Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Judayam to'g'ri gaplar aytibsiz, rahmat! Shunchalik ham cho'ziladimi ahir?! Mana oktyabr oyining ham 3kuni kelgan bo'lsa ham haligacha darak yo'q ....! Nahotki shunchalar qiyin bo'lsa natijalarni chiqarish ?! Hech kim anniq javob aytmaydi, shu to'g'risida brifing ham bo'ldi lekin baribir javob yo'q, hamma yuqoridagilar aravani quruq olib qochishadi!
Жони Утаев
👍👍👍
Balkim bu postdan keyin nogoh masullarning masuliyati balki esiga tushib qolar endi. 1.5 mln bakalavr abuturyentlarning natijasini imtihon yakunlangandan so‘ng 7 kun ichida natijasi e‘lon bo‘lgandi. Nahotki 80 ming abutruyentning magistratura uchun to‘plagan bali aniq bo‘lsa ham, natijalarni e‘lon qilishga uchun 16 kun yetmagan bo‘lsa
KIMYOGAR
Magistratura bu yili chiqmaydiyov menimcha
Huddi shunday bizlar umidimizni uzdik oxiri so'rayverib otm ni ham bezor qildik
Хамма магистрларнинг баллари шу пайтнинг узида аник булганди нахотки умумлаштириб натижани чикариш кийин булса
12 oktyabrdan o'qiw bowlansa bz mandatni 11-kuni blamzmi
Ichki Ishlar Vazirligi
Men navoiy davlat pedagogika institutining tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo‘nalishiga topshirganmn menga juda pas bal qo‘ylilgan 91.1 mn yaxshi chizgan edim xam baholash mezoniga amal qilnmagan baholash mezonida butun sonlar yo‘q tekshiruvchilar esa masalan meni o‘zimga 91.1 qo‘ygan kimgadir 97.8 qo‘ygan vaholnkiy mezonda hammasi aniq edi 19 ballan qo‘yilardi mn noroziman baholash tizimidan yana 1ta Inistetutga topshiramiz shunga ham o‘yin bo‘lib ketadi afsus o‘zbekistonga koribsiya qachon butgul tugatilar ekana
Man xattoa mandatni chiqarib boldim. Ijodiy imtihonlarnikini barcha oquvchilarni chiqgan baliga qarab nimaga dtm haliyam mandat chiqarolmaydi
Qisqasi biz O'zbekistonda yashayabmiz ko'nikishimiz kerak. Boshqasi muhim emas. Muhimi davlatga qarshi gap aytmeydigan stalin davridamiz hali ham menimcha.
Mamatov Odil
Hamma ózini balini biladiku menimcha bu bal hisoblash qiyinchilik tug'dirmaydi ózi bitta yónalishga bólsa bal joyida chiqqan bólsa sabab nima bólishi mumkin bu yoki savodsizlar ótirganidan dalolatmi
buyil savollar tarqab ketgan. kim sezdi shuni
Жони Утаев
Tug'ri gapingiz
Nega haligacha ikkinchi mutaxassislikdan darak yo‘q.Vazirlik mas'ullaridan so‘rasak,ikkinchi mutaxassislik OTM larni ichki ishi,biz aralashmaymiz-deya vaziyatdan o‘zini chetga olishadi. Eng katta korrupsiya o‘chog‘i hisoblangan ushbu tashkilotni o‘zgartirishni na hukumat va na undan yuqoridagilar eplay olishyapti
Korrupsiya botqog‘iga eng eng eng botgan yo‘nalish magistratura bo‘ladi.Naxotki haqiqat bo‘lishiga ishonyapsizlar??? Men bitta o‘zim 100 ta o‘quvchini testini uzog‘i ikkinda tekshirib natijasini elon qilaman. Bularchi??? Sabab nima????
Vazirlik nega javob bermaydi a?
Magstratura ballari chiqqan lekin xalqqa eʼlon qilinmayapti. Ayrim abituriyentlar oʻqishga kirgan kirmaganini vazirlikka borib bilishibdi. Natijalar chiqqan boʻlsa nega eʼlon qilishmayapti shunisi juda shubhali, telefoni ham koʻtarishmayapti. Shunisi aniqki natijalar eʼloni qancha choʻzilsa korrupsiya shuncha koʻpayadi.
Alimbayev Farhod
2014 yil bakalavrni tugatib UzMUga magistraturaga topshirdim o‘z yo‘nalishimidan xatto o‘tish balini berishmadi , apellyatsiyaga bersam tekshirgan o‘zimni domillam bo‘lib manga Farhod 6 ta odamdan XAM pul olingan shunga senga o‘tish balini bermaymiz dedi. Bir amallab javoblarni isbotlab berganimdan keyin noiloj o‘tish balini berishdiyu baribir informatika testidan uxlatishdi. Shundan beri magistratura qachon adolatli bo‘lsa o‘shanda topshiraman deb yuribman lekin yosh o‘tyabdi
Bunaqa orqayinlik, adolatsizlik va ahmoqgarchilikni sòz bilan ta'riflab bolmaydi
Жони Утаев
Boshqalarni kraynik qilib uzi qochadi oldindan shunaqa
Show next 100 comments