Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Geography REPITITOR
Aniq chiqish vaqti aytilsin bo'ldi
2-3 kunda chiqadi deb aytishganiga mana 10 kun bo'ladi yaqinda🤪🤪🤪
Gʻayrat
O'ylaymaki yaxshi o'yin qilish uchun cho'zishyapdi, yoki shaffof bo'ladi deb personal kabinetda imtihon o'tkazishdi (magistraturaga) ammo eski "toz"ni hidi kelmoqda bu yil ham....
Afsus.
Жони Утаев
Kira olmagan abiturentlar boshqa oliy gohni kurishi keremi javobi chiqsin ushaga qarab harakat qilish kere
Magistrniki imtixoni online bo'ldiku. Ballar aniq bo'lsa hisoblashni nimasi qiyin.
eplab natijani hisoblolmayaptida togri tushunila dtmda ishlayatgalani saviyasi past yetarlicha bilimi yoq. ulagayam qiyin axir. tushunila. bilimli odamlani balini hisoblash bilimsizlaga osonmasu. mantiqni qarela natijala chiqqandan keyin qaysi qonunga qoidaga asoslanib ballarni ozgartirishdi kontrakt ballarini tushirishdi nima bular xohlagan vaqtida balllarni xohlaganday ozgartiradimi? erta indin yanayam pastlatarkanmi oxirgi otish ballarini. xalq qo'ymi bularga haydagan tarafiga ketaveradigan.
Nilufar Baxtiyarovna
Magistratura imtihon ni qaytadan olish kere chunki javobla chiqqanidan keyin hech kim ishonmidi baribir. Maxsus komissiya tuzilib qaytadan imtihon otkazilishi kere
Shunday paytda bore o'qishingdan qolsin deb Chet elda o'qisangda magistraturani! Ular har bitta uqishga qiziqish bildirgan talabaga katta e'tibor qaratadi.
SaidSardor Ibragimov
Fizvos chiqadi 5 ga
ассалому алайкум САМДУга тасвирий саньат юналишини жавобини кутаяпман
Xolmurodova Madinabonu
Assalomu alaykum.Magistratura imtixonida bizni olgan balimizni oddiy qog'oz vedimisga yozib olib qo'l qo'ydirib olishdi nimaga shuni to'gridan to'gri online ko'rsatishmadi.
ULUĞBEK
Noturdosh perevodni javobi chiqishi ham rossa qiyin bo‘ldi bunga ham kattalar javob bera oladimi 1on vaj ko‘rsatib hech bo‘lmasa.....Yo qiyinmi shunchalik ...bu ish
Insof qilish kk emasmi axir qo‘l oyog‘imizzi ip siz bog‘ladi ku
Ижодий имтихонларга харбий тавсиянома утадими? 0 билан бошланди дегани бу тавсиянома тасдикланмайди деганими ё ДТМ ходимлари бу масалани куриб чикишадими?
Salom bitta savolimga javob beringlar har xil firmalar Qozog‘istonda o‘qishga kirishni kirgandan keyin 100foiz ko‘chirilsa bo‘ladi deb reklamaga zo‘r berishmoqda shunday firmalarga ishonsa bo‘ladimi
Magistratura imtixonlarida imtiyozlar kam lekin imkoniyatlar keng shundan foydalanishvotti shekilli, 3-4 ming bilan borib byudjet qilib kelsa bo'ladi
SaidSardor Ibragimov
Bugun internetga chiqadi
Anvar Turdikulov
Chunki magistratura azaldan institutning noni bòlib kelgan shuning uchun chiqarmayapti menimcha. Bu mening fikrim. Qachon korrupsiya yuqoladi qachonki oyliklarni sezilarli oshirsa. Bular faqat Karimov davrini yomonlab baland parvoz gaplarni gapirish bilan band.
Ra'no Esonova
Nechinchi sananing soat beshiga ertalabki 5 mi yoki kechki 5. Beshlarni kutaverib o'rganib ham qoldik. Bu imtixon natijalari hammani ancha sabr qilishga o'rgatdi lekin.
Шохжахон
Хушнуд ака нега супер кантрактни арзондаштриш яки 4 балдан юкори балл белгилаш масаласи хакида язмаяпсиз биз сизга ишониб смс колдиряпмиз албатта кориб чикасиз халкимизга ярдам берасиз деган уммидамиз
O'tgan yili ham 2chi sentyabrda bakalavrga topshirgan abiturientlarning inodiy imtixon baholari chiqan edi. Juda kechikandi.
Show next 100 comments