolmayaptida togri tushunila dtmda ishlayatgalani saviyasi past yetarlicha bilimi yoq. ulagayam qiyin axir. tushunila. bilimli odamlani balini hisoblash bilimsizlaga osonmasu. mantiqni qarela natijala chiqqandan keyin qaysi qonunga qoidaga asoslanib ballarni ozgartirishdi kontrakt ballarini tushirishdi nima bular xohlagan vaqtida balllarni xohlaganday ozgartiradimi? erta indin yanayam pastlatarkanmi oxirgi otish ballarini. xalq qo'ymi bularga haydagan tarafiga ketaveradigan.
Nilufar Baxtiyarovna
Magistratura imtihon ni qaytadan olish kere chunki javobla chiqqanidan keyin hech kim ishonmidi baribir. Maxsus komissiya tuzilib qaytadan imtihon otkazilishi kere
Shunday paytda bore o'qishingdan qolsin deb Chet elda o'qisangda magistraturani! Ular har bitta uqishga qiziqish bildirgan talabaga katta e'tibor qaratadi.
SaidSardor Ibragimov
Fizvos chiqadi 5 ga
ассалому алайкум САМДУга тасвирий саньат юналишини жавобини кутаяпман
Xolmurodova Madinabonu
Assalomu alaykum.Magistratura imtixonida bizni olgan balimizni oddiy qog'oz vedimisga yozib olib qo'l qo'ydirib olishdi nimaga shuni to'gridan to'gri online ko'rsatishmadi.
ULUĞBEK
Noturdosh perevodni javobi chiqishi ham rossa qiyin bo‘ldi bunga ham kattalar javob bera oladimi 1on vaj ko‘rsatib hech bo‘lmasa.....Yo qiyinmi shunchalik ...bu ish
Insof qilish kk emasmi axir qo‘l oyog‘imizzi ip siz bog‘ladi ku
Show next 100 comments